16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:32
Jamiyat 👁 132

HAYoTDAGI USTOZIM

HAYoTDAGI USTOZIM

“Otasining izini bosibdi”. Bu iborani men oʻz maʼnosida tushunganman. Maktab direktori boʻlib ishlagan dadam tong yorishishi bilan maktabga otlanar, choyimni chala ichgan qizaloq – men uning orqasidan ergashardim. Har kuni dadam bosgan izni bosishga harakat qilardim. Agar biror sabab boʻlib, izlarini bosa olmasam, “Endi oʻqituvchi boʻlolmay qolaman”, – deb oʻkinardim.

Otamiz oʻrgatgan tartibga koʻra, oilamizda qatʼiy mehnat taqsimoti mavjud boʻlib, yoshimizga yarasha ish taqsimlanardi. Men oʻt oʻrsam, Dilbar chaqaloqqa qaraydi, Bahrom tomorqaga suv tarasa, Ikrom tovuqlarga don beradi. Kechgi ovqatgacha har birimizdan hisobot olgan dadam qay birimizni maqtar, qay birimizga boshlarini chayqab qoʻyardi. Ularning ikki ogʻiz maqtoviga erishish uchun aka-ukalar rosa harakat qilardik.

Qizlar dadamizni juda-juda yaxshi koʻrardik, har birimizni Toshkentga, oliygohga hujjat topshirishdan tortib, uch oydan bir uyga qaytganimizda Toshhovuzdami, Urganchdami, Nukusdami, kutib olishga doim oʻzi chiqishiga oʻrganib qolgandik. Yoʻl charchogʻi ham darrov esdan chiqar edi. Dadamning hazil aralash, erkalatib hol soʻrashlarini hozirgacha sogʻinamiz. Institutni qizil diplomga tugatib keldim, ammo, oʻzimcha oʻqituvchi boʻlmoqchi emasdim. Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika instituti filologiya fakultetidagi domlalarim ilmiy ish qilishni maslahat berishdi. Onamning koʻz yoshlariga chidamay, qishloqqa qaytdim. Redaktsiyada yo shu paytdagi komsomol qoʻmitasida ishlashni istardim. Adabiyot olamiga yetaklagan ustozimiz Rajab aka Ahmedov kolxoz raisiga oʻrinbosar boʻldilar, menga maktabda ish oʻrni paydo boʻldi, men esa oʻzimcha, osmonlarda uchardim. “Qizim, maktabda sen tugʻilgan elning bolalari oʻqiydi. Elning ertasi ularning qanday oʻqishiga bogʻliq”, – dedi dadam. Garchi, oʻsha vaqtda bu soʻzlar maʼnosini unchalik chuqur tushunmasam ham, ishga kirishdim. Aspiranturaga joʻnatishmaganlarining alamini ishdan oldim, oʻquvchilarim tumandan respublika bosqichigacha olimpiada gʻoliblari boʻlishdi, qattiq ishladim.

Sobiq Ittifoq deputatligidan tuman, Joʻqorgʻi Kenges deputatligiga qayta-qayta saylanganim ham elga qayishmoqlik qondan oʻtgani sababdir, balki? Xudoybergan akam oilaning kattasi, juda mehnatkash, halol, kelishgan, oʻktam yigit edilar. Tuman suv xoʻjaligi, melioratsiya boʻlimi boshligʻi, kolxoz raisi, tuman hokimi oʻrinbosari kabi masʼul lavozimlarda ishladi. Akam toʻsatdan avariyaga uchrab, vafot etganida, birinchi marta dadamning yigʻlaganini koʻrdim. Bizningcha togʻday mustahkam va salobatli insonning farzand dogʻiga chiday olmay, faryod chekishini koʻrganimda dadamning oʻgʻillariga qanchalar suyanganliklarini his qildim. 32-yil maktab direktori boʻlib ishlasa ham, partiyaga oʻtmagan dadam kichik ukam Akbarjon toʻqqiz yilda farzand koʻrganligini eshitganida, “Allohga shukur, birini oldi, birini berdi”, – deb yigʻlaganida, undagi haqiqiy eʼtiqod nimaligini anglab yetdim.

Esimda, men birinchi sinfni tugatgan yilda dadam uyga televizor olib keldi. Qishloqda birinchi paydo boʻlgan televizorni koʻrgani kelgan hamqishloqlarimiz koʻrsatuvlar tugaguncha ketmas, biz esa oʻrnimiz solinishini kuta-kuta, joy tekkan yerda uxlab qolishimizga toʻgʻri kelardi. Kattagina oilaga pishirilgan oddiy taom barchaga yetar, qornimiz uncha toʻymasa ham, oʻrtoqlarimiz bilan ovqat yeganimizga quvonardik. Bugun yaxshi-yomon kunlarimizda uylarimizdan odam arimasligi, rizqimizning butunligi ota-onalarimizning bagʻrikengliklari evaziga boʻlsa, ajabmas. Qoʻshnim bilan sal arazlashganimda, dadam “Ertalab nigohing qoʻshniga tushadi. Ogʻir kuningda ham, yaxshi kuningda ham xabardor boʻladigan kishi qoʻshning. Hech qachon qoʻshnichilikka xiyonat qilma, ularni aka-ukangdan, jigarlaringdan ham yaqin koʻrgin”, – degan edi. Qoʻshnilarim bilan bir oila farzandlariday ahilligimizga ham ota-onamdan olgan ibratim sababdir....

Yozaversam, ado boʻlmaydigan saboqlar, hayotiy namuna, kasbga sadoqat, el-yurtga sodiqlik, fidoyilik kabi hayotiy darslarni ota-onamdan oldim. Ular mening ilk ustozlarim, umr sabogʻini bergan murabbiylarim. Besh oʻgʻil, besh qizni oq yuvib, oq taragan munisa Onam, butun umrini yosh avlod tarbiyasiga bagʻishlagan, ulkan maʼnodagi Ustozim – Otamdan olgan ibratlarim meni bugun “Xalq oʻqituvchisi” unvoniga erishishimga, el orasida ehtiromga loyiq boʻlishimga sabab boʻlgandir. Bugun “Sanobar haqiqiy otasining qizi boʻla oldi”, – degan eʼtiroflardan boshim koʻkka yetadi, 18-yildan buyon boshqarayotgan jamoamiz yutuqlarida hayotiy saboqlar hissasi bor.

Ota-onamiz  dunyodan oʻtib ketgan boʻlsalar ham, ularning yashash tarzlari, hayotiy oʻgitlari biz uchun mayoqdir. Dadamlarning qoʻllaridan ushlab, ilk qadamimni oʻzim oʻqigan maktabda boshlaganim, ahil va inoq jamoada tarbiyalanganim – kelgusi yutuqlarim poydevori boʻldi.

Shunday jamoada hayotiy saboqlarni oʻqiganimdan va uqqanimdan gʻururlanaman. Ota-onam va  ustozlarimdan oʻrgangan bu saboqlarni farzandlarimga, el farzandlariga oʻrgatishdan tolmayman.                         

Sanobar Xoʻjamurodova, 40-sonli maktab direktori,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019