16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:53
👁 3,394

EʼTIQODINGIZ DARZ KETMASIN

EʼTIQODINGIZ DARZ KETMASIN

Sahobalar Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallamdan soʻradilar:

- Muhtaram zot, eʼtiqod nedir?

Hazrat Paygʻambar (s.a.v) ayt­dilar:

-Eʼtiqod - koʻngilning sofligi, Allohga yaqinlik.

Demak, inson oʻz eʼtiqodida sobit boʻlishi, koʻngil musaffoligi bilan Allohga yaqinligi bois, ezgu ishlarga qodir boʻlarkan. Ezgulik esa hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi.

Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) davrida musulmonlar bilan Makka mushriklari oʻrtasida kechgan mojarolar, jangu jadallar Qurʼon oyatlari hamda  hadislarda aks ettirilgan. Bu mojaro va jangu jadallarda sof koʻngilli, Allohga eʼtiqodi yuksak, oʻz Paygʻambariga sodiq musulmonlar islom dinining nihoyatda odamparvar, adolatli siyosatini himoya qilishi barobarida johiliyat tarafdorlari boʻlmish Makka mushriklarini insofu diyonat yoʻliga qaytarish uchun kurashganlar.

Biroq hozirgi globallashuv jarayonida ayrim ekstremistik ruhdagi kishilar Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) davridagi bu jang va mojarolardan oʻzlaricha taassurot olib, tinch aholiga va Konstitutsiyaviy tuzumga qarshi buzgʻunchilik faoliyatlarini goʻyo mushrik va kofirlarga qarshi muqaddas jang deb hisoblashga urinadilar.

Agar islom dini  qonun-qoidalarini chuqurroq oʻrgansak, Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v)ning nima sababdan mushriklar bilan jang olib borganligining oʻziga xos sabab va omillarini anglab yetish qiyin emas. Xususan, oʻsha davrning siyosiy va diniy talablariga koʻra Paygʻambarimiz (s.a.v)ga Alloh taolo tarafidan vahiy orqali aniq koʻrsatmalar berib turilgan. Buni Qurʼoni karimning quyidagi oyatlari orqali bilib olish mumkin. Yaʼni, oyati Karimaning «Muhammad» surasida:

«Bas (Ey, moʻʼminlar)! Qa­chonki siz kofir boʻlganlar bilan toʻq­nashsangizlar boʻyinlariga uringiz» - deyiladi. Demak, aynan ana shu koʻrsatmalarga asosan Paygʻambarimiz (s.a.v) jihod va gʻazotlar uyushtirgan.

Qurʼonning «Niso» surasida esa:

«Agar kofirlar sizlardan chetlanib, sizlarga qarshi jang qilmay, sulhni taklif qilsalar, Alloh sizlarga ularga qarshi chiqib jang qilishga yoʻl bermaydi», - deyilgan.

Bundan koʻrinadiki, bu koʻrsatma bilan undan oldingi, «Muhammad» surasidagi jang va jihodga undovchi oyatlarning hukmi bekor qilingan, yaʼni mansuh boʻlgan.

Shayx Abdulaziz Mansur hazratlarining «Qurʼoni karim maʼnolarining tarjima va tafsiri»  asarida zikr etilgan va mazmunlari sharh qilingan yuqo­ridagi ikkala oyatni keltirishimizdan maqsad - hozirgi paytda ayrim diniy maʼlumoti ham, dunyoviy va siyosiy saviyasi ham past darajada boʻlgan baʼzi buzgʻunchi oqim peshvolari oʻzlaricha sharʼiy fatvo berish, jihod eʼlon qilish kabi gʻarazli niyatlar tomon qadam qoʻyishgacha borib yetmoqdalarki, oʻsib kelayotgan yosh avlodni bunday tashviqotlardan har lahzada ogoh boʻlishga daʼvat etishdir.

Sababi, bunday oqim peshvolari oʻzlarining Konstitutsiyaviy tuzumga zid hatti-harakatlarini amalga oshirishdek gʻarazli maqsadlari yoʻlida eng avvalo, diniy bilimsiz kishilarni oʻz tomonlariga ogʻdirib oladilar. Soʻngra hukmi mansuh boʻlgan oyatlarni bugungi oʻzgargan tarixiy sharoitga tatbiq qilish hamda shu yoʻl orqali oʻz harakatlarini amalga oshirishga intiladilar. Buningdek gʻarazli harakatlar barcha davr­larda eng buyuk ulamolar tomonidan qoralanib kelingan.

Shuni alohida qayd etish joizki, bugungi kunda butun dunyoni qamrab olgan, millionlab kishilar qalbiga gʻulgʻula solib turgan terrorizm balosi ham aynan yuqoridagi kabi diniy hamda dunyoviy bilimlari sayoz kishilarning bilib-bilmay diniy-ekstremistik, buzgʻunchi gʻoyalarga berilib ketayotganlari va diniy eʼtiqodlarining sust­ligi oqibatidir.

