16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:31
Adabiyot 👁 283

ARMON (Hayotiy voqea asosida)

ARMON (Hayotiy voqea asosida)

Binoyiday ishlab yurgan Rohila yotib qoldi.

– Ota, Sarvar bilan Mohlarni uch kundan beri koʻrmadim, sizni olib ketdi, deyishdi.., – Rohila juda ojiz ovozda gapirdi.

Ibodulla ota nimanidir anglaganday boʻldi, gapirishga oshiqmadi, “Hozir, bolam”, dedi-yu tashqariga yoʻnaldi.

Hovli adogʻidagi supada oʻtirgan qudagʻayi oldiga bo-rib, nevaralarini soʻradi:

– Men kasalni boqayinmi, bolalarnimi? – jerkidi qudagʻayi.

Ibodulla ota oʻzini bosdi, harna  ayol kishi, tagʻin qizining qaynonasi.

 – Bolalarini uch kundan beri koʻrmabdi, sogʻingan, –dedi muloyimlik bilan.

– Qizingizning qanday kasalligini bilasizmi? Axir u rak! Bolalarga yuqib.., –chaynaldi qudagʻayi.

Bu gapdan soʻng, Ibodulla ota uchun gapirish ortiqcha boʻldi. Indamay oʻrnidan turdi-da, Rohilani dast koʻtarib darvoza oldida turgan mashinaning orqa oʻrindigʻiga avaylab yotqizar ekan, uni avvalroq olib ketmaganiga afsuslandi.

Oradan bir yarim oy oʻtib, Rohila butunlay yeb-ichishdan qoldi. Goh hush, goh behush yotgan Rohila kun boʻyi eshikdan koʻzlarini uzmas, ojizgina ovoz chiqarib, oʻgʻli bilan qizini chaqirardi.

– Jiyanlaringni  olib kel, – dedi Ibodulla ota oʻgʻli Nodirbekka – aytishib oʻtirma, jiyanlaringni olib, tezda qayt. Bir oydan oʻtdi, opang bolalarini har kuni ming marta soʻraydi, ilhaq boʻlib yotibdi. Nodirbek ketdi, lekin hadeganda qaytavermadi. Bilsa, qudagʻayi nevaralarini joʻnatmabdi.

– Xudoga soldim, qay bandang gunohkor boʻlsa, oʻzing adolat qil, Tangrim! – Ibodulla ota hovli adogʻiga borib, yelkalari silkinib-silkinib yigʻladi.  Shu payt oʻrtancha qizi Ramiza ichkaridan yugurib chiqdi:

– Ota, ota, qarab yuboring, ota!

Shoshilib ichkariga kirgan Ibodulla ota Rohilaning yostiqqa  suyangancha tiklanib oʻtirganini koʻrib ham quvondi, ham hayron qoldi. Bir necha kundan beri labiga tomizgan suvni tamshanib olishga majoli yetmayotgan Rohila atrofiga taxlab qoʻyilgan yostiqlarga suyangancha eshikka termulib oʻtirar, aftidan hozir bolalari kirib keladiganday, ularni bagʻriga bosishga oshiqib, ikki qulochini yozgancha oʻzini tetik tutishga urinardi.

– Sarvar, Mohlar, – ojizgina pichirladi uning lablari.

– Kelishadi, opa, kelishadi, ertalab pochcham olib keladi, – hozir borib koʻrib keldim.

Nodirbekning shu gaplaridan soʻng Rohila boshini majolsizgina yoqtiqqa qoʻydi. Bir necha soniya opalariga, ukasiga, otasiga tikilib-tikilib qaradi. Soʻng yuzini devor tomonga burgancha uyquga ketdi. Yarim tunda ilkis koʻzini ochib, yana eshikka qaradi. Butun kuchini toʻplab ikkala qoʻlini koʻtarishga harakat qildi, soʻng yana uyquga ketdi, sal oʻtib uygʻondi, derazaga boqdi, nigohlari bilan tong yorugʻligini izladi. U tongni, tongda kirib keladigan bolalarini kutardi. Rohila tun yarmidan ogʻganda yana uyquga ketdi-yu, boshqa uygʻonmadi. Yengilgina xurrak otayotgan kabi uxlayverdi, uxlayverdi. Bot-bot qoʻllarini qimirlatib qoʻyardi, xolos. Tong gʻira-shirasida u jimib qoldi...

