16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:37
Qishloq xoʻjaligi 👁 422

“Ashirov Qahramon” fermer xoʻjaligi paxta yetishtirish rejasini ortigʻi bilan bajardi

  “Ashirov Qahramon” fermer xoʻjaligi paxta yetishtirish rejasini ortigʻi bilan bajardi

Mamlakatimizda ayni kunlarda oq oltin hosilini qishning sovuq kunlariga qoldirmasdan, oʻz vaqtida yigʻib-terib olish ishlari qizgʻin tarzda olib borilmoqda. Joriy yilda yetishtirilgan paxta xomashyosini nest-nobud qilmasdan, uyushqoqlik bilan terib olish boʻyicha tegishli choralar amalga oshirilmoqda. Paxta-toʻqimachilik klasterlari, paxta xomashyosi yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari hosilni qisqa fursatda yigʻishtirib olish maqsadida zarur ishlarni tashkil etishmoqda. Amudaryo tumanida ham joriy yilgi paxta xomashyosini yigʻib-terib olish rejasini ilgʻorlar safida bajarish maqsadida paxtakorlarimiz uyushqoqlik bilan tinimsiz mehnat qilishmoqda.

Shu oʻrinda maʼlumot tariqasida aytish kerakki, joriy yilda tumanimizdagi jami 350 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan 15 ming 30 gektar maydonda 46 ming 550 tonna paxta xomashyosini yetishtirish rejalashtirilgan. Fermer xoʻjaliklarida paxta xomashyosini yigʻib-terib olish maqsadida jami 290 ta terim otryadlari tashkil etilgan boʻlib, ushbu ortyadlarda “oq oltin”ni oʻz vaqtida nes-nobud qilmasdan terib olish boʻyicha samarali ishlar olib borilmoqda.

Maʼlumki, mamlakatimizda bu yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumida qoʻlda terilgan 1 kilogramm paxta uchun birinchi terimda 1200 soʻmdan, ikkinchi terimda 1500 soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mehnat haqi toʻlash belgilandi. Tumanimizdagi paxta teruvchi 290 ta terim otryadlarida paxta terish ishlariga jalb etilgan jami 23 ming 266 nafar terimchilar oʻz mehnatlariga yarasha haqlarini oʻz vaqtlarida olishmoqdalar. Ushbu terimchilarning 9 ming 283 nafari paxta toʻqimachilik klesteri va fermer xoʻjaliklarining ishchilari boʻlib, 13 ming 983 nafari uyushmagan aholi vakillaridan iborat.

Ayni kunlarda tumanimizdagi paxta yetishtrivchi fermer xoʻjaliklari orasida belgilangan paxta rejasini ortigʻi bilan bajarib, eng ilgʻorlar safidan joy olayotgan fermerlarimiz ham anchagina. Xususan, tuman prokurori Javlon Muftullayev rahbarlik qilayotgan 2-sektor hududiga kiruvchi Qilichboy ovulidagi “Ashirov Qahramon” fermer xoʻjaligi rahbari Qahramon Ashirov ana shunday namunali fermerlarimizdan biridir.

“Ashirov Qahramon” fermer xoʻjaligida paxta yigʻim-terim jarayonlarining samarali tashkil etilishi natijasida paxta rejasi ortigʻi bilan muddatidan oldin bajarildi. 112 nafari uyushmagan aholi vakillaridan iborat boʻlgan jami 200 nafardan ortiq terimchilarning mashaqqatli mehnati evaziga har kuni 10 tonnadan ortiq paxta xomashyosi terib olindi. Natijada fermer xoʻjaligi rejadagi 45 tonna oʻrniga 45,2 tonna paxta topshirib, rejani ortigʻi bilan bajardi.

Terim jarayonida terimchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Dala boshida issiq ovqat berilmoqda. Terimchilar oʻz haqlarini belgilangan miqdorda oʻz vaqtida olganliklari ularda terimga boʻlgan ishtiyoqni yanada oshirmoqda.

Aytish kerakki, paxta xomashyosini yigʻib-terib olish ishlariga, asosan, ishsiz hamda vaqtinchalik band boʻlmagan aholi vakillarining jalb qilinishi natijasida ularning bandligi taʼminlanib, daromad topishlariga sharoit yaratilmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019