16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:44
Qishloq xoʻjaligi 👁 183

Gʻoʻza dalalarida hosil toʻplash oyligi davom etmoqda

Gʻoʻza dalalarida hosil toʻplash oyligi davom etmoqda

Joriy yilgi mavsum ob-havo ancha oʻzgaruvchanligi va oqar suv tanqisligi bilan kechayotgani tufayli paxtakor dehqonlar ushbu murakkab sharoitda ham moʻl va sifatli hosil yetishtirish uchun mavjud vaziyatdan kelib chiqib ish yuritmoqdalar. Paxtachilikka, ayniqsa, paxta urugʻchiligiga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarida agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida bajarish, mavjud resurslar, mineral va mahalliy oʻgʻitlar hamda suvdan unumli foydalanish evaziga dalalarda moʻl hosil toʻplashga erishilmoqda.

Tumanimizning Namuna mahallasi hududidagi «Sobir Eshchan» fermer xoʻjaligida asosan urugʻlik paxta yetishtiriladi. Xoʻjalikning umumiy yer maydoni 206 gektardan iborat boʻlib, shundan 161 gektari ekishlik maydoni hisoblanadi.

Joriy yilda xoʻjalik dehqonlari 80 gektar yerga gʻoʻzaning serhosil «Sulton» navini ekishdi. Moʻljal – gektaridan 40 tsentnerdan, jami 320 tonna hosil olish. Shundan 128 tonnasi urugʻlik chigit uchun saralab terib olinishi koʻzda tutilgan.

Deyarli har yili paxta va boshqa qishloq xoʻjalik ekinlaridan moʻl va sifatli hosil yetishtirib kelayotgan fermer xoʻjaligi dehqonlari bu yilgi ekish-tikish mavsumi yumushlarini ham agrotexnika qoidalariga muvofiq ravishda tashkil etdilar.

Avvalo, xoʻjalik dalalarida chigit toʻliq unib chiqishiga eʼtibor qaratildi. 80 gektar yer 80 nafar ijarachiga teng taqsimlab berildi. Chigit unib chiqqandan soʻng, dalalarning tuproq sharoiti va gʻoʻza navining xususiyatlariga muvofiq ravishda yaganalash ishlari olib borildi.

Yaʼni, qatorlar orasi 60 sm.da ekilgani uchun fermer xoʻjaligining tuproq unumdorligi yuqori boʻlgan dalalarida bir metrda 5-6 tup, oʻrtacha va undan past unumdor yerlarda 6-7 va 7-8 tup gʻoʻza niholi  olishga erishildi.

Bundan tashqari, gʻoʻzani oziqlantirishda oʻgʻitni tuproq qatlamiga chuqurroq berishga, qolaversa, nihollarning yaxshi oʻsib-rivojlanishini taʼminlash maqsadida nihollarni qoʻshimcha ravishda oziqlantirishga alohida eʼtibor qaratilib, gʻoʻza nihollarining bargi va poyasidan oziqlanishi uchun suspenziya sepildi.

Zararkunanda hashoratlarga qarshi olib borilgan kurash choralari, gʻoʻza qator oralariga ishlov berish, chilpish kabi agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida amalga oshirilgani bois, ayni paytda fermer xoʻjaligi dalalarida moʻl hosil toʻplandi. Har bir tup gʻoʻzada kamida 20-30 ta boʻliq koʻsaklar, yana qoʻshimcha hosil nishonalari borligining  oʻzi xoʻjalik dehqonlarining fidoyilik  bilan mehnat qilishayotganidan dalolatdir.

Albatta, paxtachilikda koʻzlangan natijalarga erishishda texnika – dehqonning  qoʻl-qanotidir. Fermer  xoʻjaligi raisi Xudoybergan Sobirovning ishning koʻzini bilganligi, qishloq  xoʻjaligi sohasi yangiliklaridan doimiy xabardor boʻlib turishi bois, xoʻjalikning moddiy-texnik bazasi mustahkam. 2 ta chopiq traktorlari, 1 dona yer haydovchi traktor, kombayn va ekskavator dehqonlarning ogʻirini yengil, mushkulini oson qilishga hamisha shay. Shuning uchun ham fermer xoʻjaligida gʻalla oʻrim-yigʻimi va ipak qurti boqish mavsumlarida umuman muammo boʻlmaydi.

Ayni kunlarda fermer xoʻjaligi dalalarida gʻoʻza parvarishi bilan bogʻliq, soʻnggi agrotexnik tadbirlar, yaʼni gʻoʻzaga sharbat suvi berish, qonib suv ichgan gʻoʻza maydonlarini begona oʻtlardan tozalab, yigʻim-terim mavsumiga tayyorlash kabi ishlar davom ettirilmoqda.

R.YOʻLDOShEVA, M.ShOMURODOV surat-lahvasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019