16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:50
Siyosat 👁 494

Uchastka saylov komissiyalari tomonidan saylovga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda

Uchastka saylov komissiyalari tomonidan saylovga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda

Mamlakatimizda tobora yaqinlashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ishlari qizgʻin tarzda olib borilmoqda.  Amudaryo tumanida hamda ushbu muhim siyosiy jarayonni munosib tarzda oʻtkazish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Tumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish maqsadida jami 64 ta saylov uchastkalari tuzilgan boʻlib, ularning 54 tasi umumtaʼlim maktablarida, 2 tasi kasb-hunar maktabida, 1 tasi musiqa va sanʼat maktabida, 1 tasi muhandislik texnikumida, 1 tasi sport maktabida, 3 tasi madaniyat muassasalarida, 1 tasi fuqarolar yigʻinlari binolarida va 1 tasi tashkilot binosida joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 1-Qoraqalpogʻiston okrug saylov komissiyasining qarori bilan saylovchilar soniga qarab, har biri 11-15 nafar aʼzodan iborat tarkibda uchastka saylov komissiyalari tuzildi.

Aytish kerakki, tumanda saylov uchastkalarining moddiy-texnik taʼminoti hamda saylovchilar uchun qulayliklar yaratish bilan bogʻliq tashkiliy ishlar oʻz vaqtida amalga oshirildi. Saylov uchastkalarida mavjud muammo va kamchiliklar barataraf qilinib, xonalar zarur jihozlar bilan taʼminlandi. Saylovga tayyorgarlik koʻrish, saylov bilan bogʻliq jarayonlar xususida jamoatchilikni xabardor qilib borish, aholi, ayniqsa, saylovda ilk marotaba qatnashadigan yoshlarning bu boradagi bilim va tushunchalarini kengaytirish borasida targʻibot-tashviqot ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, tumandagi Qipchoq ovul fuqarolar yigʻini binosida joylashgan 141-saylov uchastkasida ham saylovga tayyorgarlik ishlari avjida. Uchastka saylov komissiyasi raisi Ibragim Rajabov boshchiligida barcha zaruriy ishlar oʻz muddatlarida amalga oshirilmoqda. Saylov uchastkasi markazi boʻlmish ovul fuqarolar yigʻini binosida mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 392 mln soʻm mablagʻ evaziga qayta taʼmirlash ishlari olib borildi. Bino atrofi obodonlashtirilib, gullar ekildi. Xonalar zaruriy jihozlar - stol-stullar, kompyuter jamlanmalari bilan jihozlanib, saylovchilar uchun barcha qulayliklar yaratildi.

Aytish kerakki, 141-saylov uchastkasi hududida ikkita aholi punkti mavjud boʻlib, bular Koʻkcha hamda Qayrovul aholi punktlaridir. Ularda istiqomat qiluvchi jami aholi soni 3701 nafarni tashkil etib, ularning 2407 nafari saylov jarayonlarida ishtirok etadilar. Shundan 107 nafari 18 yoshga toʻlgan, saylov jarayonlarida ilk bora ishtirok etadigan yoshlardir.

Choykoʻl ovulidagi 22-sonli maktabda joylashgan 138-sonli uchastka saylov komissiyasi aʼzolari ham saylovga tayyorgarlik jarayonlarini qizgʻin tarzda davom ettirishmoqda. Uchastka saylov komissiyasi raisi Azimjon Bekbergenov boshchiligidagi 15 nafar aʼzolari Prezident saylovini munosib oʻtkazish maqsadida tizimli ishlarni tashkil etmoqdalar.

Xususan, saylov uchastkasi markazi joylashgan binoda mavjud kamchiliklar aniqlanib, zarur qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi. Uchastka saylov komissiyasi raisi, oʻrinbosari, kotibi hamda aʼzolarining samarali faoliyat olib borishlari uchun alohida xonalar ajratilib, yumshoq mebellar, televizor, stol-stul hamda kompyuter jamlanmalari bilan taʼminlangan. Saylov uchastkasi hududida 543 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 595 ta oilalar mavjud. Jami aholi soni 3564 nafarni tashkil etib, ularning 2318 nafari saylovchilardir.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, uchastka saylov komissiyalari raisi, oʻrinbosari, kotiblari hamda aʼzolari malakalarini oshirish maqsadida saylov qonunchiligi doirasida turli mavzularda seminar-trening mashgʻulotlari ham oʻtkazilmoqda.

Tumanimizdagi Oybek nomli mahalla hududidagi 55-sonli maktab 97-sonli saylov uchastkasining markazi hisoblanib, bu yerdagi uchastka saylov komissiyasi tomonidan ham saylovga munosib tayyorgarlik koʻrilmoqda. Uchastka saylov komissiyasi raisi Rohatoy Yusupova boshchiligida 13 nafar kishidan iborat uchastka saylov komissiyasi siyosiy jarayonni qonun talablari asosida oʻtkazish borasida samarali faoliyat olib bormoqda. 

Saylov uchastkasi hududida 25 ta koʻcha joylashgan boʻlib, ularda 4530 nafar aholi istiqomat qilishadi. Shundan jami saylovchilar soni 2500 nafar boʻlib, birinchi marta ovoz beruvchilar 78 nafarni, koʻzi ojizlar 3 nafarni, nogironligi bor fuqarolar 67 nafarni tashkil etadi.

Uchastka saylov komissiyasi joylashgan bino Saylov kodeksi va boshqa zarur qoʻllanmalar bilan taʼminlangan. Uchastka saylov komissiyasi raisi, oʻrinbosari, kotibi va aʼzolarining faoliyat olib borishlari uchun alohida xonalar ajratilib, ular kompyuter jamlanmalari, telefon, stol-stullar bilan yetarli darajada taʼminlangan. 

Taʼkidlash kerakki, tumanimizdagi barcha saylov uchastkalarida ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga munosib tayyorgarlik koʻrilib, saylovchilarning saylovda ishtirok etishlari uchun barcha qulayliklar hamda sharoitlar yaratilmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019