16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:06
Qishloq xoʻjaligi 👁 347

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Xamrayev Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Xamrayev Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi

Amudaryo tumanidagi “Polvon ovul” fermer xoʻjaligi dalasida koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalari Suv xoʻjaligi vazirligi, tuman hokimligi masʼullari, tizim tashkilotlari, klaster va fermer xoʻjaligi rahbarlari ishtirok etgan tadbirda irrigatsiya boʻlimlari tarkibida suv xoʻjaligining maxsus xizmatini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Xamrayev Prezidentimizning joriy yil 1-martdagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv isteʼmolchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19-apreldagi 196-son tegishli qarorining mazmun-mohiyati, mazkur hujjatlarga muvofiq, hududlarda suv resurslarini boshqarish va suv isteʼmolchilariga koʻrsatiladigan xizmatlar hamda maxsus xizmat xodimlari ishlarni toʻgʻri va sifatli tashkil etishlari uchun toʻlanadigan mablagʻ, qoʻyingki, ushbu yangi tizimning barcha bosqichlari va oldingi tizimdan farqi va samarali jihatlari haqida batafsil tushuntirib berdi. Seminarda qayd etilganidek, cuv xoʻjaligining maxsus xizmatida ishlovchilar miroblardir. Agarda hududda 10 ta fermer boʻlsa, ularga 1 nafar mirob tayinlanadi. U suvni hisobini yuritish uchun har bir fermerga alohida jurnal qoʻyib, har kunlik olgan suvni fermer bilan imzolashgan holda hisobini yuritib boradi. Buning uchun fermer suv olish quloqlarini suv oʻlchash imkonini beruvchi jihozlar oʻrnatishi kerak va undagi reyke koʻrsatkichi boʻyicha ertalab va kechqurun 2 marotaba suvning miqdori yozib boriladi.

Ushbu jurnalda agarda, navbatlab sugʻorish tashkil etilib, nechadir kun ushbu fermerga suv berilmasa, ular ham qayd etilib boriladi. Oyni oxirida dalolatnoma tuziladi. Shu tariqa olingan suv hisobi yuritib boriladi va yakunda ushbu hujjatlar asosida soliq idorasiga hisobot kiritilib, suv isteʼmolchisi olgan suvi boʻyicha soliqqa tortiladi. Darhaqiqat, suv isteʼmolchisi umumiy meʼyor boʻyicha emas, amalda olgan suvigagina soliq toʻlashning mexanizmi yaratilishi fermerlar uchun ham manfaatli, boʻladi.

Tadbirda Amudaryo tumanidagi maxsus xizmatga ishga qabul qilingan va suv isteʼmolchilari bilan shartnomalar tuzishda faollik koʻrsatgan maxsus xizmat sektor rahbari Ruslan Bekmuratovga motoroller kaliti topshirildi. Shuningdek, hududlardagi faol suvchilarga 10 ta velosiped berildi.

Vazir Shavkat Xamrayev velosipedlarni olayotgan suvchilar bilan suhbatlashib, ularning necha kilometr kanal va ariqlar boʻylab harakatlanishi bilan qiziqdi. Masʼullarga suvchi-miroblarning ishini toʻgʻri tashkil etish va sifatini oshirish maqsadida bu kabi trasportlarni koʻproq ajratish lozimligini taʼkidladi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Adilbek Reimbayev, tuman hokimining oʻrinbosari Rashid Salayev va boshqa masʼullar soʻzga chiqib, suv xoʻjaligida maxsus xizmat ishlarini tashkil etish boʻyicha belgilab berilgan vazifalarni hududlardagi masʼullar bilan birgalikda hal etish choralarini koʻrishlarini hamda bu borada tuman irrigatsiya boʻlimi rahbarlari oʻz ishlariga boʻlgan masʼuliyatini yanada oshirishlari lozimligi taʼkidlashdi.

Tadbirda fermer xoʻjaligi rahbarlari va suvchilar yangi tashkil qilinayotgan maxsus xizmat boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019