19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 04:10
Jamiyat 👁 239

MAJBURIYaTLAR BAJARILIShIDA JARIMA VA PENYaNING ROLI VA OʻZIGA XOS XUSUSIYaTLARI

MAJBURIYaTLAR BAJARILIShIDA JARIMA VA PENYaNING ROLI VA OʻZIGA XOS XUSUSIYaTLARI

Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik shartnomaviy hamda shartnomadan tashqari majburiyatlarni buzganlik uchun vujudga keladi.
Buning uchun majburiyatlarni bajarmaganlik va lozim darajada bajarmaganlikni bir-biridan farqlab olishimiz lozim. Bajarmaganlik shartnoma shartlarini (masalan, butunlay toʻlovni amalga oshirmaslik yoki yetkazib berilgan tovar uchun toʻlovdan bosh tortish yoxud ishlarni bajarishni rad etish va h.k.) toʻliq bajarmaslikni anglatadi. Lozim darajada bajarmaslik esa majburiyatlarni shartnoma shartlari va qonunchilik talablariga, bunday shartlar va talablar boʻlmaganida esa – ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablarga nomuvofiq bajarishni bildiradi. Olingan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlashning keng tarqalgan usullaridan biri neustoyka hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 260-moddasining birinchi qismiga binoan qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga toʻlashi shart boʻlgan pul summasi neustoyka hisoblanadi.
Qonuniy neustoyka Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-32-moddalarida belgilanib qoʻyilgan.
Fuqarolik kodeksining 261-moddasi birinchi qismiga asosan neustoyka ikki shaklga, yaʼni jarima va penyaga ajratilgan. Qarzdor majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda toʻlaydigan va qoida tariqasida, qatʼiy pul summasida hisoblanadigan neustoyka jarima hisoblanadi.
Qarzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib yuborganida toʻlaydigan va oʻtkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan neustoyka penya hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil
15-iyundagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 163-sonli qarorining 16-bandida tushuntirish berilishicha, penya va jarimalarning hisoblanishi majburiyatni bajarish muddati tugagan kunning ertasidan boshlanadi. Shuning uchun tomonlarning kelishuvida majburiyatlarni bajarishning boshlangʻich va oxirgi muddatlari aniq koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Aks holda esa, kreditor tomonidan majburiyatlarni bajarish talab qilingan (masalan, talabnoma yoki ogohlantirish xati yuborilgan) kundan boshlab 7 kunlik muddat oʻtgach jarima va penyaning miqdorini hisoblash boshlanadi.
Sud amaliyotidan misol keltiradigan boʻlsak (shaxslar nomlari oʻzgartirilgan), daʼvogar “G’ANISHER-GOLD” xususiy savdo va ishlab chiqarish firmasi javobgar “ZOXID QURILISH” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan 90 mln. soʻm asosiy qarz, 9 mln. jarima va 45 mln. soʻm penya, jami 144 mln. soʻm undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat qilgan.
Daʼvogar vakili sud majlisida daʼvo arizasida koʻrsatilgan talablarni qoʻllab-quvvatlab, javobgardan 90 mln. soʻm asosiy qarz va 45 mln. soʻm penya undirishni, shuningdek, yuqoridagi Plenum qarorida berilgan tushuntirishlardan kelib chiqib, 9 mln. soʻm jarimani undirmaslikni soʻragan.
Natijada, iqtisodiy sudning hal qiluv qaroriga asosan daʼvo arizasi qisman qanoatlantirilib, javobgar “ZOXID QURILISH” MChJdan daʼvogar “G’ANISHER-GOLD” XSIChF foydasiga 90 mln. soʻm asosiy qarz, 31 mln. 500 ming soʻm penya, jami 121 mln. 500 ming soʻm hamda ish uchun toʻlangan 2 mln. 700 ming soʻm davlat boji va 17 840 soʻm pochta xarajati undirilgan.
Daʼvo talabidagi 9 mln. soʻm jarima undirish qismi boʻyicha esa, oldindan toʻlab chiqilgan davlat bojining 180 ming soʻmi javobgardan daʼvogar foydasiga undirilmasdan, daʼvogarning zimmasida qoldirilgan.
Demak, sudga asossiz kiritilgan jarima yoki penyaning miqdoriga mutanosib ravishda daʼvogardan ham davlat boji undiriladi yoki oldindan toʻlab chiqilgan boʻlsa, daʼvogar zimmasida qoldiriladi.


Q.Xojamurodov, Beruniy tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi.  

B.Bekmurodov, Beruniy tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026