Fikrimizning dalili uchun «shahidlik» tushunchasi haqida biroz toʻxtalsak. Islom dini ahkomlariga koʻra, Allohning rizosi yoʻlida fidoyilik qilgan, iymon-eʼtiqodi, or-nomusi va Vatan ozodligini himoya qilishda halok boʻlgan, avtomobil halokati, kasallik xuruji, turli tabiiy ofat va falokatlar tufayli vafot etgan mayyitlarga «shahidlik» maqomi berilgan. Bu - musulmon kishining sabr-toqati, ixlos-eʼtiqodi hamda musibatlarga bardoshi evaziga Allohning mukofoti, deb qaralgan.

Oʻzbekiston davlatining dunyo hamjamiyatida tobora yuksak mavqega erishayotganini koʻrolmagan ayrim gʻalamislar mamlakatimiz aholisiga ichki va tashqi tahdid kuchlari orqali zarar yetkazish, shu yoʻl bilan xal­qimiz irodasini yemirish uchun turli xil buzgʻunchilik amaliyotlarini bajarib koʻrdilar. Chunonchi, Andijon va Fargʻona voqealari, Surxondaryo viloyatining Uzun tumani chegaralarida yuz bergan qoʻporuvchilik harakatlarining barchasining zamirida xalqaro terrorizmning sovuq rejasi boʻlganligi hech kimga sir emas. «Jihod», «gʻazot», «shahidlik» tushunchalari zoʻr berib miyasiga sing­dirilgan, terroristik oqim namoyondalari qoʻlida yaxshilab «tarbiyalangan», oʻz millatimizdan chiqqan jihodchilik harakati aʼzolarining qora qilmishlari tufayli qanchadan-qancha begunoh insonlar jabr koʻrgani ham hech kimga sir emas.

Aslida «jihod» ham «shahidlik» kabi arabcha soʻz boʻlib, biror ezgu maqsad yoʻlida bor kuch-gʻayratni sarf etish, kurashish, jang qilish maʼnosini bildiradi. Biroq terroristik oqim peshvolari kurashish, jang qilish degan maʼnoni oʻz qora qilmishlariga mos ravishda tatbiq qilib, goʻyo musulmon dunyosini yagona hukm ostida birlashtirish va xalifalik barpo etish yoʻlidagi kurash deb hisoblashga urinadilar. Lekin islom ahkomlariga koʻra jihod - bashariyatni ezgulik sari undovchi davʼatdir. Yaʼni, nafsni ti­yish ham jihod, shayton vasvasasiga qarshi kurashish - jihod. Vatan ozodligi, insof-u iymon butunligi uchun jang qilish ham jihoddir. Hatto ota-onaga xizmat qilish ham jihoddir.

Ammo bizning yuksak taraqqiy etgan asrimizga kelib, buzgʻunchi gʻoyalar qurboni boʻlib, tinch aholining hayotini buzib, diniy-ekstremistik oqim peshvolarining fatvosi bilan oʻzlarini  portlatib, terror amaliyo­tini bajarish yoʻli orqali minglab begunoh kishilarning hayotiga zomin boʻlayotganlar - aslida jinoyat olamida eng ogʻir va aslo kechirib boʻlmas jinoyatlarni sodir etgan gunohkor, eʼtiqodsiz kimsalardir. Bundaylarni Allohning bandasi demoqlikka ham til bormaydi.

Shunday ekan, yurtdoshlarimizga qarata oddiy bir haqiqatni ayt­gimiz keladi:

- Atrofingizga dadil va ogoh boqing, Sizga shirin soʻz aytib, moddiy boylik va neʼmatlar vaʼda qi­layot­gan kishiga aslo ergashmangiz. Bunday katta vaʼdalar berguvchi shaxs islom dini aqidalarini buzib talqin etib, «jihod», «shahidlik», «hijob» yoki «xalifalik»lar xususida soʻz ochdimi, demak, sof koʻngilli odam emas. Demak, uning eʼtiqodi sust, maqsad va niyatlari gʻarazli. Ogoh boʻling, odamlar! arazli maqsad bilan orangizga suqilib kirib olgan kishilarning yolgʻon soʻzlariga uchib, eʼtiqodingiz darz ketmasin. Aks holda diniy-ekstremistik oqim namoyondalarining qoʻlida qoʻgʻirchoqqa aylanib qolishingiz yoki terroristik guruh qurboniga aylanishingiz hech gap emas.

Ogoh boʻling, ogoh boʻling!

 

Robiya YOʻLDOShEVA,

Qoraqalpogʻiston Respublikasida

xizmat koʻrsatgan jurnalist.

Allambergan JUMANIYoZOV,

Oʻzbekiston Jurnalistlari

ijodiy uyushmasi aʼzosi.

(Foto - http://kamolot.uz)

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019