16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:46
Adabiyot 👁 303

Jayxun ilhomlari

Jayxun  ilhomlari

Alisher Navoiy monologi

Dunyo ekan bevafo, keksaygan chogʻi bildim,

Koʻrgan-kechirganlarim kechroq xulosa qildim.

Shohning doʻsti ersam ham, raqiblarim koʻp boʻldi,

Qancha xato qilsa ham, alar ishi xoʻp boʻldi.

Kayfu safo turganda doʻstlik bir tiyin ekan,

Bundoq oʻylab qarasam, yashamoq oʻyin ekan.

Sadoqat saqlamoqlik tanga xoʻp ozor ekan,

Sotish-u sotib olmoq - bu azaldan bor ekan.

Hasadgoʻy, baxillarning dovi kelib turarkan,

Muttaham, mugʻombirning ovi kelib turarkan.

Xalq aslida olomon, tomosha etar ekan,

Oʻzgalar taqdiriga qoʻl siltab ketar ekan.

Bildirib, bildirmasdan ustingdan kulisharlar,

Imkoni kelgan oni poʻstingni shilisharlar.

Koʻp kitob oʻqib rosa osmon uzra chiqibman,

Haq hamda shaʼma gapga qulogʻimni tiqibman.

Kechikkan pushaymondan topmoqda qalbim ozor,

Tan olay, endi berar, vujudga orom mozor.

Saʼdulla XOʻJANIYoZOV,

faxriy jurnalist.

 

Bobur sulolasi

Ona yurtdan uzoq manzilgoh,

Bobur uchun boʻlgandir dargoh.

Bir oʻt bilan oʻrtanar qalbi,

Yon atrofga tashlarkan nigoh.

 

Hijron dardi – Vatan sogʻinchi.

Gʻazallari, koʻngli ovunchi.

Oʻzga yurtda topdi kamolot,

Begonadek boʻlsa ham garchi.

 

Movarounnahr – muqaddas tuproq,

Bobur-chi, undan juda ham uzoq.

Bir sulola oʻtida yonib,

Fikrlari boʻlmishdir toʻzgʻoq.

 

Hind elida Bobur nomini,

Saqlashurlar - dil ehtiromini.

Buyuk ishlar shohdan esdalik,

Unutmaslar, yurt sultonini.

 

Uch yuz yildir, buyuk sulola,

Koʻp ishlarni qildi havola.

Tojmahaldek koʻrkam inshootlar,

Mashhur erur butun elaro.

 

Oʻzga yurtdan oʻzga manzilgoh,

Bobur uchun boʻlgandir dargoh,

Hind elida nomin ardoqlar,

Oʻtgan edi, deya, Boburshoh.

Xudoybergan JUMAMURODOV.

 

Bobur va Navoiy

Buyuk zotlar oʻtdi tarixda yakto,

Tinchlik, deb Vatan, deb chekdilar nido,

Ortlarida giryon, gʻam chekdi Turon,

Avliyo deb tan oldi, jumlai jahon.

 

Shoirimsan, kurashlarda sher boʻlgan,

Daydi bobom, ota yurtda xor boʻlgan,

Samarqandni tashlab ketib Qobulga,

Togʻasining insofiga zor boʻlgan.

 

Boyqaro davlatida humo boʻlgan,

Sultonali, Behzodga padar boʻlgan,

Turkiy tilni buyuk safo qilgan,

Navoiydur, soʻz mulkida shoh, pirim.

 

Diydorlarga zor boʻldi-ku qaroqlar,

Sandiqlarda qolib ketdi nomalar,

Samarqanddan Hirotga yetdi nolalar,

Navoiyni koʻrolmagan Boburim.

 

Oqib oʻtgan suvlar qayta oqmaydi,

Zahiriddin Bobur endi qaytmaydi,

Lek Hirot sayragan qush, bulbullar,

Alisherning navolarin kuylaydi.

Fotima Yeshimbetova.

 

Yoshlarmiz

Ertangi kun egasimiz,

Har ishda eng sarasimiz.

Biz yoshlarmiz, yoshlar,

Kelajak bizni chorlar.

 

Istiqloldan kuch olib,

Intilib yashaymiz har on.

Oʻqib, izlab, oʻrganib,

Yurtga boʻlarmiz qalqon.

 

Oʻrganamiz ilm-u hunar,

Kelajakda bu asqotar.

Biz yoshlarmiz, yoshlar,

Istiqlolga tengdoshlar.

Diyorbek Nurjonov,

84-maktab oʻquvchisi.

 

Ota va ona

Otang – boshingda osmon,

Ham quyoshdir charogʻon.

Bagʻrida undirguvchi,

Onang – zamin mehribon.

Bilki, ular boʻlmasa,

Aslo unib-oʻsmassan.

D.ABDURAHMONOV.

 

Doʻst

Sirlaringni saqlovchi doʻsting,

Dardlaringni tinglovchi doʻsting.

Yiqilsang koʻz yoshingni artib,

Senga tirgak boʻluvchi doʻsting.

 

Doʻstsiz hayot maʼno-mazmunsiz,

Yoʻllaringda qolmas nurli iz.

Taʼmi totli doʻst-la yegan osh –

Bu rishtani aslo uzmangiz.

Olmoshgul ShOMURODOVA,

48-maktab oʻquvchisi.

 

Yulduzlar ogʻushida

Tun keladi asta-sekin,

Boshlanar xayol-moʻʼjiza.

Chaqnab turar xira lampa.

Hilol – oyning yuzida.

 

Maftun boʻlar koʻngillar,

Paydo boʻlsa yulduzlar.

Suzib nur dengizida,

Yulduzlar ogʻushida.

 

Koʻrkam oy yogʻdusida

Qish tunlarin quchaman.

Oppoq qor sahrosida,

Qorday yengil uchaman.

Baxtiyor RahimbeRgAnov, 76-sonli maktab oʻquvchisi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019