16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:55
👁 6,080

MEHRDAN GUL TUTIB...

MEHRDAN  GUL  TUTIB...

Vatan ichra kichik Vatan boʻlgan mahallada xalqimizga xos boʻlgan oʻzbekona urf-odat, anʼana va udumlar, maʼnaviy qadriyatlar shakllanadi, zamonaga mos ravishda yangiliklar bilan boyib boradi. Shu bois, 2012 yil - «Mustahkam oila yili» Davlat dasturidan oʻzbek oilalariga xos boʻlgan goʻzal urf-odat va maʼnaviy qadriyatlarni oʻzida mujassam etib, oila institutining shakllanishi hamda mustahkamligi uchun fidoyilik koʻrsatayotgan oila sohiblarining hayotiy tajribalarini ommalashtirishga, targʻib qilishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Yaqinda biz, Mangʻit shahrining «Boyovul» mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, «Mustahkam oila yili» Davlat dasturi asosida olib borilayotgan ishlar bilan yaqin­dan tanishdik.

«Boyovul» - Mangʻit shahrining xududi jihatidan katta va aholi zich joylashgan mahallasi xisoblanadi. Mahallada 1295 ta oila boʻlib, ularda 6354 nafar 7 ta millatga mansub aholi ahil va inoq yashashadi. Mahallada turli xil bayram tadbirlari, ayniqsa toʻy va marosimlar ixcham, tartibli, ortiqcha isrofgarchiliklarsiz oʻtkaziladi. Mahalla oqsoqolining diniy maʼrifat va maʼnaviy-ahloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi Gavhar Mingboyevaning xonadonlarda tez-tez boʻlib, mahallaning kayvoni onalari, yosh kelin-kuyovlar, balogʻat yoshidagi qizlar, chet davlatlarga chiqib ishlab qaytgan yoshlar bilan suhbatlar, tadbirlar uyushtirib turganidan mahalla ahli xursand.

Yaqinda mahallada «Mustahkam oila yili» Davlat dasturi asosida ketma-ket bir nechta tadbirlar oʻtkazildi «Namunali oila», «Eng yaxshi hunar­mand­lar oilasi», «Eng yaxshi tadbirkor oila», «Eng yaxshi koʻcha boshchisi», «Eng ozoda, oras­ta va shinam oila», «Eng yaxshi tomorqa egasi», «Eng yaxshi sanʼatkorlar oilasi» kabi tadbirlarda butun mahalla ahli katta qiziqish bilan faol ishtirok etishdi. Boʻlib oʻtgan tanlovlar yakuniga koʻra Ibodulla Gulmonovlar oilasi «Eng yaxshi sanʼatkorlar oilasi» sifatida eʼtirof etilgan boʻlsa, Roʻzmat Rajabov, Rahim Rajabov, Yoʻl­dosh Yusupov, Ismoil Saʼdullayev, Yusuf Xoʻjakovlar «Eng yaxshi koʻcha boshchisi» tanlovining gʻoliblari boʻlishdi.

Oʻz oilasi iqtisodini koʻtarish bilan cheklanib qolmay, nonvoyxona, oshxona, kundalik ehtiyoj mollari doʻkonini ochib, 10 nafar ayolni ish bilan taʼminlagan tadbirkorlar Dilbar Rahmatullayeva va Rahmatulla Xoʻjayevlar oilasi «Eng yaxshi tadbirkor oila», Bahtiyor Eshim­betov va Gulbahor Sodiqovalar oilasi bilan Bibijon opa va Safarboy  aka Abduraimovlarning oilalari mustahkam oila tanlovida gʻolib boʻlishdi.

Jamiyatimizdagi har bir qu­vonchli hodisa, yangilik eng avvalo oilada tugʻiladi. Oila ins­titutining ongli va faol aʼzosi boʻlgan inson qoʻli bilan yaraladigan har qanday kashfiyot-eng avvalo oilaning yutugʻi. Chunki uning yaratuvchisi bevosita oilada tarbiya topib, ana shu maskanda shaxs sifatida shakllanadi, kamolga yetadi. Insonning yetuk shaxs sifatida shakllanishida oila muhiti muhim ahamiyatga ega.

Bu haqda mahallada oʻtkazilgan «Eng ozoda va shinam, mustahkam oila» koʻrik-tanlovi gʻolibi, katta xonadonning dono sohibi Bahtiyor aka Eshimbetov toʻlib-toshib soʻzlaydi:

- Bizning oʻzbek millatida xech bir xalq yoki millatda uchramaydigan ajoyib bir anʼana bor, - deydi u. - Biz bobo, ena, oʻgʻil-qiz, nevara-chevara - hammamiz bir oilada tinch-totuv yashayveramiz. Qarang, onam oilamizning bir farishtasi. U kishi bir kun uyda boʻlmasalar, nevara-chevaralari izlab qolishadi.

