16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:31
Salomatlik 👁 244

4-SEKTOR HUDUDIDAGI NAMUNA MAHALLASI AHOLISI ChUQURLAShTIRILGAN TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZILDI

4-SEKTOR HUDUDIDAGI NAMUNA MAHALLASI AHOLISI ChUQURLAShTIRILGAN TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZILDI

Keyingi yillarida yurtimizda xalqimiz salomatligini mustahkamlash, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va saviyasini yuksaltirish, ayniqsa, onalar va bolalar, ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqarolar sogʻligʻini muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Amudaryo tumanida ham olis va chekka hudud boʻlgan Namuna mahallasi aholisi uchun Tibbiyot  birlashmasi shifokorlari va tor doiradagi  mutaxassislari, 6-sonli oilaviy poliklinika shifokorlari bilan hamkorlikda "Inson qadri uchun" aktsiyasi ostida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi.

3-iyun kuni hudud boʻyicha sektor rahbari tashabbusi bilan Prezidentimizning 2020-yil 12-noyabrdagi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan mazkur tibbiy koʻrik yurtimizda aholi, ayniqsa, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yuksaltirishga qaratilayotgan eʼtiborning bir namunasi boʻldi. Tibbiy koʻrikda terapevt, pediatr, kardiolog, onkolog, ginekolog, otoloringolog, oftalmolog, endokrinolog, stomatolog, nevropatolog mutaxassislar ishtirok etdilar. Shuningdek, koʻrik davomida, dispanser hisobida turgan bemorlar, nogironlar, xotin-qizlar va bolalar salomatligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu kuni mahallaning 350  nafar aholisi UZI, 328 nafari flyurografiya, 140 nafari EKG,  392 nafari klinik laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazildi. Ahamiyatlisi, shifokorlar qabuliga kelish imkoni boʻlmagan,  xatlov natijasiga koʻra 4-guruhga mansub 4 nafar bemorlardan ham xonadonlariga borilgan holda xabar olindi va uy sharoitida  tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Shifokorlar tibbiy koʻrik natijalariga koʻra aniqlangan kasalliklarga koʻra ambulator va statsionar davo choralari boʻyicha kerakli tavsiyalar berishdi.

Aniqlangan bemorlarning besh nafariga Birlashmaning jarrohlik boʻlimiga, ikki nafar  kardiologiya boʻlimiga, tugʻish yoshidagi ayollardan 3 nafariga ginekologiya boʻlimida davolanish uchun yoʻllanmalar berildi. Onkologik kasallik xavfi boʻlgan bir nafar bemorga mutaxassis shifokor tomonidan davo muolajalari belgilandi. Qandli diabet kasalligi aniklangan yana bir bemor endokrinolog shifokor tomonidan tavsiyalar berildi. Yurak qon-tomir kasalligi boʻlgan 38 nafar, teri-tanosil kasalliklari boʻlgan 12 nafar, lor kasalliklari boʻlgan 14 nafar bemorlarga  ambulator davo choralari buyurildi. Miopiyasi boʻlgan 12 nafar bemorga mos dioptriydagi koʻzoynaklar tavsiya qilindi.

Shuningdek, 202  nafar  3-guruhga  mansub  “D” nazoratda  turgan  bemorlarga  ambulator davolar berilib, oilaviy poliklinka hisobidan dori-darmonlar  bilan  taminlandi. Yetmish yoshdan oshgan 24 ta nuroniylarga “Kaltsiy  D-3” tabletkasi 4-guruhga kiritilgan   Rajab Xolmenovga  nogironlik aravachasi berish rejalashtirildi. Jombul Tajiboyevga esa nogironlik nafaqasi tayinlash uchun kerakli hujjatlarni shakllantirish boshlab yuborildi.

Tibbiy koʻrik natijasida jami 202 nafar bemorga ambulator muolaja va 11 nafar bemorga statsionarga yoʻllanma berildi.

Tadbirda aholi orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, fuqarolarning tibbiy bilim va madaniyatini oshirish, kasalliklarni ilk davrida aniqlash va davolash choralarini koʻrishga kabilarga ham eʼtibor qaratildi.

Tibbiy koʻrik oʻtkazish bilan birga, hozirgi vaqtda keng tarqalgan yuqumli kasalliklar, oʻpka, diabet, onkologik, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, profilaktika qilish va davolash usullari, sogʻlom turmush tarzi va faol jismoniy harakatning ahamiyati tushuntirildi. Tibbiyot birlashmasining salomatlik boʻlimi shifokorlari tomonidan shaxsiy gigiyenaga rioya qilish  va sogʻlom turmush tarzi, jismoniy faollik, toʻgʻri ovqatlanish tamoyillari toʻgʻrisida maʼruzalar qilindi hamda mavzuga oid bukletlar tarqatildi.

Namuna mahallasi aholisi chekka hududlar aholisining salomatligini muhofaza qilishga yaqindan yordam berish maqsadida shu yerning oʻzida tibbiy koʻrik tashkil etilgani, oʻzlariga qaratilgan bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan nihoyatda mamnun boʻldilar. Bu kabi sayyor tibbiy koʻriklar aholiga katta qulaylik yaratish bilan birga, shifokorlarning oʻzaro tajriba almashishlari, davolashdagi ilgʻor ish uslublarini oʻrganishlariga, kasbiy bilim va malakalarini oshirishga yaqindan yordam beradi.

J.Yavkashev, tuman TTB shifokori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019