16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:47
Madaniyat 👁 316

Prezident qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan tuman Madaniyat boʻlimida yigʻilish boʻlib oʻtdi

Prezident qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan tuman Madaniyat boʻlimida yigʻilish boʻlib oʻtdi

Xalqimizning kino, teatr, musiqaga, umuman, sanʼatga mehri, qiziqishi har doim yuqori boʻlgan. Aksariyat xonadonlarda rubob, dutor va doiraga koʻzingiz tushadi. Bugun sanʼat va madaniyat rivoji yangi bosqichga chiqdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Buni mamlakatimizda oʻtkazilayotgan maqom, baxshichilik kabi xalqaro festivallar misolida ham koʻrishimiz mumkin. Ana shunday keng miqyosdagi madaniy anjumanlar, mamlakatimizda sohaga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor tufayli madaniyat va sanʼat xalqimizning kundalik turmushida tobora yuksak oʻrin egallab bormoqda.

Shu maʼnoda, davlatimiz rahbarining “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori sanʼatsevar xalqimiz uchun muhim voqea boʻldi. Hujjat bilan aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlarini koʻrsatish darajasini oshirish, umumtaʼlim maktablari, musiqa va sanʼat maktablarida taʼlim sifatini yanada oshirish, oʻquvchilarni musiqa darsliklari va cholgʻu asboblari bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha-chora tadbirlar belgilandi. Ushbu qarorda belgilab berilgan vazifalarni amaliyotga tadbiq etish hamda ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi binosida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish tuman Madaniyat boʻlimi mudiri Shuhrat Yusupov, 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Yoʻldosh Abdalov hamda 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Ahmad Jumaboyevlar boshchiligida oʻtkazildi.

Mazkur yigʻilishda tuman Madaniyat boʻlimi, Xalq taʼlimi boʻlimi hamda tumandagi musiqa va sanʼat maktablarida faoliyat yurituvchi xodimlar, umumtaʼlim maktablardagi musiqa fani oʻqituvchilari qatnashib, qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida yanada kengroq tushunchalarga ega boʻldilar.

 Qarorga muvofiq 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalaring madaniy bilim va koʻnikmalarini, milliy madaniyatga muhabbatini oshirish, yosh isteʼdodlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

 Xususan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarga milliy musiqa cholgʻularidan kamida bittasini chala olish mahorati oʻrgatiladi hamda bu haqda ularning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlariga tegishli qayd kiritiladi.

Shuningdek, musiqa fani oʻqituvchilarining milliy cholgʻularning kamida bittasini, 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab esa kamida 3 tasini chala olish mahoratiga ega boʻlishi majburiy hisoblanadi.

Musiqa darslarida “Hayotimga hamrohdir cholgʻu” shiori ostida cholgʻu ijrochiligi mashgʻulotlari yoʻlga qoʻyiladi.

Yigʻilishda ushbu qaror Taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga doir davlat dasturiga hamohangligi, muhimi, ushbu hujjat eng olis hududlar aholisining ham musiqaga oshno boʻlib, xalqimizning maʼnaviy saviyasi yanada yuksalishiga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Albatta, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar va farmonlar negizida ertangi kun egalari boʻlgan yosh avlodning kelajagi yotadi. Shunday ekan, isteʼdodli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga har birimiz masʼulmiz.

F.Eshimbetova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019