Haqiqatan ham oilaviy davraning toʻrida Bahtiyor akaning nuroniy onasi, mahalla ahlining suyukli momosi Jumagul momo doimo farzandlariga bosh-qosh.

- Momomiz biron yoqqa mehmonga ketsayam izlab, sogʻinib qolamiz, - deyishadi qoʻni-qoʻshnilar.

Oilada hamjihatlik, mehr-oqibat ustun boʻlgani bois, hamma yoq saranjom. Kelin-u nevaralar oʻz ishini bilib qilishadi. Gulbahor opa tabiat shaydosi. Asli kasbi kutubxonachi, endilikda tadbirkor boʻlgan opa qayerga borsalar gul, daraxt koʻchati koʻtarib keladilar. Umr boʻyi sport bilan shugʻullanib, bir necha bor sport­ning milliy kurash, sambo, dzyu-do turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempioni boʻlgan Baxtiyor aka tomorqasini yashnatib qoʻyib, nevaralari bilan erinmay shugʻullanishdan aslo charchamaydi.  Nevaralarining biri badiiy gimnastika bilan shugʻullansa, biri aqlni charxlovchi shaxmat sportiga mehr qoʻy­gan.

Xalqimizning: «Ekkaningni oʻrasan» degan ibratli hikmatiga qiyos qiladigan boʻlsak, bu oilada Jumagul momoning oʻgʻil-qizdan, kelindan, nevara-chevaralaridan, Baxtiyor aka bilan Gulbahor opaning farzand­laridan koʻngli toʻq. Qoʻni-qoʻshnilarining esa dil-u tillari toʻla olqish. Oila saodati, oila baxti shu emasmi?!

Mahalladagi Bibijon opa va Safarboy Abduraimovlar oilasida ham oʻziga xos turmush tarzi shakllangan.

Umr boʻyi haydovchilik kasbini ardoqlab nafaqaga chiqqan Safarboy akaning oilasida boʻlib, hovlisini kuzatgan odam: «bu kishi bogʻbon emas­mikan?» degan xayolga borishi tabiiy. Chamanday ochilib yotgan turfa gullar, yongʻoq-u bodom, xurmo-yu olma, anor da­raxt­lari barq urib oʻsib yotganini koʻrib, bahri dilingiz ochiladi. Garchi shaharda yashasalar-da oilaning oʻziga yarasha kichik tomorqa xoʻjaligida sabzavot ekinlarining barchasidan bor. Bozordan sabzavot sotib olishga umuman hojat yoʻq.

4 oʻgʻil va 1 qizni uyli-joyli qilib oʻzidan tingan Bibijon opaning tilidan shukrona tushmaydi.

- Katta oʻgʻlim bilan kelinim kasblari taqozosiga koʻra Toshkent shahrida istiqomat qilishadi, - mamnuniyat bilan soʻz­laydi onaxon. - Kelinlarim mening jon-u jahonim, ol­tinlarim! 3 nafar kelinim oʻzaro ahillikda 9-yil mana shu xonadonni obod etib yashashdi, xuddi tugʻishganlarday mehr-oqibatli. Kulib-oʻynab bir-birlariga qarashib, oilalarini boʻlaklashdi. Hozir ham bir-birlarini bir-ikki kun koʻ­rish­masa darrov izlab, «Siz-siz»lab borishadi uylariga. Xudoga shukur-yey,deyman.

Shukrona - ahillikdan, totuvlikdan, mehr-oqibatdan ungan tuygʻu. Kelinlarini qizim deb suygan ayolning qalbini toʻlqinlantirgan baxtning elchisi! Kelinlari onajonim deb suyangan mehr-muhabbat timsoli! Nazdimizda oʻzbek oilalarining mustahkam ustuni ham shu-ahloq va odobni, bobomeros, otameros maʼnaviy qadriyatlarni oʻzida, oʻz feʼlida mujassam etib, yaqinlariga mehr­dan gul tutib yashashni baxt deb bilgan bagʻri keng ayollik sal­tanati! Bunday bagʻrikenglik barchaga nasib etsin!

Robiya YOʻLDOShEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

"amunews” veb-sayti muxbirlari.

Siz koʻrib turgan ushbu suratlarda Mangʻit shahridagi "Boyovul” mahallasining mustahkam oilalari aks ettirilgan.

1.    Baxtiyor Eshimbetov va Gulbahor Sodiqovalar oilasi. Bu oila mahallada oʻtkazilgan "Eng ozoda va shinam, mustahkam oila” koʻrik tanlovi gʻolibi boʻlgan.

2. Safarboy va Bibijon Abduraimovlar oilasi. Bu oila ham ushbu koʻrik tanlovda gʻolib deb topilgan.

 


🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019