16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:14
👁 6,621

OILANING OBROʻSI

OILANING OBROʻSI

Oʻzbek oilalarida mehr-oqibat, keksalarga hurmat va eʼtibor yuksak insoniy fazilat sifatida qadrlanadi. Bobo bilan buvi oʻz farzandlarini qanotlari ostiga olib, nevara-chevaralari bilan ikki, hatto uch avlod boʻlib, katta xonadonga jamlanib yashashlari ham ana shu fazilatning ustunligidan.

- Oilaning mustahkamligi koʻp jihatdan keksa  avlod vakillariga bogʻliq, - deydi Mangʻit shahrining «Doʻstlik» mahallasida yashovchi ibratli oila sohibasi Tursunoy Oʻtalova.

- Xalqimizda: «otning izini toy bosar» degan hikmat bekorga aytilmagan. Ortiqboy aka bilan oila qurib, besh nafar farzandli, 12 nafar nevarali boʻldik. Oʻzimiz katta xonadonning sohiblari boʻlsak-da hamon ilohim, umrlari uzoq boʻlsin, qaynona-qaynotamning maslahatisiz biron ishga qoʻl urmaymiz.

Keksalar duosini olish ham xalqimiz uchun bobomeros maʼnaviy qadriyatlardan. Oʻrozimbat bobo bilan Rahima momolarning katta farzandi Ortiqboy va uning rafiqasi Tursunoydagi feʼli kenglik, koʻngli va qoʻli ochiqlik xislatlari bobo bilan momodan oʻtgan boʻlsa, ne ajab. Oʻzlari yangi roʻzgʻor tutib, Oʻrozimbat bobo xonadonidan alohida yashayotganlariga koʻp yillar boʻlsa-da, hamon na Ortiqboy na Tursunoy keksalar bilan kengashmay biron ishni boshlagan emas.

Ortiqboy Oʻrozimbat bobo bilan Rahima momoning ilk quvonchi - katta  farzandi. Sakkiz farzandining ikki nafaridan erta ay­­­­rilgan Oʻrozimbat bobo bilan Rahima mo­mo oiladigi muammolarni hal etish borasida Ortiqboy oʻgʻ­liga  koʻproq suya­nadigan boʻlishdi. Boshqa oʻgʻil-qizlariga har ish­­da bir-birini qoʻl­lab-quvvatlab yashashni oʻrgatib borishdi. Oʻgʻil-qizlarini mehnatkash, mehr-oqibatli qilib tarbiyalashdi. Shundanmi, farzandlarining barchasi uyim-joyim, roʻzgʻorim, deydigan, oilasi tinchligi uchun qaygʻuradigan, obroʻ-eʼtiborli insonlar boʻlib voyaga yetishdi. Eng muhimi, oʻgʻil-qizlar inoq, ahil.

Ortiqboy oʻz oilasi biznesini tashkil etish niyatini amalga oshirishini ham eng avvalo ota-onasining maslahati bilan boshladi.

- Boshlanishida ancha qiyinchiliklar boʻldi, - deydi Ortiqboy tadbirkorlik faoliyatini boshlagan ilk yillarni eslab. - Har gal ota-onam oʻz maslahatlari bilan koʻnglimni koʻtarib turganidanmi, qiyinchiliklarni yengib, ishlarim yurishib ketdi. Avvalo, kichik makaron ishlab chiqarish tsexini ochdik. Farzand­larim ishli boʻlishdi. Oilamizga baraka kirdi.

«Mehnatdan kelsa boylik - turmush boʻlar chiroylik», - deganlari shu-da. Bobosi bilan buvisidan, ota-onalaridan mehnatkashlikni, tadbirkorlikni oʻrgangan egizak oʻgʻillari Ahmadjon bilan Abdullajon, egizak kelinlari Oysha-Fotima, kenja oʻgʻil Shuhratjon va Azizaxon kelinlari ham Ortiqboy bilan Tursunoyning qoʻl-qanotlari boʻlishdi. Oilaviy tadbirkorlik orqasidan bu oilaning barcha aʼzosi ish bilan taʼminlandi. Ahmadjon bilan Abdullajon uchun uylariga yaqin joydan yangi imo­ratlar qu­rib, hovli toʻy­lari oʻtkazishdi. Qizlari Nar­­giza hamda Dilafroʻzlarni oʻqitib, ilm­li qi­li­sh­di. Shuhratjon esa «Behruz» MChJni tashkil etib, oʻz xususiy korxonasiga  ega boʻldi. Toshket shahridagi mebelsozlik korxonalari bilan shartnoma asosida mebel mahsulotlari olib kelib sotishni yoʻlga qoʻydi. Unga bu ishda umr yoʻldoshi - oilaning kenja kelini Azizaxon eng yaqin yordamchi.

- Ortiqboy bilan Tursunoyning farzandlari ham xuddi oʻzlariga oʻxshab xayr-saxovatli, muruvvatli, - deydi «Doʻst­­­­­­­­­­­­lik» mahallasi raisining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi Nina Xoʻ­jayeva - Mahallamizda oʻtkaziladigan har xil tadbirlarda bu oilaning tadbirkor far­zand­lari hamisha ho­miylik  yordamini koʻrsatishadi. Kam taʼminlangan oilalarga bayram va hayitlarda sovgʻalar berishadi.

«Birning duosidan eʼtibor, mingning duosidan tuman boylik qaytadi» -  deganlari naqadar haqiqat. Bugungi kunda Ortiqboy Oʻtalovning oilasini nainki «Doʻstlik» mahallasida, balki Mangʻit shahrida koʻp­chilik yaxshi bilishadi. Yosh­lari ulgʻayib, oʻzlari bobo-buvi boʻlib qolishgan, qoʻsha-qoʻsha kelin-u bir uy toʻla nevaralar qurshovidagi katta xonadon -baxtli oila sohiblari Ortiqboy bilan Tursunoyning har kuni tongda ado etadigan, oʻzlariga xush yoqadigan farzandlik burchlari bor. Bu - izzatli xonadonning izzatli, pir-u badavlat keksalari (Al­loh umr bersin) - Oʻrozimbat bobo bilan Rahima momoning ahvolini soʻrab, duoi-fotihasini olish! Zero, bu katta xonadondagi qut-baraka, oilaviy baxtiyorlik, oʻzbekona intizom va ahillik ana shu ezgu qadriyat - oʻzaro mehr-oqibat, kattalarga hurmat va samimiy eʼtibor tufaylidir. Oilaning - xonadonning fayzi ham, obroʻ-eʼtibori ham shunda!

Keksalar qoʻl ochib tursa duoga,

Ezgulikdan gullab ketgusi jahon.

Farzandlar mardona boqib dunyoga,

Baxtga makon boʻlgay har bir XONADON!

Robiya YOʻLDOShEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

"Amu news” ning maxsus muxbirlari.

 

Suratda: Ortiqboy Oʻtalov va Tursunoy Oʻtalovalar farzandlari davrasida

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019