16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:54
Salomatlik 👁 188

SALOMATLIKNING ASOSI JISMONIY FAOLLIKDIR

SALOMATLIKNING ASOSI  JISMONIY FAOLLIKDIR

1948-yil 7-aprel kuni jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti tashkil topgan kun deb belgilangan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti insonlarning salomatligini saqlash, kasalliklarning oldini olish borasida keng koʻlamdagi ishlarni olib borishni oʻz zimmasiga olgan.

1950-yildan 7-aprel kuni “Butunjahon salomatlik kuni” deb belgilangan. Shundan buyon  insonlarning salomatligini saqlash maqsadida koʻp uchraydigan kasalliklar boʻyicha yil kasalligi belgilanib, shu kasallikning oldini olishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilib, profilaktika ishlari olib boriladi.

Prezidentimizning 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida koʻzlangan maqsad sogʻlom ovqatlanish tamoyillari, jismoniy faollik  va ommaviy sport turlari bilan shugʻullanish, tashkilot va korxonalarda, MTT va maktablarda  shanbaning salomatlik kuni deb belgilanishi, turli sport musobaqalari oʻtkazilishi, shaxsiy gigiyenaning ahamiyati, zararli odatlarga berilmaslik kabilar har bir fuqaroning kundalik hayoti  tarziga aylantirilishi  davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.

Inson tanasi doimiy harakatlanib turishga moslashgan. Sababi koʻp asrlar oldin odamlar ham boshqa jonzotlar kabi oʻz ozuqasini jismoniy harakati orqali topgan. Ammo soʻnggi asrda insonlar koʻproq aqliy mehnat orqali kun koʻradigan boʻldi. Bu esa, kamharakatlilik oqibatida kelib chiquvchi bir qator kasalliklarning koʻpayishiga olib keldi.

Kamharakatlilik butun dunyoning oʻtkir muammosiga aylanayotgan hozirgi davrda holsizlik, uyquning buzilishi, diqqat-eʼtiborni jamlay olmaslik, xotiraning pasayishi, sababsiz charchash hissi, semizlik kabi belgilar har bir kishida uchraydi, lekin kamdankam odamlar bu holatlarni kamharakatlilik bilan bogʻlaydi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, yiliga chekishdan 5 mln. nafar, kamharakatlilikdan esa bundan ham ortiq inson qurbon boʻlmoqda.

Kechki ovqatdan soʻng, 3-4 kilometr piyoda sayr qilish taomning yaxshi hazm boʻlishiga foyda beradi. Shuningdek, kishining jismoniy faolligini ham oshirib, koʻp kasal boʻlishning oldini oladi. Ertalabki yarim soatlik yengil jismoniy mashgʻulot esa, kun davomida oʻzimizni tetik his qilishimizni taʼminlaydi. Kun davomida har ikki soatda besh-oʻn daqiqa jismoniy harakat qilish, keyingi bir-ikki soat davomidagi ish samaradorligining ikki barobarga ortishiga sabab boʻladi.

Mutaxassislarning maʼlum qilishicha, haftada atigi 2,5 soatlik jismoniy faollik erta oʻlim holatlarini 28 foizga, yurak kasalliklariga chalinish ehtimolini 20 foizga kamaytiradi. Bundan tashqari, jismoniy faollik natijasida organizmda biosintez jarayoni faollashadi, qon aylanish jarayoni 4-5-marta kuchayadi, yurak qisqarishlari soni tezlashadi, bu esa organizmda yangi energiya hosil boʻlishiga va energiya bilan taʼminlanish yaxshilanishiga olib keladi.

Tuman Tibbiyot birlashmasining Telegramda “Salomatlik saboqlari” kanali  ochilib,  hozirgi kunda yuqumli va yuqumsiz kasalliklar  profilaktikasi, gimnastika, faol va piyoda yurish, velosayr, kechki sayrlarning inson salomatligini mustahkamlashdagi  ahamiyati  mavzularida foydali maslahatlar  berib borilishi yoʻlga qoʻyildi.

Jumaboy YavQashev, Tibbiyot  birlashmasi

ASTTQQ va JFO markaz boʻlimi  mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019