16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:54
Jamiyat 👁 366

“Tax-tepa”: Qardoshlik ruhi va milliy uygʻonish timsoli boʻlgan etno-madaniy festival

“Tax-tepa”: Qardoshlik ruhi va milliy uygʻonish timsoli boʻlgan etno-madaniy festival

Joriy yilning 21-noyabr kuni Taxtakoʻpir tumanining “Beltov” aholi punkti, “Tax-tepa” etno ovuli Qoraqalpogʻistonning nafaqat tarixiy, balki maʼnaviy hayotidagi yirik voqeaga — Xalqaro etno-madaniy festivalning tantanali ochilishiga mezbonlik qildi. Sahar chogʻidan boshlab bu hududda bayramona ruh, quvonchga toʻla shukuh sezildi. Yuzlab mehmonlar, sanʼatkorlar, milliy ansambllar, mahalliy hunarmandlar va olis yurtdan kelgan ijodkorlarning jamlanishi qadim tarixni, milliy ruhi uygʻoq xalqning bugungi oʻziga xosligini yana bir bor dunyoga namoyon etdi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, barcha ishtirokchilarni festivalning ochilishi bilan samimiy muborakbod etdi. U oʻz nutqida koʻp millatli yurtimizda asrlar davomida hukm surib kelayotgan doʻstlik, ahillik va totuvlikning bugungi kunda yanada mustahkamlanayotganini alohida taʼkidladi.

Ushbu yirik madaniy anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Tursunxon Xudaybergenov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov, Qozogʻiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamkulovning ishtiroki festival darajasini, xalqaro miqyosdagi ahamiyatini yanada oshirdi.

Hurmatli Prezidentimizning alohida eʼtibori bilan soʻnggi yillarda “Beltov” ovulida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari qishloqqa butunlay yangi ruh, yangi qiyofa baxsh etdi. Bir paytlar oddiy aholi manzili boʻlgan bu hudud bugun mamlakatimizning eng goʻzal etno-turistik maskanlaridan biriga aylanib, xalqaro miqyosda ham eʼtirof topmoqda.

Bu oʻzgarishlarning ramziga aylangan “Tax-tepa” etno-qishlogʻi esa oʻzining oʻtmishdan hikoya qiluvchi paxsa uylari, milliy arxitektura, qadimiy turmush tarzi bilan tom maʼnodagi tirik muzeyni eslatadi. Xususan, qoʻshni qishloq manzarasidan ilhomlanib barpo etilgan 16 ta paxsa uy har bir mehmonni oʻziga tortib, qadim ajdodlarimizning hayot tarzi, maishiy anʼanalari bilan yaqindan tanishtiradi.

Festivalning aynan shu maskanda oʻtkazilishi bejiz emas. Har biri oʻziga xos maʼno va ruhiyatga ega boʻlgan 70 ta Qora uy — yurtimizda yashayotgan turli millat vakillarining oʻzligini namoyon etishi, ularning madaniy rang-barangligini namoyish etuvchi maydonga aylandi. Har bir uyda xilma-xil millatlarga xos anʼanalar, kiyim-kechaklar, hunarmandchilik buyumlari, marosimlarga oid koʻrgazmalar joylashtirildi. Bu — bir zaminda ahil-inoq yashayotgan xalqlarning birligiga, bir-biriga boʻlgan hurmatiga, koʻp asrlik doʻstligiga ramziy ishoradir.

Festival doirasida milliy urf-odatlar, qadimiy marosimlar, folklor sanʼati oʻziga xos sahna koʻrinishlarida jonlantirildi. Milliy raqslar, ijodkorlar tomonidan kuylangan qoʻshiqlar, baxshi va jirovlarning joʻshqin chiqishlari barchaning eʼtiborini tortdi. Qoraqalpoq, oʻzbek, qozoq, turkman xalqlariga xos milliy oʻyinlar esa maydonda haqiqiy bayram kayfiyatini yaratdi.

Hunarmandlar tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmalar, milliy taomlar festivali, yosh rassomlar burchagi, bolalar uchun etno-madaniy makon festivali ishtirokchilariga alohida zavq ulashdi. Ayniqsa ushbu madaniy boylik xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi.

Taxtakoʻpirning “Tax-tepa” etno ovulida oʻtkazilgan xalqaro festival nafaqat madaniy tadbir, balki xalqimizning ming yillik tarixiy ildizlarini, milliy oʻziga xosligini, turli madaniyatlar uygʻunligini butun dunyoga koʻrsatib beruvchi yorqin namuna boʻldi.

Bu kabi tadbirlar yurtimizda turizmni rivojlantirish, milliy merosni asrash, yosh avlodda tarixiy xotira va milliy gʻururni mustahkamlash borasida islohotlarning amaliy natijalaridir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019