16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:09
Siyosat 👁 246

JOʻQORGʻI KENGESDAGI OʻZBEKISTON XDP FRAKTsIYaSI RAHBARI XALILLA YeShIMBETOV AMUDARYo TUMANIGA TAShRIF BUYuRDI

JOʻQORGʻI KENGESDAGI OʻZBEKISTON XDP FRAKTsIYaSI RAHBARI XALILLA YeShIMBETOV AMUDARYo TUMANIGA TAShRIF BUYuRDI

Hozirgi kunda mamlakat hududida boquvchisini yoʻqotgan oilalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, pensionerlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga davlatimiz tomonidan sharoit va qulayliklar yaratilmoqda. Ayniqsa, ayollar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash ularning bandligini taʼminlash, kasbga oʻqitish, tadbirkorlikka oʻrgatish hamda ularga subsidiya va imtiyozli kreditlar davlatimiz tomonidan ajratilmoqda. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi ham ushbu toifadagi fuqarolarning manfaatlarini himoya qilib kelmoqda.

22-aprel kuni Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov Amudaryo tumaniga tashrif buyurib, tuman partiya Kengashi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashidagi deputatlik guruhi faoliyati bilan tanishdi.

Tuman hokimligida shu maqsadda oʻtkazilgan yigʻilishda partiya masʼullari va faollari, deputatlar ishtirok etdilar. Yigʻilish davomida oʻtgan davr mobaynida partiya tuman Kengashi hamda deputatlar guruhi tomonidan amalga oshirilgan tegishli chora-tadbirlar, amaliy ishlar xususida soʻz yuritildi. Shundan soʻng, Joʻqorgʻi Kengesdagi partiya fraktsiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov bu borada fikr-mulohazalarini maʼlum qilib, oʻz takliflarini kiritdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi lavozimiga tayinlangan Eshmanov Mahmud Egamberganovichni tabrikladi. Undan tashqari, partiya dasturiy maqsad va vazifalarini aholi orasida keng targʻib qilish, amalga oshirish borasidagi muhim vazifalar xususida keng toʻxtalib oʻtdi.

Yigʻilishdan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tashabbusi bilan eʼlon qilingan deputatlarning oʻz saylovchilari bilan ishlashning dolzarb oʻn kunligi doirasida partiya fraktsiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, deputatlar guruhi rahbari Maqsud Saʼdullayev bilan birgalikda Boʻston mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi va uni Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yilida amalga oshirish boʻyicha qabul qilingan Davlat Dasturi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi sessiyalarida qabul qilingan Qonunlar hamda qarorlarning mazmun-mohiyati xususida tushunchalar berildi. Shu bilan birga hududdagi aholi muammolari oʻrganilib, tegishli takliflar ishlab chiqildi.

Shundan soʻng, partiya masʼullari Boʻston mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Hamida Otajonovaning uyida tashkil qilingan tikuvchilik tsexiga tashrif buyurdi. Hamida Otajonova 32 mln 800 ming soʻm miqdorida kredit olib, oʻzi bilan yana mahalladagi 4 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlagan. Masʼullar tsexdagi ayollar faoliyati bilan tanishib, kelgusidagi rejalarini muxokama qilishdi hamda ishlarini yanada kengaytirishni tavsiya qilishdi.

Tadbir soʻngida yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish ishlari tashkil etildi. Partiya masʼullari Boʻston mahallasi hududiga mevali va manzarali daraxtlar koʻchatlarini oʻtqazib, yashil hududlar kengayishiga oʻz hissalarini qoʻshishdi.

M.Saʼdullayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019