16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:29
Iqtisodiyot 👁 2,822

Iqtisodiyot rivoji – TARAQQIYoT OMILI

Iqtisodiyot rivoji –  TARAQQIYoT OMILI

Istiqlolning ilk yillarida muhtaram Prezidentimiz tomonidan uzoqni koʻzlab ishlab chiqilgan va dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olingan taraqqiyotning "oʻzbek modeli” ijtimoiy-iqtisodiy oʻsish surʼatlarini barqaror taʼminlash, aholi turmush darajasini izchil oshirish imkonini bermoqda. Sanoat salohiyatini oshirishga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilgan qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoit, tadbirkorlarga berilayotgan imtiyoz va preferentsiyalar hamda qulay investitsiyaviy muhit mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojida muhim omil boʻlmoqda.

Istiqlol yillarida butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimiz iqtisodiyotida ham barqaror oʻsish surʼatlari taʼminlanib, ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar qoʻlga kiritilmoqda. Buning tasdigʻini qoʻlga kiritilayotgan salmoqli natijalarimiz misolida ham koʻrishimiz mumkin.

2014-yilning oʻtgan 6 oyi yakunlariga koʻra, tumanimiz boʻyicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 46 mlrd. 985 mln. soʻmni tashkil qilib, solishtirma narxlarda oʻtgan yilga nisbatan 147,3 foizni, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish 10 mlrd. 874 mln. soʻmni tashkil qilib, 129,7 foizni, qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti 47 mlrd. 347 mln. soʻmni tashkil qilib 106,8 foizni, moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan kapital qoʻyilmalar 27 mlrd. 477 mln. soʻmni tashkil qilib, 397 foizni, chakana savdo aylanmasi 62 mlrd. 879 mln. soʻmni tashkil qilib 114,5 foizni, pullik xizmat koʻrsatish 27 mlrd. 97 mln. soʻmni tashkil qilib 114,8 foizni tashkil qildi va tuman iqtisodiyot tarmoqlarining barcha sohalarida oʻsim surʼatlariga erishildi.

Tumanimiz sanoat salohiyatini rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar natijasida «Asia silk» Vetnam shoʻʼba korxonasi, yiliga 9600 juft poyafzal va oyiga 200 dona kostyum-shim, yiliga 335 tonna kolbasa mahsulotlari, mebel va xoʻjalik qogʻozi ishlab chiqaruvchi korxonalar, loyiha qiymati 158,0 mln. soʻmlik sutni qayta ishlash kompleksi, Xitoy texnologiyasi asosida yiliga 25 mln. dona gʻisht ishlab chiqarishga moʻljallangan loyiha qiymati 1 mlrd. 200 mln. soʻmga teng boʻlgan «Qoraqalpoqqishloqqurilishservis» korxonasi, qurilish materiallari, qandolat mahsulotlari, polietilen plyonkalar ishlab chiqaruvchi koʻplab korxonalar, yirik chorvachilik fermalari va parrandachilik fabrikalari, zamonaviy sovutgichli «sendvich» panelli meva-sabzavot saqlaydigan omborxonalar ishlab turibdi.

Shuningdek, Angliyaning «Welroy technology LLP» kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 29 mln. AQSh dollariga teng boʻlgan «Amudaryotex» xorijiy korxonasi shu kunlarda ishga tushish arafasida.

Sanoat salohiyatining oshishi va tadbirkorlikning rivojlanishi natijasida iqtisodiy koʻrsatkichlar yil sayin ortib bormoqda. Tumanimizda Davlat byudjetiga soliq va majburiy toʻlovlar tushumi 2013-yil yakuniga koʻra 20717,1 mln. soʻmni tashkil qildi. Bu 2007-yil bilan solishtirganda 546,9 foizga, yaʼni 16928,8 mln. soʻmga oʻsgan. Buning asosiy sababi soliq stavkalarining oshishi emas, balki, tumanimizdagi korxona va tashkilotlarning soni va ish hajmining ortganidir.

Tumanimizda 2000 dan ziyod tadbirkorlik subʼektlari faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda tumanda faoliyat yuritayotgan korxonalarning 99,8 foizi xususiy va masʼuliyati cheklangan jamiyat shakliga oʻtgan boʻlib, ularda jami ish bilan band aholining 89,1 foizi mehnat qilmoqda.

Tadbirkorlik nafaqat iqtisodiyotni rivojlantiruvchi kuch sifatida, balki aholi bandligini taʼminlashdek ijtimoiy masalada ham muhim ahamiyatga ega. Bandlik dasturiga asosan 2007-2014-yillarda tumanimizda 31372 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Birgina 2014-yilning oʻtgan 6 oyi davomida 2642 ta yangi ish oʻrinlari tashkil qilinib, aholining ishsizlik darajasi sezilarli darajada qisqardi.

Bir soʻz bilan aytganda, mustaqillik tufayli xalqimizning ongi va tafakkurida beqiyos oʻzgarishlar sodir boʻldi. Bugun odamlarimiz yaxshi yashashga, mulkdor boʻlishga intilayapti. Mamlakatimizda yangi tabaqa – mulkdorlar sinfi shakllandi. Yurtimizning shahar va qishloqlarida qad rostlab turgan muhtasham binolar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, maktablar, musiqa va sanʼat maktablari qatori tadbirkorlarimizning mablagʻi hisobiga barpo etilayotgan ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish obʼektlari shahar va qishloqlarimiz koʻrkiga-koʻrk qoʻshmoqda.

Omonboy YuSUPOV,

tuman iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019