16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:56
Salomatlik 👁 214

INSONNI QADRLASh – UNING SOGʻLIGINI MUSTAHKAMLAShDAN BOShLANADI

INSONNI QADRLASh – UNING SOGʻLIGINI MUSTAHKAMLAShDAN BOShLANADI

Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish Agentligi Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi va uning joylardagi hududiy boʻlinmalari tomonidan mamlakatimizdagi keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish hamda reabilitatsiya qilish samaradorligini oshirish maqsadida aniq reja asosida ish olib borilmoqda.

Boʻlinma tomonidan har yili turli bayram sanalari munosabati bilan “Saxovat”, “Mehr-muruvvat” tadbirlari oʻtkazilib, ikkinchi jahon urushi hamda front orti mehnat faxriylari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar holidan xabar olinmoqda. Shu bilan birga zarur tibbiy-ijtimoiy yordamlar koʻrsatib kelinayapti. Bu kabi tadbirlar ayniqsa, Navroʻz – umumxalq bayrami arafasida yanada ommaviy tus olib, har bir mahallada, mehnat jamoalari, ayniqsa, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish Agentligi Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi tizimidagi hududiy komissiyalarda keng qamrovli mehr-muruvvat tadbirlari amalga oshiriladi.

Navroʻz – umumxalq bayrami munosabati bilan 2-sonli Amudaryo tumanlararo Tibbiy Mehnat ekspertiza komissiyasi raisi Guliston Bolimova rahbarligida mazkur komissiya aʼzolari ham Amudaryo tumanining Yangiobod, Olmazor hamda Navoiy nomli mahallalarida istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan, nogironligi boʻlgan fuqarolar xonadonlarida boʻlishib, ularni Navroʻz bayrami bilan tabrikladilar.

Xususan, mutasaddilar Mangʻit shahrining Yangiobod mahallasida yashovchi Mohimjon Oʻrozboyeva xonadonida boʻlishib, avvalo xonadon bekasining sogʻligi nevrolog-shifokor Nodira Doʻsimbetova tomonidan tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilib, bemorga zarur muolajalar boʻyicha tavsiyalar borildi. Shu bilan birga, bemorga vitaminlarga boy, kundalik oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Bayram arafasida 2-sonli Amudaryo tumanlararo Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi raisi Guliston Bolimova nevropatolog-shifokor Nodira Doʻsimbetova hamda tibbiy hamshira Dilfuza Saparboyevalar bilan birgalikda Navoiy nomli mahallada istiqomat qiluvchi Oybek Rajabovalar xonadonida ham boʻldilar. Mazkur xonadonda uch nafar nogiron insonlarning borligi har qanday koʻngilda ularga gʻamxoʻrlik va mehr-oqibat koʻrsatish istagini uygʻotishi tabiiy. Chunki bu oilada ikki nafar aka-uka va kelin nogironligi sababli roʻyxatda turishadi. Guliston Bolimova rahbarligidagi mutasaddilar ularning sogʻligini nazorat qilish bilan birga bayramona kayfiyat ulashib, oʻz sovgʻalarini topshirdilar.

Shuningdek, masʼullar Mangʻit shahrining Yangiobod mahallasida ham boʻlishib, 1-guruh nogironi Norguloy opaning holidan xabar olishdi. Ogʻir dard tufayli toʻshakka mixlanib qolgan Norguloy opaning salomatligi bilan bogʻliq murojaatiga koʻra, onaxonning qon bosimi, tayanch-harakat aʼzolari holati tekshiruvdan oʻtkazilib, bemorga bahor faslida zarur boʻladigan muolaja choralari boʻyicha tavsiyalar berildi.

Navroʻz – nafaqat milliy-maʼnaviy umumxalq bayrami, balki insonlarning oʻzaro mehr-muruvvat, saxovat va insonparvarlik tuygʻularini oʻzida mujassam etgan hurmat va ehtirom, eʼzoz va eʼtibor ayyomi hamdir. 2-sonli Amudaryo tumanlararo Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati ham inson salomatligini mustahkamlash, shaxs sifatidagi qadrini ulugʻlashdan iboratdir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019