16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:45
Maqolalar 👁 1,145

IChKILIK – UMP ZAVOLI

IChKILIK – UMP ZAVOLI

“Mening oilam” gazetasining 20-dekabr (2018) sonida Qodirbergan hojining “Mast qiluvchi ichimliklar shariatda harom qilingan” mavzusidagi maqolasini oʻqib, qoʻlimga qalam oldim.

Har qanday jamiyat turli davrlarda aroqxoʻrlikka qarshi kurash ochgan, uni tag-tugi bilan yoʻqotish yoʻllarini izlagan. Biroq shuncha urinishlar kutilgan samarani berolmagan. Chunonchi, 1929-yili AQSh Kongessi aroqxoʻrlikka qarshi kurashga dahldor maxsus tadbirlar ishlab chiqqan, unda qattiqqoʻllik shu darajaga borib yetganki, aroqxoʻrlikka mukkasidan ketgan va tuzalmas deb topilganlar uchun hatto oʻlim jazosi tayinlangan. Lekin oqibati.. Mamlakatda aroqxoʻrlar soni koʻpaysa, koʻpaygan, aslo kamaymagan.

Maʼlumki, Islomga qadar Arabiston yarim orolida va kurrai zaminning boshqa mintaqalarida mast qiluvchi ichimlik ichish keng tus olgan. Jamiyat, davlat undan qanchalar koʻp jiddiy talofat koʻrmasin, hech kim, hech qachon aroqxoʻrlarni bu odatlaridan tiya olmagan.

Alloh taolo insonga tafakkur bagʻishlab, uni yer yuzidagi jonzotlar ichida eng azizi va mukarrami qilib yaratdi. Xuddi shu tafakkur, aql bilan inson yaxshini yomondan, ezgulikni yovuzlikdan ajratish qobiliyatiga ega boʻldi. Ana shu aql-farosat sohibi boʻlgan odamlar orasida aroqxoʻrlik keyingi yarim asr mobaynida urf boʻlib ketdi. Ziyofat bersak, toʻy qilsak ham dasturxonga aroq tortamiz, goʻyo shu boʻlmasa, toʻyimiz oʻtmay qoladigandek. Na xudodan qoʻrqamiz na bandadan uyalamiz. Bu jamiyatni inqirozga olib boradigan katta illat ekanini oʻylamaymiz.

Taassuflar boʻlsinki, jamiyatda aql va qalb yoʻrigʻidan chiqqan, insonga zid ishlar qiladigan kimsalar ham borki, ular oʻz qilmishlari bilan nafaqat oʻzlariga, balki butun jamiyatga zarar yetkazadilar..

Yaqinda sal mazasi qochib, doʻxtirga koʻrindim, doriga qogʻoz berdi, dorixonaga borib, dorilarni xarid qildim. Endi tashqariga chiqmoqchi edim, bir odam kelib: e, Xoʻja bobo, ahvolim yomon, men ham kasalmandman, men ham dori olishim kerak, ammo pulim yoʻq, –dedi.

Yordamga shoshib, kissamni kovlasam, 7 ming soʻm pul bor ekan, berdim: Shahardagi jiyanimning uyiga borib dam oldim. Tushdan keyin uyga qaytmoqchi boʻlib kelayotgandim, qarasam, yoʻlak chetida, chim ustida haligi mendan “doriga”, deb pul olgan “kasal” tanishim tuproqqa belanib yotibdi. Hayron boʻldim, kasali xuruj qilib yotganmikan, degan xayolga bordim. Ertasiga yoʻtal uchun dori olay deb dorixonaga kirsam, sotuvchi qiz:

– Kecha siz pul bergan odamingiz oshnangizmi? –deb soʻradi.

–Yoʻq, tanimayman, –dedim.

–Posa toʻpolon qildi, meni haqoratlab, sizdan olgan pulining hammasiga spirt ber, dedi. Men retsept soʻradim, retsepti yoʻq ekan, spirt bermadim.

Ul badbaxtga pul berganimga qattiq hijolat boʻldim. Qaylardandir topib ichibdi.

Oradan 20 kun oʻtib yana uchratib qoldim. Meni koʻrib yugurib keldi.

–Eh ota, men badbaxt yoʻldan adashdim. Togʻamdan pul olib, jarima ham toʻladim. Soʻqqa boshman men sizni 6 oy burun koʻrib edim. Falon yerda uchrashib edik, oʻtirishda yaxshi soʻzlar aytdingiz, men sizdek odamga soʻz beraman. Endi qaytib ul zahri qotilni ogʻzimga olsam odammasman, – deb soʻz bordi.. Men unga gʻazab qilmadim, yaxshi maslahatlar bilan koʻnglin koʻtardim.

–Togʻangni noriza qilma olgan pulingni tezda togʻangga qaytarib, duosini ol, – dedim va ishlash uchun yaxshi insonlarga qoʻshdim. Hozir ahvoli yaxshi.. 2 farzandli bir ayolga uylanibdi. Ayoli ham dono ayol ekan, yigitni hayotga qaytardi..

Mana azizlar, yaxshidan sharofat, yomondan kasofat, deb shuni aytadilar-da.

Islom aql idrokka, sogʻliqqa zarar yetkazadigan har qanday ichimlikni man qilgan. Ey azizlar,buni aslo unutmaylik.

Abdulla MAXSUM, Toshyop ovuli.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019