16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:46
Adabiyot 👁 232

Jayxun ilhomlari

Jayxun  ilhomlari

Beshta muhim tashabbus

Beshta muhim tashabbus,

Hammamizni uygʻotdi.

Mudrayotgan yoshlarni,

Hushyorlikka oʻrgatdi.

 

Ayollar faolligin,

Qizlarimiz ishonchin.

Umidlarin uygʻotdi,

Rejalarin oʻzgartdi.

 

Sportdagi yutuqlar,

Qoʻsha-qoʻsha sovrinlar.

Yutuqlarimiz – baxtimiz,

Yoshlar kelajagimiz.

 

Davlat siyosatida,

Ayollar muammosi.

Ishsizlikka chek qoʻyar,

Besh tashabbus gʻoyasi.

 

Gʻaflat bosma yoshlarni,

Yurakdan ishlash kerak.

Maʼnaviyat olamin,

Oʻqib boyitish kerak.

Zuhra AHMEDOVA.

 

Injiq yaproqcha

Oʻzbekiston atalmish,

Yurt bor ekan dunyoda.

Uning bogʻ-u rogʻlari,

Goʻzallikda ziyoda.

 

Qarang, kuz bogʻlarida,

Yaproqchalar toʻkilar.

Injiq shamollarida,

Bir-biri-la soʻzlashar.

 

Daraxtlardan yaproqlar,

Chirt-chirt uzilib tushdi.

Lekin bir injiq yaproq

Shoxlarni mahkam tutdi.

 

Doʻstlari unga aytar:

“Yur, biz bilan ket sen ham,

Hozir qolsang bu yerda,

Muzlab qolasan juda.

 

Erta bahor faslida,

Biz zoʻr oʻgʻit boʻlamiz.

Daraxtga jon bagʻishlab,

Kurtak boʻlib unamiz”.

 

Bahor fasli kelganda,

Yana sogʻlom oʻsdi bogʻ.

Oziqlanib xazondan,

Chamanzorga doʻndi bogʻ.

 

Yaproqcha esa karaxt,

Qishni daraxtda kutdi.

Qattiq shamol boʻldi-yu,

Uni uchirib ketdi.

 

Ana koʻrdingizlarmi,

Injiqning ahvolini.

Koʻrsam injiq bolani,

Oʻylayman barg holini.

Yorqinoy KENJABOYeVA, 11-maktab oʻquvchisi.

 

Sinfdoshlar

Sinfimiz juda ahil,

Barchaning bilimi har xil.

Bilimdon-u bilarvoy,

Sinfimiz doʻstlikka boy.

 

Iloji boʻlsa biz ham,

Urushib hech yurmaymiz.

Bir-birimiz yomonlab,

Nomlarini sotmaymiz.

 

Yigitlar-u qizlarjon,

Bir-biri bilan inoq.

Har kuni, har darsda,

Bari aqlli, quvnoq.

 

Sinfdoshlar juda shoʻx,

Biri doktor boʻlmoqchi.

Qizlarni qilsak soʻroq,

Dizaynerlikka xumor.

Aynura TURSUNBOYeVA,

55-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Tuygʻular

Qish kelganda qishga oshiqmiz,

Qor yogʻsa-ku telba boʻlamiz.

Bahor kelsa bahorni sevib,

Gul iforin qoʻmsab qolamiz.

 

Zum oʻtmasdan xiyonat aylab

Yozni quchoq ochib kutamiz.

Goʻzal deymiz sayohat, taʼtil,

Dengizlardan baliq tutamiz...

 

Bir fasl bor, kuz uning nomi,

Xazon bosar izlarimizni.

Quvontirib keladi ammo

Yoshlab ketar koʻzlarimizni...

 

Qish keladi kiprik qoqquncha,

Hamma narsa oʻtkinchi goʻyo.

Fasllarning bari bevafo –

Odamlarning sevgisi roʻyo.

Komronbek Kamol.

 

VATAN UChUN

Vatanimning ishqida men,

Bedor boʻldim, bedor boʻldim.

Zarracha foydam tegmasa,

Bemor boʻldim, bemor boʻldim.

 

Gar Vatanni unutsam,

Beor boʻldim, beor boʻldim.

Insofi yoʻq insonlardan,

Bezor boʻldim, bezor boʻldim.

 

Kerak boʻlsa Vatan uchun,

Sarson boʻldim, sarson boʻldim.

Yurtim uchun kerakli bir –

Inson boʻldim, inson boʻldim.

Barno SAMANDAROVA,

35-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Ustozlar va tillar

Oʻrganaman erinmay,

Oʻzbek tili oʻz tilim.

Guljahon ustoz nurday,

Yoritar goʻyo yoʻlim.

 

Koʻngil qoʻysam bariga –

Qoraqalpoq tiliga,

Qamajay ustoz goʻzal –

Soʻzlar qozoq tilida.

 

Qozoq, oʻzbek, rus tili,

Qoraqalpoq belgili.

Mehrimizni uygʻotar,

Ingliz va nemis  tili.

 

Tillarni oʻrganamiz,

Va dunyoni taniymiz.

Asem Maratova,

24-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Osmon goʻzal

Osmon koʻm-koʻk. Bulutlar uchar,

Uchib, sayrab yuradi qushlar.

Quyosh esa dunyoni yoritar,

Nurlar bilan osmon goʻzal.

 

Oltin baliq

Oltin kabi yaraqlab,

Baliqcha suvda suzar,

Qanday tilaging boʻlsa,

Darrov bajo keltirar.

Elyor RAHIMOV,

30-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Mening onam

Mening onam mehribon,

Dunyo ichra yagona.

Baxtimizga umringiz,

Boʻlsin doim ziyoda.

 

Ona aziz, moʻʼtabar,

Farzandlarim deb yashar.

Soʻnmas mehrin har qachon

Qilar bizga armugʻon.

Sevinch Otaniyozova,

30-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019