16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:10
Iqtisodiyot 👁 1,312

Mangʻitda yangi va zamonaviy «Rizq-baraka» supermarketi ish boshladi

Mangʻitda yangi va zamonaviy «Rizq-baraka» supermarketi ish boshladi

29-mart kuni Amudaryo tumanining Mangʻit shahri markazida qad rostlagan zamonaviy va koʻrkam maskan — "Rizq-baraka" supermarketining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar va yoshlar jam boʻlib, yangi majmuaning ish boshlashini katta shodiyona bilan qarshi oldilar.

Marosimda ishtirok etgan Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov yigʻilganlarni qutlar ekan, bugungi kunda yurtimizda davlatimiz rahbari boshchiligida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, xususiy sektorga keng yoʻl ochish borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning ahamiyatiga alohida toʻxtalib oʻtdi. Taʼkidlandiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari uchun yaratilayotgan imtiyozlar, byurokratik toʻsiqlarning bartaraf etilishi va qulay investitsiya muhiti yaratilishi mana shunday zamonaviy obʼektlarning koʻpayishiga zamin yaratmoqda. Tuman hokimi oʻz nutqida yangi supermarket nafaqat aholiga qulaylik yaratishini, balki yangi ish oʻrinlari ochilishi orqali mahalliy aholi bandligini taʼminlashga ham xizmat qilishini eʼtirof etib, majmua jamoasiga va tadbirkorlarga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladi.

Mazkur yangi savdo majmuasi oʻz nomiga mos ravishda toʻkin-sochinlik va fayz-baraka maskani, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Supermarketning ichki dizayni va mahsulotlarning joylashtirilishi eng zamonaviy standartlarga javob beradi. Binoga qadam qoʻygan har bir xaridor avvalo kenglik va yorugʻlikni, soʻngra peshtaxtalardagi xilma-xillikni his etadi. Bu yerda kundalik hayot uchun zarur boʻlgan barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, yangi uzilgan sarxil qishloq xoʻjaligi neʼmatlaridan tortib, turli xildagi nooziq-ovqat tovarlari va roʻzgʻor buyumlarigacha mavjud.

Supermarket maʼmuriyati mahsulotlar sifatiga va ularning yangiligiga alohida eʼtibor qaratadi. Ayniqsa, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va fermer xoʻjaliklari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatilgani bois, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sarxilligi va tabiiyligi taʼminlangan. Bu esa supermarketni Mangʻit shahri aholisining ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qiladigan, bir manzilning oʻzida barcha ehtiyojlarni qondirish imkonini beradigan majmuaga aylantirdi. Peshtaxtalardan oʻrin olgan har bir mahsulot xaridorlarning talab va istaklarini oʻrgangan holda tanlangan boʻlib, bu yerda ham oilaviy xaridlar, ham individual ehtiyojlar uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan.

Supermarketning eng muhim va diqqatga sazovor jihatlaridan biri — bu mahsulotlarning narx-navosidir. Isteʼmol bozorida raqobat kuchayib borayotgan bir davrda, "Rizq-baraka" supermarketi rahbariyati xalqchil narx siyosatini yuritishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Narxlarning hamyonbopligi va turli aktsiyalarning yoʻlga qoʻyilishi aholining xarid qobiliyatini oshirishga va oilaviy byudjetini tejashga xizmat qiladi. Bu esa ijtimoiy yoʻnaltirilgan tadbirkorlikning yorqin namunasidir.

Ochilish marosimiga yigʻilgan aholi vakillari – ilk xarijorlar mazkur maskanning ish boshlashidan mamnun ekanliklarini, ayniqsa xizmat koʻrsatish madaniyati yuqori ekanligini alohida taʼkidladilar. Xushmuomala sotuvchilar va tezkor kassa xizmati mijozlarning vaqtini tejash va ularga sifatli xizmat koʻrsatish imkonini beradi. Majmuaning texnik jihozlanishi, sovitish tizimlari va saqlash kameralari mahsulotlarning sifatini uzoq vaqt davomida asl holida saqlashga kafolat beradi.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, Mangʻit shahrining Gulzor mahallasida qad rostlagan va 25 nafar ishsiz aholini ish bilan taʼminlagan ushbu yangi savdo majmuasi Amudaryo tumanining iqtisodiy salohiyati ortib borayotganining yana bir amaliy ifodasi boʻldi. Bu kabi loyihalarning amalga oshirilishi xalqimizning turmush farovonligini yuksaltirish, hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va tadbirkorlikka keng yoʻl ochish borasidagi davlat siyosatining natijasidir.

"Rizq-baraka" supermarketi endilikda nafaqat savdo maskani, balki aholi uchun qulaylik, sifat va ishonch ramziga aylanishi shubhasiz. Zero, tadbirkorlik rivojlangan yurtda toʻkinlik, baraka va taraqqiyot bardavom boʻlaveradi.

Yangi maskanning ochilishi esa tuman ahli uchun bahorning ilk oyida munosib sovgʻa boʻldi. Bunday xayrli ishlarning davomiyligi yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikning, mehnatkash xalqimizning porloq kelajak sari tashlayotgan dadil qadamlarining samarasidir. Endilikda Mangʻitliklar oʻzlariga yaqin va qulay boʻlgan, barcha sharoitlarga ega maskanda koʻngildagidek xaridlarni amalga oshirishlari mumkin. Bu esa inson qadri ulugʻlangan yurtda har bir fuqaroning manfaati va qulayligi ustuvor ekanining yana bir isbotidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026