16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:44
Sport 👁 889

SPORTChI QIZ OLTINOY

SPORTChI QIZ OLTINOY

Sport – yoshlarning jismonan sogʻlom, yetuk va barkamol insonlar boʻlib kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan ham yurtimizning barcha hududlari boʻylab yoshlarni sportga jalb qilish borasida koʻplab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlodning sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib kelayotgan yoshlar safi tumanimizda ham talaygina. Ana shunday yosh sportchilardan Oltinoy Shukurullayeva sportning ogʻir atletika turi boʻyicha koʻpgina musobaqalar gʻolibi. U oʻzining iqtidori va qobiliyati bilan tengdoshlaridan ajralib turadi. Toʻqqiz yoshida tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining ogʻir atletika guruhiga qatnay boshladi. Ustozi Anvar Boboniyozovdan ogʻir atletika sport turi sir-asrorlarini oʻrgandi. Koʻplab shogirdlarning talabchan ustozi Anvar Boboniyozov Oltinoyda sportning bu turiga boʻlgan qiziqish juda kuchli ekanligini sezgach, unga jiddiy eʼtibor beradigan, u bilan alohida ham shugʻullanadigan boʻldi.
Yosh sportchi qizda oʻzi oʻrganayotgan sport turiga ixlosni murabbiyi juda qadrladi. Shu sababdan uning ham jismoniy, ham ruhiy tayyorgarligini oshirishga kirishdi, mashgʻulotlar davomida amaliy bilimlarni erinmay oʻrgatdi. Talabchan va jonkuyar murabbiyidan olgan saboqlari samarasi hademay Oltinoyning yutuqlarida aks eta boshladi.
Bugungi kunda tumanimizdagi 21-sonli maktabda taʼlim olayotgan Oltinoy Shukurullayeva Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston chempionatlari sohibasi.
Shulardan, 2019-yil Xiva shahrida boʻlib oʻtgan 2005-yilda tugʻilgan va undan kichik yoshdagi oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatida 71 kg. vazn toifasida 1-oʻrin, 2020-yil Chirchiq shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston chempionatida 76 kg. vazn toifasida 2-oʻrin, 2021-yil Samarqand shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida 71 kg. vazn toifasida 2-oʻrin, 2021-yil Xiva shahrida Bolalar va oʻsmirlar sport maktablari sportchilari oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada 71 kg. vazn toifasida 2-oʻrin, 2005-2009-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar orasidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi chempionatida 1-oʻrin, qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi kubogida 76 kg. vaznda 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, u maktabda oʻtkazilgan maʼnaviy tadbirlarda ham faol qatnashib keladi.
Oltinoy kabi ogʻir atletika sport turini oʻrganib, nufuzli musobaqalarda sovrinli oʻrinni olayotgan sportchi qizlarning oʻqishda va sport sohasida ham muvaffaqiyatlarga erishaverishini tilaymiz.

Shahzod Qurbonboyev,
QDU talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019