16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:09
Qishloq xoʻjaligi 👁 209

HAMJIHATLIKDA QILINGAN MEHNATDA BARAKA BOʻLADI

HAMJIHATLIKDA QILINGAN MEHNATDA  BARAKA BOʻLADI

Inson dunyoda mehnat bilan ulugʻ martabalarga erishadi. Keyingi yillarda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev  tashabbusi bilan agrar sohaga, xalqimizning rizqi butun, dasturxoni toʻkinligi yoʻlida yozning jaziramasi-yu, qishning qahratonida ham tinmay fidoyilik qiladigan qishloq xoʻjaligi mehnatkashlariga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Qishloq  xoʻjaligi xodimlari kuni belgilangani, agrar sohada faoliyat yuritayotganlar uchun koʻkrak nishonlari taʼsis etilgani ham shular jumlasidandir.

Men “Qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan kunimni hayotimning eng yorqin kunlaridan biri boʻldi, deya olaman. Mehnatlaring eʼtirof etilishi odamga yana ham kuch-quvvat bagʻishlaydi. 2004-yilda “Bogʻi eram” fermer xoʻjaligini tashkil etgan edim. Shundan beri nomi bir necha marta oʻzgardi. Biroq har yili ekin maydonlardan moʻl hosil yetishtirib kelayapmiz.

Tilsiz zamin bagʻriga urugʻ qadab, hosil undirish oson emas. Buning uchun yerning tilini bilish, omilkorlik  kerak, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish lozim. Yana dehqonlarda yil-yilga oʻxshamaydi, degan  ibora bor. Bu goh qurgʻoqchilik, goh namgarchilik yuqori boʻlsa-da, hosil undirishning chorasini qilish kerak, degani.

Biz xoʻjaligimiz aʼzolari bilan hamjihatlikda qilgan mehnatlarimiz tufayli 2021-yilda ham dehqonchilikning barcha turlari boʻyicha rejalarimizni ortigʻi bilan ado etdik va mahsulot yetishtirish xarajatlari, ish haqlaridan tashqari, 500 milliondan ziyod sof daromad oldik. 34 gektar yerdagi bugʻdoydan 60-70 tsentnerdan hosil yetishtirdik. Paxta maydonlarimiz hosildorligi gektariga 36-45 tsentnergacha boʻldi.

Xoʻjaligimizda dehqonchilikdan olinayotgan daromadlarimizdan yangi texnikalar xarid qilayapmiz. Hozir yerlarni tekislashdan tortib, ekish, parvarishlash, hosilini  yigʻishtirib olishgacha boʻlgan barcha ishlarda oʻz texnikalarimizdan foydalanamiz. Oʻtgan yilgi daromadimizdan lazer qurilmali yer tekislagich agregatini xarid qilganimiz tufayli ekin maydonlarimiz 100 foiz tekislandi va sugʻorishga tayyorlandi. Bundan tashqari, ekin maydonlarimizni suv tejovchi texnologiyalar  yordamida sugʻorish choralarini  koʻrayapmiz. 100 tonnalik sigʻimli muzlatkich omborxonamizda 2 gektarlik bogʻimizda yetishtirilgan mevalar, shuningdek, sabzavotlar saqlanayapti. 8 nafar mexanizator, 40 nafar pudratchilarimizning oylik ish haqlari doimo oʻz vaqtida hisob-kitob qilib borilayapti.

Oʻtgan yili xoʻjaligimizning 14 gektar gʻalladan boʻshagan yerida  pudratchilarimizga va hududimizdagi 20 ta kam taʼminlangan oilalarga takroriy ekin ekib berdik. Ehtiyojmand 10 ta oilani otaliqqa olib, vaqtida moddiy-maʼnaviy qoʻllab kelayapmiz.

Fermer xoʻjaligini boshqarishdan tashqari, mana uch yildirki, tuman Dehqon, fermer va tomorqa yer egalari Kengashiga ham raislik qilib kelayapman. Kengashimiz tomonidan tumanimiz aholisini tomorqa yerlardan samarali foydalanish targʻib etilib, bu borada qatʼiy nazorat ham olib borilayapti, ularga dehqon, fermer xoʻjaliklariga zarur tavsiya va koʻrsatmalar ham berilayapti. Mehnatlarimiz mahsulini yurtdoshlarimiz dasturxonida koʻrish ham ulkan baxt.

Ilhom POLVONOV, tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi,

“Qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni sohibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019