19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 07:48
Jamiyat 👁 248

ZULFIYa ShEʼRLARIDA AYoL VA ONA TIMSOLI

ZULFIYa ShEʼRLARIDA AYoL VA ONA TIMSOLI

Zulfiya oʻzbek sheʼriyatiga bahor tarovati, insoniylik tuygʻulari, ayollik latofati, onalik muhabbati bilan kirib kelgan qalami oʻtkir shoira edi. Sheʼrlaridagi mavzular xilma-xilligi uning serqirra ijodkorligini anglatsa, ayol va ona madhi esa shoiraning moʻʼtabar opa-singillariga sirdosh, hamfikrligidan, munis onalarga cheksiz muhabbati, ehtiromidan dalolat. Shoiraning mislsiz ilhom dengizining sababchisi ham aynan mushtipar onasi edi. Chunki Zulfiyaxonimning hayotga, badiiy adabiyotga, moʻʼjizalarga ishonib, sheʼriyatga muhabbati uygʻonishida onasining hissasi beqiyos ekanligini shoiraning oʻzi shunday taʼkidlaydi:
“Moʻʼjizalarga sabab boʻluvchi, dunyoni fosh qiluvchi, insoniyatni ajoyibotlar sari yetaklovchi ”soʻz”ga boʻlgan mehrni oddiygina ayol – onam uygʻotganlar...”
Ha. Onaning mehri bu dunyoda har ishga qodir. Farzandi uchun jonini berishga tayyor turgan ona mehri ila insoniyat har qanday koʻzga koʻrinar-koʻrinmas kuchlar va toʻsiqlarni yengib oʻta oladi va Onaning duosi bilan farzand buyuk martabalarga, qalb xotirjamligiga erishadi. Buning isbotini shoiraning “Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush!” sheʼridagi “Ona qalbi oyoqqa tursa, oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush!” deya yozgan satrlari orqali anglashimiz mumkin.
Zulfiya ijodida oʻzbek ayolining taqdiri muhim oʻrin egallaydi. Uning mamlakat hayotidagi faol oʻrni katta ahamiyat kasb etadi. Zulfiya uzoq oʻtmishda ayol oʻrni - uy-roʻzgʻor yumushlari doirasida boʻlganligini, uyda ham bek, ham hukmdor boʻlgan eriga itoatli choʻri boʻlib bosh egishi lozim boʻlganligini yashirmaydi. Bugungi kunda esa ayol jamiyatda oʻzining munosib oʻrni va mavqeiga ega inson. Ammo shunday boʻlgani bilan ayol – bu eng avvalo eng nozik koʻngil sohibasi. U mehr-muhabbatga tashna va munosib. Ayolga aytilgannhar bir iliq soʻz, koʻrsatilgan eʼtibor ayoldan oʻn barobar ortigʻi bilan qaytadi. Ayollik – bu Allohning bizga bergan buyuk inʼomi deb biladi shoira.
Zulfiyaxonimning irodasi xuddi otasining har xil shakllarda tovlantira olgan temirlaridan-da baquvvat va mustahkamroq boʻlgan. Hayotda koʻplab qiyinchiliklarga duch keldi. Ayriliq ogʻusini ichish shoiraning chekiga yozilgan edi. Atigi 10-yil. Bu juda qisqa muddat boʻlsa ham shoiraning butun umriga tatigulik ayollik baxtini his qila olish, turmush oʻrtogʻi, farzandlari davrasida bekam-u koʻst, baxtli yashash nasib etdi. Va bu baxt Zulfiyaning butun umr hayot yoʻllarini bezab, mazmunli qilishga yetarli boʻldi. Turmush oʻrtogʻi Hamid Olimjon vafot etsa ham bir umr uning yodi bilan yashadi. Ushbu haqli fikrlarni shoira oʻzining hayoti misolida ifodalab beraoladi. “Achinmay qoʻydim” sheʼrida shoiraning oʻz hayotidan rozi va mamnun ekanligini koʻrishimiz mumkin:
“Men oʻtgan umrga achinmay qoʻydim,
Hech kimda koʻrmayin umrimga oʻxshash:
Suydim, Erkalandim, Ayrildim, Kuydim,
Izzat nima – bildim. Shu-da bir yashash.
Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, haqiqatan ham Zulfiya oʻzbek ayolining vafo va sadoqat timsoli, oʻzbek onalarining esa mehr va muhabbat ramzidir.

Salomat Karimova, Ajiniyoz nomidagi NDPI oʻzbek tili va

adabiyoti yoʻnalishi 2-kurs magistranti.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026