16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:25
Sport 👁 3,082

"Kamolot" YoIH tuman Kengashi tashkilotchiligidagi musobaqalar

"Kamolot" YoIH tuman Kengashi tashkilotchiligidagi musobaqalar

Ona Vatanga xizmat qilish — bugun mustaqil mamlakatimiz hududlarida kamol topayotgan har bir oʻgʻlonning ezgu maqsadi. Ushbu sharafli orzuni qalbiga jo etgan yigitlarimizga Vatan himoyachisi boʻlishdek faxru iftixor yanada ulkan kuch-gʻayrat baxsh etmoqda. Oʻquvchi yoshlarni Qurolli Kuchlar saflariga — harbiy xizmatga, oliy harbiy bilim yurtlariga kirishga tayyorlash, oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat tuygʻularini shakllantirish maqsadida oʻtkazilayotgan uch bosqichli «Shunqorlar» harbiy-sport musobaqalari bugungi kunga kelib oʻzining katta samarasini bermoqda. Bu musobaqalarda oʻsmirlar toblanadi, chinakam Vatan himoyachisi boʻlib shakllanadi. Negaki, Vatanimizning ertangi kuni, mamlakatimiz kelajagi maʼnan yetuk, jismonan barkamol yosh avlod qoʻlida.

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi, Respublika oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi, madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda Respublikamizdagi barcha hududlaridagi kasb-xunar kollejlari va akademik litsey oʻquvchi yoshlari oʻrtasida «Shunqorlar» harbiy sport musobaqalarining birinchi bosqichi yuqori saviyada oʻtkazildi.

Musobaqalarning tuman bosqichi ham qiziqarli va murosasiz bellashuvlarga boy boʻldi. Musobaqa yakunlariga koʻra Amudaryo akademik litseyining «Amir Temur vorislari» jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va keyingi bosqich yoʻllanmasiga ega boʻldi.

Yoshlarning huquqiy bilim va tafakkurini yuksaltirish taʼlim-tarbiya sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar jarayonining tarkibiy qismini tashkil etadi. Respublikamiz boʻylab anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan "Siz qonunni bilasizmi?" koʻrik-tanlovi ham shu maqsadga xizmat qilmoqda.

Mamlakatimiz yoshlari oʻrtasida huquqiy taʼlim-tarbiyani takomillashtirish, jamiyatda qonun ustuvor boʻlishiga erishish, amaldagi qonunlar mohiyatini oʻsib kelayotgan yosh avlodga tushuntirish, huquqiy demokratik davlat barpo etishda yoshlarning ishtirokini taʼminlash, Prezident Farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga yoshlarda hurmat bilan qarash tuygʻularini, ona Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch ruhini shakllantirish, qonunlar targʻiboti orqali yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida huquqbuzarlik holatlari, jinoyatchilik illatlarining oldini olish hamda butunlay bartaraf etish yoʻlida bir qator xayrli ishlar qilinmoqda. Shu maqsadda tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Amudaryo tuman boʻlimi Kengashi, jinoyat ishlari boʻyicha tuman Sudi hamda tuman ichki ishlar boʻlimi bilan hamkorlikda anʼanaviy "Siz qonunni bilasizmi?" koʻrik-tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Bu tanlovda tumanimizdagi akademik litsey va barcha kasb-hunar kollejlarining talaba –oʻquvchi yoshlari oʻzaro kuch sinashdilar. Tanlov yakunlariga koʻra Mangʻit iqtisodiyot kasb-hunar kollejining "Adolat qonunlari” jamoasi 1-oʻrinni egalladi va tanlovning navbatdagi hududiy bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Gʻolib jamoalar hamda ishtirokchilarga "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining tuman kengashi tomonidan sovgʻalar, diplom va fahriy yorliqlar topshirildi.

Shaxar va tumanlardagi chaqiriqqacha tayyorgarlik yoshidagi talaba va oʻquvchi-yoshlarini harbiy bilim yurtlariga oʻqishga kirishga ruhan va jismonan tayyorlash, ular oʻrtasida Vatanga muxabbat, xarbiy vatanparvarlik gʻoyalarini targʻib qilish, yosh avlodda Davlat chegaralariga nisbatan xurmat tuygʻusini shakllantirish, Vatanimiz xavfsizligini taʼminlash uchun ularning maʼsuliyatini kuchaytirish maqsadida tumanimizdagi 3-sonli Manit chegara posti, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy Harakati tumani boʻlimi Kengashi bilan xamkorlikda tumandagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida faoliyat yuritib kelayotgan «Yosh chegarachilar» klublari oʻrtasida musobaqa oʻtkazildi.

Musobaqada oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining 6 ta jamoalari ishtirok etib, hakamlar hayʼatining xulosasiga koʻra Qilichboy maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining «Yosh chegarachilar» jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va musobaqaning navbatdagi - Qoraqalpoiston Respublikasi boskichi yullanmasiga ega boʻldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019