16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:35
Siyosat 👁 282

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ITALIYaDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELChISI TUMANIMIZGA TAShRIF BUYuRDI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ITALIYaDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELChISI TUMANIMIZGA TAShRIF BUYuRDI

Joriy yilning 14-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Otabek Akbarov Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi. 

Elchi Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev tomonidan kutib olindi va Amudaryo ustiga qurilayotgan koʻprik va temir yoʻl qurilishi ishlarining borishi bilan tanishdi. Shuningdek, elchi tumanda investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish maqsadida “Amudaryo tomorqa xizmati” MChJ tomonidan tashkil etilgan tomorqachilik klasteri va “MANGIT XOLODILNIK” MChJning muzlatgichli omborxona loyihalarini koʻzdan kechirdi.

Shu kuni tuman hokimligi majlislar zalida tomonlar va salohiyatli tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi. Unda tumanning asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlari, investitsion salohiyati, amalga oshirilayotgan hamda istiqbolli loyihalar toʻgʻrisida taqdimot oʻtkazildi.

Taqdimotda tuman hokimi oʻrinbosari, investtsiyalar va tashqi savdo boʻlimi rahbari Rashid Salayev loyihalar haqida batafsil maʼlumot berdi. Shuningdek, tomonlar tumanda intensiv bogʻlar tashkil qilish, meva-sabzavotni qayta ishlash kabi loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud sharoitlarni inobatga olib, investorlarni jalb qilish masalasini ham muhokama qildilar.

Tashrif davomida elchi tumandagi tadbirkorlik subʼektlari bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash orqali djem, pyure, sharbat ishlab chiqarish kabi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ogʻzaki kelishuvlarga erishildi.

Hozirda ushbu loyihalarni amalga oshirishda xorijiy investorlar aniqlanmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, oʻtgan yilning 23-dekabr kuni ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan hududlarning investitsiya va eksport salohiyatini oshirish, yangi eksport bozorlarini topish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Singapurdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Qaxramon Shakirov, Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Otabek Akbarov, Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi  Baxtiyor Saidovlar tashrif buyurgan edi.

Uchrashuv davomida Elchilar bilan tumanning investitsion salohiyatini va eksport koʻrsatkichlarini oshirish, aholiga ijtimoiy gumanitar yordamlar koʻrsatish va turmush sifatini oshirish boʻyicha muzokaralar olib borilgan edi.

Natijada joriy yilning mart oyida Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi tomonidan tumandagi ishsiz ayollar bandligini taʼminlash va ijtimoiy yordam koʻrsatish maqsadida zamonaviy tikuv mashinalari yetkazib berildi.

Ushbu tikuv mashinalardan foydalangan holda tumandagi “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan 10 nafardan ortiq ishsiz xotin-qizlar kasbga oʻrgatilib, bandligi taʼminlandi.

Oʻylaymizki, Oʻzbekistonning Italiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Otabek Akbarovning tashrifi ham tumanimiz investitsiya va eksport salohiyatini oshirishda muhim oʻzgarishlarga asos boʻladi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019