16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:09
Siyosat 👁 323

3-sektor rahbariyati tomonidan Qizilcholi mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi

3-sektor rahbariyati tomonidan Qizilcholi mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi

Inson manfaati – eng oliy qadriyatdir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar negizida ayni maqsad ustuvor oʻringa qoʻyilayotgani joylardagi oʻzgarishlarda yaqqol sezilmoqda. Binobarin, odamlarni rozi qilish, ularning huquq va manfaatlari himoyasi yoʻlidagi saʼy-harakatlar amaliy natijasini bermoqda.

Ayniqsa, aholi muammolarini yechishning mutlaqo yangi, samarali tizimini yaratish maqsadida davlat organlari va korxona-tashkilot rahbarlarining xalq orasiga kirishini taʼminlaydigan sayyor qabullar odamlar hayotida muhim oʻrin tutmoqda. Buni Amudaryo tumanidagi sektor rahbarlari tomonidan oʻtkazib kelinayotgan sayyor qabullar misolida ham koʻrishimiz mumkin.

19-may kuni tumanning Qizilcholi mahallasi hududidagi 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosida 3-sektor masʼullarining navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

Unda tuman 3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov, tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov hamda tegishli korxona va tashkilot masʼullari ishtirok etdi.

Dastlab, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov tomonidan mahalla institutining ustunlari hisoblangan mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisining faoliyat yoʻnalishlari tahlil qilindi.

Shuningdek, mazkur lavozim egalariga mahallalarda “xonadonbay” va “fuqarobay” ishlash boʻyicha tavsiyalar berib oʻtildi.

Shundan soʻng, tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov mahallalarda yangidan joriy qilingan hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi muammolarni joyida hal qilayotganligini eʼtirof etib, buning natijasida tuman Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar sezilarli darajada kamayganligini aytib oʻtdi. Shu barobarida Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan birorta ham murojaat hech qachon eʼtibodan chetda qolmasligini, iloji boricha ijobiy yechim topishini taʼkidladi.

Shuningdek, tumanimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro uchun, tuman Xalq qabulxonasi eshiklari doimo ochiqligi, har bir fuqaro oʻz muammolari bilan bemalol murojaat qilishlari mumkinligini aytib oʻtdi.

Shundan soʻng, aholining muammo va takliflaridan iborat murojaatlari tinglandi.

Uchrashuv davomida aholidan kelib tushgan har bir murojaat atroflicha oʻrganilib, tegishli sohaviy tashkilot rahbarlariga murojaatlarni oʻz vaqtida, adolatli va xolis koʻrib chiqish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi hamda ijrosi sektor rahbari tomonidan nazoratga olindi.

Bunday uchrashuvlarning oʻtkazilishi aholining turmush farovonligini yanada yaxshilash, eng muhimi muammolarni ijobiy hal etish orqali xalqni rozi qilish uchun xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Zero, xalq bilan muloqot, ularning dardu tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsad boʻlib, uning roʻyobi yurtimiz ravnaqiga, uning yanada gullab-yashnashiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini taʼminlashga xizmat qilib kelmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019