16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:45
Madaniyat 👁 282

QORAQALPOGʻISTONDA XIZMAT KOʻRSATGAN MADANIYaT XODIMI GULMIRZA NURMATOVNING 80YILLIK YuBILEYI KENG NIShONLANDI

QORAQALPOGʻISTONDA XIZMAT KOʻRSATGAN MADANIYaT XODIMI GULMIRZA NURMATOVNING 80YILLIK YuBILEYI KENG NIShONLANDI

Hayotda shunday insonlar boʻladiki, ularning faoliyati nafaqat oʻz jamoasi yutuqlariga, balki oʻsha soha rivojiga ham munosib hissa boʻlib qoʻshiladi. Uzoq yillar tumanimizdagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabini, tuman Madaniyat boʻlimini mahorat bilan boshqargan, yoshligidan to nuroniy yoshigacha tumanimizda sanʼatni rivojlantirishga, yosh isteʼdodlarni izlab topish, ularning iqtidorini yuksaltirishga baxshida qilgan taniqli hofiz, bastakor, koʻplab yoshlarning ustozi Gulmirza Nurmatovni ana shunday insonlardan biri desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Gulmirza Nurmatov shu yilning 2-aprelida tabarruk 80 yoshini qarshi oldi. Shu munosabat bilan 1-aprel kuni tuman Madaniyat boʻlimida otaxon sanʼatkor bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirga soha xodimlari, Gulmirza Nurmatov bilan hammaslak boʻlib ishlab, ayni kunda keksalik nafaqasiga chiqqan qadrdonlari, shogirdlari, doʻstlari ishtirok etdilar.

Tadbirni tuman Madaniyat boʻlimi xodimi Oybek Begimov boshqarib bordi. Dastlab soʻzga chiqqan Gulmirza Nurmatovning sobiq hamkasbi Omonboy Hasanov yubilyarning hayoti, mehnat faoliyati va tumanimizda sanʼatni rivojlantirishdagi xizmatlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Taʼkidlanganidek, Gulmirza Nurmatovni yoshligidayoq ustoz sanʼatkorlar Nazir Nahimov, Usmon Ahmedov, Rajabboy Bobojonovlar oʻz saflariga chorlagan, turli tadbirlarda, kontsert dasturlarda birga qoʻshiqlar ijro etib, hamkorlikda mehnat qilishgan.

Gulmirza Nurmatov sohir ovoz bilan kuylagan qoʻshiqlari tumanimizgina emas, respublikamiz miqyosida koʻplab tomoshabinlarga manzur boʻlgan. U uzoq yillar 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabiga, tuman Madaniyat boʻlimiga rahbarlik qilgan, sohadagi fidoyi xizmatlari tufayli “Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlangan.

Gulmirza Nurmatov tumanimiz miqyosida oʻtkaziladigan ommaviy bayram, sayllarda xor ijrochiligi, guruh raqslarini joriy etgan, tomoshagohda fon yaratishni olib kirgan.

Tadbirda Qorqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlikni rivojlantirish sektori rahbari Nurmuhammad Jiyanboyev tabrigidan soʻng tuman hokimligi tashkiliy-kadrlash guruhi yetakchi mutaxassisi Ozod Almurodov, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Bahodir Boltaboyev, mehnat faxriysi Rustam Roʻzmetovlar yubilyarga tuman hokimligining sovgʻalarini topshirdilar va qutlugʻ 80 yoshi bilan qutladilar.

Aytish joizki, bir vaqtlar tumanimizda Hayitboy bolomonchi ismli kishining chalgan surnay, bolomon ohanglari odamlarga juda manzur boʻlgan. U kishining vafotidan soʻng bu asboblarni chaladigan odam qolmagani, biroq musiqa va sanʼat maktabida qiziquvchilar koʻpligini inobatga olib va sanʼatning ushbu turi yoʻqolib ketmasligi uchun shunchaki bir havaskor surnay chaluvchi kishini oʻqituvchi maktabga ishga olib, surnay sinfini ochgan va keyinchalik ushbu asbobni chaluvchi profissional kadrlar yetishib chiqishiga sababchi boʻlgan. Hozirgi 9-sonli va 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktablari ham aynan Gulmirza Nurmatovning saʼy-harakatlari bilan qurilgan. “Jayxun moʻʼjizalari” sahna tsirk jamoasi ham uning tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Gulmirza Nurmatovning buningdek fidoyi xizmatlarini butun xalqimiz haqli ravishda eʼtirof etadi. Bu tadbirda ham yaqqol namoyon boʻldi.

Taʼlim faxriysi Ahmad Masharipov, tuman Madaniyat boʻlimida uzoq yillar kutubxonlar tarmogʻiga rahbarlik qilgan Gulchehra hoji opa Doʻsimbetova, taniqli hofiz Anvar Xudoyberganovlarning tabriklaridan soʻng tumanimiz sanʼatkorlari ijrosida Gulmirza Nurmatov kuy bastalagan qoʻshiqlar ijro qilindi.

Tadbir soʻngida Gulmirza Nurmatov oʻziga koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom uchun tashkilotchilarga, barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019