19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 04:09
Jamiyat 👁 154

YoShLARNING FIDOYI VA JONKUYaR YeTAKChISI

YoShLARNING FIDOYI VA JONKUYaR YeTAKChISI

Yoshlar – millat kelajagi, yurt istiqboli va taraqqiyot bunyodkorlaridir. Shu bois, yosh avlodga mamlakatimizda yuksak eʼtibor qaratib kelinmoqda. Yoshlar ham oʻz navbatida barcha imkoniyatlardan samarali foydalanib, mamlakat taraqqiyotining chinakam fidoyilariga aylanishga harakat qilishmoqda.

Tumanimizdagi 12-sonli maktabda yoshlar yetakchisi vazifasida ishlab kelayotgan Nigora Saidmurodova yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga hissa qoʻshib, intiluvchan, iqtidorli yoshlarni kashf etib, isteʼdodlarini yuzaga chiqarishlariga koʻmaklashmoqda. Bu borada chinakam koʻmakdosh va tayanch boʻlib kelgan yoshlar tashkiloti, ayni paytdagi Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi bilan hamkorlikda qator ishlarni tizimli ravishda olib bormoqda.

Nigora bolalikdan oʻqituvchilik kasbiga qiziqdi va shu kasbni egallash niyatida Nukus davlat Pedagogika institutida tahsil oldi. U dastlabki ish faoliyatini Nukus davlat pedagogika instituti qoshidagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyi jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi boʻlib ishlashdan boshladi. Ish faoliyati davomida boʻsh vaqtlarida ham oʻquvchi-yoshlar bilan shugʻullanar, ularning qiziqishlari, intilishlari bilan qiziqar, oʻsha paytdagi mavjud yoshlar tashkiloti koʻmagida har bir oʻquvchidagi iqtidorni yuzaga chiqarishga harakat qilardi. 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Amudaryo tuman Kengashiga yetakchi mutaxassis vazifasiga oʻtdi.

Nigora 2015-yildan 12-sonli maktabda yana oʻqituvchi boʻlib faoliyat koʻrsata boshladi. Tashabbuskorligi, yoshlarga eʼtiborliligi tufayli maktabda uni 2018-yildan yoshlar yetakchisi vazifasiga tayinlashdi. Yoshlar taqdiriga befarq boʻlmagan fidoyi yetakchi dastlab ishni taʼlim muassasasi yoshlarining muammolari, fanlarni oʻzlashtirish darajasi, davomati, darsliklar va kutubxonadan foydalanish darajasini oʻrganishdan boshladi. Maktabda oʻqiydigan notinch oilalar farzandlari, tarbiyasi ogʻir va nosogʻlom muhitga tushib qolgan, darslarni muntazam qoldirib kelayotgan oʻquvchilarni taʼlim jarayoniga qaytarishga qaratilgan tizimli ishlarni yoʻlga qoʻydi.

Yoshlarning jonkuyariga aylangan N.Saidmurodova oʻz faoliyati davomida qator tanlovlarda oʻquvchilarning faol ishtirokini taʼminladi. Oʻquvchilar ham oʻz navbatida tuman va Respublika miqyosidagi yutuqlarni qoʻlga kiritib, isteʼdodlarini yuzaga chiqardilar.  2018-yilda Yoshlar Ittifoqi tuman Kengashi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan  “Vatan, doʻstlik va baxtli bolalik uchun!” shiori ostida oʻtkazilgan XII anʼanaviy anjumanda yilning “Eng namunali boshlangʻich tashkiloti yetakchisi” deb topildi. Sportning voleybol, basketbol va futbol turlari boʻyicha ayol-qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalarda faxrli 1-, 2-oʻrinlarni egalladi. Tuman miqyosida oʻtkazilgan “Eng bilimdon yoshlar yetakchisi” tanlovi gʻolibi boʻldi va tuman hokimining faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi. Undan tashqari, turli seminarlar, forumlarda ham faol ishtirok etib, sertifikatlarga ega boʻldi.

Fidoyi yetakchi yoshlarning jamiyat taraqqiyotida faol ishtirok etishi, zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, har tomonlama yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishiga hissa qoʻshish maqsadida intilmoqda. Buni sharafli va masʼuliyatli burch deb bilib, butun bilimi, mahorati va kuch-gʻayratni sarflamoqda.

 O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026