16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:55
Jamiyat 👁 279

Voyaga yetmaganlarning qishki taʼtil kunlarida qarovsiz qolishlarining oldini olish maqsadida reydlar oʻtkazilmoqda

Voyaga yetmaganlarning qishki taʼtil kunlarida qarovsiz qolishlarining oldini olish maqsadida reydlar oʻtkazilmoqda

Ichki ishlar organlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlarning qarovsiz va nazoratsiz qolishining, huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Amudaryo tumanda aholining umumiy soni 203 ming 600 nafar boʻlib, shundan voyaga yetmaganlar 74 ming 200  nafarni tashkil qiladi. Tuman Ichki ishlar boʻlimi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor psixologlari bolalarning hamda voyaga yetmaganlarning qishki taʼtil kunlarida qarovsiz qolishlarining oldini olish maqsadida taʼtil kunlarida jamoat joylarida reydlar oʻtkazmoqdalar.

Reydlar davomida voyaga yetmaganlarning jamoat joylarida tungi vaqtlarda maqsadsiz yurishlari, voyaga yetmaganlar mehnatidan noqonuniy foydalanish va boshqa huquqbuzarliklar aniqlanib, tegishli choralar koʻrilmoqda.

Reydlarda ota-onalarga ham bolalar bilan bogʻliq kutilmagan vaziyatlarning oldini olish, ayniqsa, agar ular kattalar nazoratisiz uyda qoldirilgan boʻlsa, ularning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tavsiyalar berilmoqda.

Maʼlumot tariqasida aytish kerakki, dunyo miqyosida sodir etilayotgan jinoyatlarning oʻndan biri hali voyaga yetmagan bolalar hissasiga toʻgʻri keladi. Shu sababli voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻtgan 2021-yil davomida voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha Amudaryo tumani idoralararo komissiyaning 12 ta majlisi oʻtkazilgan boʻlib, ularda voyaga yetmagan oʻquvchilarning taʼlim olishi, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash yuzasidan jami 12 ta masalalar koʻrilgan.

Komissiya majlislarida 94 ta ishlar koʻrilgan boʻlib, ularning 10 tasini huquqbuzarlik va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etgan voyaga yetmaganlarga nisbatan koʻrilgan ishlar, 1 tasini taʼlim muassasasi mashgʻulotlariga sababsiz kelmagan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlarga nisbatan koʻrilgan ishlar va 83 tasini voyaga yetmaganlarni taʼlim muassasasi oʻquvchilari safidan chiqarish haqidagi ishlar tashkil qilgan.

Oʻtgan yil davomida voyaga yetmaganlarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 47-moddasi 1-qismi, yaʼni ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelish holatlari boʻyicha jami 10 ta ishlar koʻrilgan.

Komissiya tomonidan voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalarda 5 ta, taʼlim muassasalarida, madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya va sport muassasalarida 5 ta tekshirishlar oʻtkazilgan.

Voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatini tushuntirish, ular bilan ishlashning oʻziga xos jihatlari boʻyicha 32 ta davra suhbatlari, 36 ta yigʻilishlar oʻtkazilib, ommaviy axborot vositalarida 8-marta chiqishlar qilingan.

Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor psixologlari tomonidan oʻtkazilayotgan reyd tadbirlari ham voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019