Koʻzlarini yumib uxlayotgan Rohila qachon koʻzini ochdi, boshini qachon eshik tomon burdi, atrofida bir ogʻiz soʻziga ilhaq oʻtirgan jigar-bandlari hatto sezmay qolishdi. Faqat Rohila jimib qolgach, xavotir bilan unga boqqan Ibodulla ota “Astagʻfirulloh!” deb yubordi. Rohila koʻzlarini katta-katta ochib, eshikka termulgancha, yuzida ajib nurli tabassum bilan jon bergandi. Zohiridami, botinidami, Allohning irodasi bilan u farzandlari bilan koʻrishgan kabi mamnun qiyofada yotar, koʻzlaridagi nur ham hali soʻnmagan edi.

Ibodulla ota qizining ochiq ketgan intizor koʻzlarini titroq qoʻllari bilan silarkan, uning dudoqlari nam ekanligini sezdi. Xayolida bolalari bilan koʻrishib yigʻladimi yoki bolalarining sogʻinchi unga armon boʻlib qoldimi? Bunisi otaga noayon edi.

– Armonli dunyoga sigʻmagan armonli bola-a-am! – Rohilaning jasadini bagʻriga bosib, yuzlarini silab-silab armon bilan yigʻladi ota.

Saldan keyin butun hovlini achchiq faryod tutdi. Bir pasda tumonat odam yigʻildi. Peshin namozidan avval Ibodulla otaning  goʻzal qizini qabrga qoʻyishdi. Hassakashlar hovliga uvvos solib kirib kelishganida darvoza oldida nevaralari koʻrindi. Ibodulla ota qanchalik oʻzini qoʻlga olishga urinmasin, baribir chiday olmadi. Biri 7 yosh, biri 5 yosh boʻlgan Sarvarjon bilan Mohlaroyimni bagʻriga bosib oʻksib-oʻksib yigʻladi. Kichigi anglamasa-da, Sarvarjon bir narsani tushunganday, bobosining bagʻridan uzilib chiqib, ichkari uyning har bir xonasiga kirib chiqdi. Ayollar orasidan onasini izladi. Xolalarini bir ahvolda koʻrib, yigʻlab yubordi.

– Onajon, onamni topib beringlar, onamni... – bola to oʻzi toʻxtamaguncha qoʻyib berishdi. U uzoq yigʻladi, unga singlisi qoʻshildi. Bolalarni ovutgani kelgan Chamangul enaga Sarvar tik qarab baqirdi:

– Sizni yomon koʻraman, keting bu yerdan. Onangning kasali yuqadi, deb bizlarni qoʻymadingiz. Qani mening onajonim, topib  bering endi. Onaj-o-on!

Yigʻlagan ham yigʻladi, yigʻlamagan ham. Shunda mahalladagi keksa onaxon Sharifa momo bolalarning boshini silab dalda berdi, ovutdi, soʻng:

– Chamangul qudagʻay, – dedi bosiqlik bilan, – juda ogʻir gunohga botibsiz, tavba qiling. Rohilajonday ayol boshqa dunyoga kelmaydi. Bolalariga juda ilhaq qildingiz-a, ilhaq qildingiz. Kasali yuqsa, menga yuqmaydimi, har kuni keldim oldiga, har kelganimda bagʻrimga bosdim, uyaling-a, qudagʻay, uyaling, tavba deng. Endi bu norasidalarning  yuziga qanday qaraysiz-a, qudagʻay...

Rohilaning maʼrakalari oʻtdi, Sarvarjon bilan Mohlaroyim enasi bilan dadasi qancha qistovga olishmasin, Ibodulla  otaning uyida qolishdi. Ayniqsa, Sarvar boshqacha, aqlli edi:

– Biz oʻzimiz xohlagan joyda yashaymiz, ketmaymiz! – dedi qatʼiy. Bir yil oʻtib-oʻtmay kuyovi uylandi. Shundan soʻng, nevaralari dadasi haqida hatto oʻylamay ham qoʻyishdi. Oʻgay ona qoʻliga nevaralarini bergisi kelmayotgan Ibodulla otaga bir kuni kuyovi kelib bir parcha qogʻoz tashlab ketdi. Unda shunday soʻzlar bor edi: “Farzandlarimning xohishiga  koʻra, ularni bobosi Ibodulla Fayzullayev qaramogʻiga berishga roziman”. Aftidan kuyovi oʻz tinchligini oʻylab, bolalaridan ham kechgan edi.

Ibodulla otaning koʻngli xotirjam tortdi. Koʻz oldida  eshikka termulib jon bergan, diydalari nam Rohilaning armonli nigohi jonlandi: “Qizimning ruhi shod boʻlishi uchun ularni koʻz qorachigʻiday asrayman”. Otaning yuzini achchiq armon yoshlari yuvardi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019