16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:51
Iqtisodiyot 👁 422

“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan Ayoqchi mahallasida keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlari boshlandi

“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan Ayoqchi mahallasida keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlari boshlandi

Soʻngi yillarda yurtimiz boʻylab “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan hududlarda yoʻl-transport infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy soha obektlarini qurish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, umuman, aholining yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, Amudaryo tumanining Toʻlqin ovuli va Ayoqchi mahallasi ham “Obod qishloq” dasturiga kiritildi.

6-aprel kuni Ayoqchi mahallasi hududida dastur doirasida keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlarining boshlanishi munosabati bilan tabdir boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, tegishli muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar yigʻini masʼullari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Dastlab, tuman hokimi Soʻltonboy Yoʻldashev yigʻilganlarga “Obod qishloq” dasturini tez muddatlarda va sifatli tarzda amalga oshirish borasida tavsiyalarini berdi. Shuningdek, dastur doirasida Ayoqchi mahallasi hududi uchun ajratilgan 10,4 mlrd. soʻm mablagʻning manzilli va maqsadli ishlatilishi boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Shundan soʻng tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Komolov yigʻilganlarga Ayoqchi mahallasida dastur doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan keng turda maʼlumotlar berdi. Taqdimotda keltirilishicha, Ayoqchi mahallasi hududidagi 69-sonli umumtaʼlim maktab binosi mukammal rekonstuktsiya qilinib, taʼmirlash ishlariga 2 mlrd 300 mln. soʻm miqdorda mablagʻ sarflanadi.

Shuningdek, Ayoqchi mahalla fuqarolar yigʻini binosini taʼmirlash ishlariga 360 mln. soʻm miqdorida pul mablagʻlari ajratilib, mukammal taʼmirlash ishlari olib boriladi.

Qolaversa, mahalla hududida piyodalar yoʻlakchasini qurish, yangi turdagi chiqindi konteynerini, tungi yoritgich chiroqlarini oʻrnatish hamda yakka tartibdagi uy-joylarini taʼmirlash, aloqa liniyalarini tortish ishlari ham amalga oshirilib, joriy ishlarga 616 mln. soʻm miqdorda mablagʻlar sarflanadi.

Dastur doirasida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 2 mlrd. soʻm mablagʻ evaziga 4 ta suv inshooti barpo etish hamda 1 mlrd 550 mln. soʻm evaziga bozor infratuzilmalarini bunyod qilish koʻzda tutilgan.

Taqdimot nihosiga yetgach tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev har bir yoʻnalish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan soha masʼullarining fikrlarini tingladi hamda dastur ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash boʻyicha topshiriqlar berdi.

Shundan soʻng tadbir qatnashchilari “Yashil makon” aktsiyasi doirasida Ayoqchi mahalla fuqarolar yigʻini binosi oldida barpo etilayotgan yashil maydonga mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekishdi.

Ekilgan har bir nihol vaqti kelib ulkan daraxt boʻladi va obod qishloqqa aylanayotgan Ayoqchi mahallasi koʻrkiga koʻrk va chiroy bagʻishlaydi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019