16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:54
👁 3,841

13 YoShLI ... TOʻGARAK RAHBARI

13 YoShLI ... TOʻGARAK RAHBARI

13 YoShLI ... TOʻGARAK RAHBARI

Har kuni tongda badantarbiya bilan shuullanadigan qizining bugun odatdagidan boshqacha kayfiyatda, hovlidagi orom kursida hayolga tolib oʻtirganini koʻrgan Gulbahor ona emasmi, biroz xavotirlandi.

- Qizim, biron joying ogʻriyotgani yoʻqmi? – deya Nargizaning yuziga tikildi.

- Yoʻgʻ-ye, onajon, soppa-sogʻman, mana qarang!

Oʻzining sogʻlomligini isbotlash uchun Nargiza hovli sahnida u yoqdan-bu yoqqa oʻmbaloq oshib koʻrsatdi. Qoʻliga koptok olib, gimnastika mashqlarini bajara boshladi.

Gulbahor baribir xotirjam boʻlolmadi. Nonushta paytida hamon xayollari tarqoq oʻtirgan qizini siquvga oldi:

- Oʻrtoqlaring bilan arazlashgansan yo boʻlmasa, birovdan gap eshitgansan, nima boʻlganini ayt, - dedi qatʼiy qilib.

- Aytsam, sen hali yosh bolasan, demaysizmi? – onasiga kulib qaradi Nargiza.

- Avval ayt, nima gapligini bilaylik-chi, u yogʻini oʻylab koʻramiz, - hazillashdi Gulbahor.

- Men mahallamizda badiiy gimnastika toʻgaragini ochsammikan deb oʻylayotgandim…

Gulbahor qizidan hech qachon xayoliga keltirmagan gapni eshitib, ham hayron boʻldi ham yoshgina qizalogʻining jurʼatidan quvondi. Endigina 13 yoshga toʻlgan qizining xuddi kattalarday jiddiylik bilan katta ishga qoʻl urayotgani unga oʻzgacha ruh bagʻishladi. Avval «Chordara» mahallasi oqsoqolining diniy maʼrifat va maʼnaviy-ahloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi Feruza Olloberganova bilan maslahatlashdi. Tuman madaniyat va sport ishlari boʻyicha boʻlim mudiri Shuhrat Yusupov, 1- BOʻSM direktori oʻrinbosari Baxtiyor Rajabov, Nargizaning ustozi, badiiy gimnastika toʻgaragi rahbari Maʼmura Matyoqubovalar Gulbahor Matsafoyevani qoʻllab-quvvatlashdi. Qizi Nargizaning badiiy gimnastika toʻgaragi faoliyatini yuritishida yaqindan yordam berishdi. 1-madaniyat saroyi binosida boʻsh turgan xonalardan birini Nargizaning mashgʻulotlar xonasi uchun ajratib, jixozlab berishdi.

- Badiiy gimnastika sportining zarur anjomlaridan bir qismini oʻz hisobimdan olgan boʻlsam, asosiy anjomlar bilan madaniyat va sport ishlari boʻlimi va «Chordara» mahallasi maʼmuriyati taʼminlab, qizimni qoʻllab-quvvatlashdi, - deydi mamnuniyat bilan Gulbahor Matsafoyeva.

Ota-onasi, «Chordara» mahallasi qoʻmitasi hamda tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi rahbariyatining qoʻllab-quvvatlashi natijasida 30-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi Nargiza Xalillayeva badiiy gimnastika toʻgaragi mashgʻulotlarini boshlab yubordi. Boshlanishida 8-10 nafar dugonalari, qoʻshni qizaloqlar ishtirokida mashgʻulotlar oʻtkazgan boʻlsa, ikki oy ichida Nargizaning shogirdlari 60 nafardan oshib ketdi.

- Nargiza badiiy gimnastika bilan shugʻullana boshlaganida 4-sinf oʻquvchisi edi, - deydi oʻz shogirdi haqida 2-BOʻSM badiiy gimnastika toʻgarigi rahbari Maʼmura Matyoqubova. – Intiluvchan, tirishqoq va oʻziga nisbatan oʻta talabchan boʻlgan Nargiza Xalillayeva yosh boʻlsa-da tengdoshlaridan ancha oʻzib ketdi. U koʻplab musobaqalarning gʻolibi. Tumanda oʻtkaziladigan barcha musobaqalarda Nargiza doim 1-oʻrinni egallab keladi. Bizning bu sportchi qizimizdan umidimiz katta.

 

Maʼmura Matyoqubova rahbarligidagi badiiy gimnastika toʻgaragi mashgʻulotlarida chiniqib, sportning bu turi boʻyicha oʻz uslubiga ega boʻlgan Nargiza 2009-2010-yillarda tuman miqyosida turli sanalar munosabati bilan oʻtkazilgan barcha bellashuvlarda gʻoliblik shohsupasidan joy olgan boʻlsa, 2011-2012-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida oʻtkazilgan «Umid nihollari» sport oʻyinlarida ketma-ket 3-oʻrin gʻolibasi boʻldi.

