16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:47
Adabiyot 👁 227

ZIYo MASKANINING QIShKI TUHFASI

ZIYo MASKANINING QIShKI TUHFASI

Kitob – hayotning eng olis va qorongʻi yoʻllariga nur baxsh etgan afsonaviy chiroqdir.

Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan xikmat kemasidir. Kitob - bilim beradi, bilim – baxt keltiradi. Shunday ekan, aziz kitobxonlar, biz sizlarga jamgʻarmamizga yangi olib kelingan quyidagi adabiyotlarni oʻqishni tavsiya qilamiz.

“Xikmatlar va hikoyatlar” kitobi oʻrta asrlarda Shomda yashab ijod etgan yirik alloma Abdulfaraj (1226-1286) qalamiga mansubdir. Falsafa, tarix, dinshunoslik, tilshunoslik, astronomiya va tibbiyot sohalaridagi ilmiy asarlari bilan mashxur bu olim hikmat va hikoyatlar yigʻish bilan ham shugʻullangan. Mazkur toʻplamda turli din, millat va kasb vakillari boʻlgan oqil kishilarning hayotidan ibratli hikmatlar keltirilgan.

“Vodiy media” nashriyoti tjmonidan chop etilgan Zulfiya Isroilovaning “Mening yurtim” sheʼriy toʻplamida “Xalqimga aytar soʻzlarim”, “Seni qoʻllayman hayot”, “Hayot bu”, “Bir dasta gul keltirdi qizlar” nomli sheʼrlari oʻrin olgan.

“Bul kitob jism-u figʻonimdir mening, Bul qalam jonu jahonimdir mening”, satrlari bilan boshlangan, “Donish chirogʻi” nashriyotida nashr etilgan, dunyo adabiyotida oʻziga xos oʻrniga ega, buyuk qirgʻiz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani oʻquvchilarga yaxshi tanish. Zero, bu asar oʻz davrining muammolarini badiiy boʻyoqlarda ifoda etadi. Bir qarashda asarda kechayotgan voqealar shunchaki tabiiy, hayotiy voqeadek tuyuladi. Biroq yozuvchining atrofni biz koʻrgandan tamoman boshqacha yoʻsinda koʻrsata olishi, voqealar bayonidagi sirli ishoralar kitobxonni xayratlantiradi.

Taniqli yozuvchi Asqad Muxtorning “ Abadiy barhayot asarlar” turkumiga kirgan “Chinor” romanining boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoq-yaqin qarindoshlardan xabar olgani otlangan Ochil boboga qoʻshilishib, muallif olis safarga chiqadi. Mana shu oʻta qiziqarli va ibratli safar asnosida bobo peshonalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutinasiz. Bu taqdirlar bir-birlari bilan Ochil bobo orqali bogʻlanib, yagona shajarani – azim chinorni vujudga keltiradi.

Nobel mukofoti sovrindori Ernest Xeminguey nomini eshitmagan kitobxon boʻlmasa kerak. Adibning “Chol va dengiz” , “Alvido, qirol” nomli asarlari va bir qancha hikoyalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Bu safar yozuvchining “Borliq va yillik” romanini siz aziz kitobsevarlarga taqdim etmoqdamiz. Ikki jildli mazkur asarga muallif oʻzi yashagan davrdagi oddiy kishilarning ogʻir hayotini haqqoniy tasvirlab bergan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek: “odamlarning dardu tashvishlarini oʻylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir”.

Murod Abdullayevning “Qafasdan qutilgan qush” nomli kitobida keyingi yillarda yozgan maqolalari jam boʻlib, bunda yozuvchi davrimiz bunyodkorlarining ibratli ishlari, qahramonliklarini joʻshib qalamga oladi. Barpo boʻlayotgan obod qishloqlar, buyuk yoʻllar, Vatan kuch-qudratini namoyon etayotgan muhtasham inshoatlar goʻzalligidan faxrlanadi va bu tuygʻuni kitobxonga yuqtirishga harakat qiladi. Kitob barcha oʻquvchilarga manzur boʻladi, degan umiddamiz.

Aziz kitobxonlar! Tuman axborot-kutubxona markazimizga tashrif buyurib, kitoblar olamiga sayohat qilishga chorlab qolamiz. Hayotda shunday odamlarni axtaringki, ular bilan suhbat qilmoq, yaxshi kitob oʻqimoqqa barobar boʻlsin. Shunday kitoblarni axtaringki, mutolaasi faylasuflar suhbatiga teng boʻlsin.

R.Ramonova, tuman Axborot-kutubxona markazi bibliografiya xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019