Nargiza Xalillayevadagi oʻziga xos uslub, chiroyli badiiy chiqishlaridagi epchillik va goʻzal harakatlar u ishtirok etgan bellashuvlar hakamlar hayʼati nazaridan chetda qolmadi. 2012-yilning yanvar oyida Nargiza Xalillayevani oʻzidan ikki yosh katta, 1997-yilda tugʻilgan qizlar ishtirokidagi tuman miqyosidagi bellashuvga taklif etishdi. Izlanuvchan va tirishqoq Nargiza bu gal oʻzidan katta yoshdagi gimnastikachi opalarini dogʻda qoldirib ham 1999-yilda, ham 1997-yilda tugʻilgan gimnastikachi qizlar oʻrtasida mutlaq gʻoliblikni qoʻlga qiritdi va tumanning birinchi raqamli sport malikasiga aylandi.

Yaqinda, shu yilning 23-iyul kuni Nargizaning hayotida eng quvonchli voqea roʻy berdi. Shu kuni u oʻz orzularini amalga oshirish uchun dadil qadam qoʻydi. 1-tuman madaniyat saroyida Nargiza Xalillayeva rahbarligidagi badiiy gimnastika toʻgaragining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

- Biz Nargiza kabi qizlarimiz bilan faxrlanamiz, - dedi marosimda soʻzga chiqqan tuman hokimi muovini Xonimjon Rajabova. – Chunki hurmatli Prezidentimiz I.Karimov bashorat qilganlari kabi «farzandlarimiz bizdan koʻra aqlli, bilimdon va kuchli» boʻlib voyaga yetishmoqda. Buni 13 yoshida sport toʻgaragi ochib, atrofiga mahalladagi qizlarni yigʻib, har bir kunini mazmunli oʻtkazayotgan, tumanimiz sportini yuksaltirishga hissa qoʻshishga bel bogʻlagan Nargiza qizimizning jasorati va jurʼatida koʻrib turibmiz.

Marosimda Nargizaning onasi Gulbahor Matsafoyeva, 1-BOʻSM direktori muovini Baxtiyor Rajabov, «Mahalla» xayriya jamoat fondi tuman boʻlimi mutaxassisi Nazokat Jumamurodova, ota-onalardan Muhabbat Tursunboyeva, Maryam momolar oʻz nevaralari uchun bunday toʻgarak juda katta foyda ekanligini mamnuniyat bilan taʼkidlashdi.

Nargizaning orzulariga qanot bagʻishlagan «Chordara» mahallasi fuqarolar yigʻini raisi maslahatchisi Feruza Olloberganova, tumanda sportning badiiy gimnastika turini ilk marta shakllantirgan «Olmazor» mahallasi fuqarolar yigʻini raisi maslahatchisi Gulnora Oʻrozboyevalar Nargiza Xalillayevaning bu ishini solom avlodni tarbiyalash borasidagi fidoyilik deb baholashdi.

- Nafosat va goʻzallikni oʻzida jo etgan badiiy gimnastika tumanimizning har bir xonadoniga kirib borishini xohlayman. Sababi, sportning bu turi bilan shugʻullangan qizlar radikulit, revmatizm, turli boʻgʻim kasalliklari, asab tizimi xastaliklariga chalinishmaydi. Koʻz va quloqning asab tolalari mustahkamlanadi. Jismoniy kamchiliklar esa umuman kuzatilmaydi. Qaddi-qomati goʻzal boʻlib oʻsishadi. Men bu maʼlumotlarni internet tarmogʻi orqali bilib olgach, mahallamiz qizlari goʻzal va barkamol, sogʻlom boʻlsin deb badiiy gimnastika toʻgaragi ochishni niyat qilgan edim. Bu borada menga ishonch bildirayotgan, yordam berayotganyurtdoshlarimning ishonchlarini oqlashga harakat qilaman, - oʻz orzulari haqida toʻlib-toshib soʻzlaydi Nargiza. - Hali koʻrasiz, ishontirib aytamanki, bizning tumanimizdan Respublika va Oʻzbekiston chempionlari yetishib chiqishadi. Qobiliyatli qizlar juda koʻp. Faqat oʻqish, oʻrganish va mehnat qilishdan charchamaslik kerak.

- Balki Nargiza Xalillayevaning oʻzi jahon arenalariga chiqar? - umidbaxsh orzulari haqida bilgimiz keladi uning.

- Albatta! Men chiqmasam, dugonalarim, shogirdlarim chiqishadi!

Nargiza qatʼiy ishonch bilan gapirarkan, toʻgarakning 4-5 yoshli jajji aʼzolari bajarayotgan chiroyli mashqlarni kuzatamiz. Ular Nargiza koʻrsatgan har bir harakatni ixlos va fidoyilik bilan bajarishar, to Nargiza opasi: «ana endi boʻldi», demaguncha bitta harakatni 10-20. hatto 30-40-martalab takrorlashdan erinmasdilar. Bu jajji qizaloqlar vujudiga kuch, qalblariga intilish baxsh etgan sabrni, matonatni koʻrib beixtiyor quvonib ketadi odam.

- Istiqbolga intilgan bolalaring bilan omon boʻl, Vatan! –deya baralla hayqirging keladi. 13 yoshli toʻgarak rahbariga dilda havas uygʻonadi. Dildagi havas va quvonch tilga koʻchadi:

- Kelajakka dadil boqib turgan Vatanning qudratli qanotlari – yoshlar, Nargizalar omon boʻlsin!

Robiya YOʻDOShEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

"Amunews.uz”muxbirlari.

 

Suratlarda: 1. Toʻgarak rahbari Nargiza Xalillayeva shogirdi Matluba bilan navbatdagi mashq paytida.

2. Nargiza Xalillayeva (chapdan birinchi) shogirdlari – badiiy gimnastika toʻgaragi aʼzolari bilan.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019