16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:56
Qishloq xoʻjaligi 👁 310

Tumanda "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali 859 ta lotlarda 219,8 gektar yer maydoni savdoga qoʻyildi

Tumanda "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali 859 ta lotlarda 219,8 gektar yer maydoni savdoga qoʻyildi

Soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligini isloh qilish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, Shu bilan birga, paxta va gʻalladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida bogʻdorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavotchilik, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish sohasida eksportbop qishloq xoʻjaligi ekinlari ekishni koʻpaytirish, shuningdek, aholining keng qatlamlarini jalb qilish orqali ushbu yerlardan samarali foydalanish tizimini yaratish evaziga tarmoqda qoʻshimcha oʻsishga erishishda ilmiy asoslangan yondashuv va oʻrganishlarni inobatga olish taqozo etilmoqda.

Jumladan, hisob-kitoblarga koʻra 1 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xom ashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yongʻoqdan 5 baravar koʻp daromad olish hamda ushbu yerlarda oilaviy tadbirkorlik doirasida kichik intensiv bogʻdorchilik, uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash orqali «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»da roʻyxatda turgan ehtiyojmand oilalarning daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash boʻyicha katta imkoniyat mavjud.

Amudaryo tumanida aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, aholiga agrar tarmoqda oʻz biznesini tashkil etishga koʻmaklashish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy dehqonchilik yilida Amudaryo tuman hokimligi zahira yer maydonidan 3,9 gektar yer auktsion savdolariga qoʻyilgan boʻlib, mazkur auktsion savdolarida qatnashgan fuqarolardan 15 nafari gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar. Auktsion savdolarida gʻolib boʻlgan 14 nafar ishsiz fuqaroning har biri 25 sotixdan, 1 nafar fuqaro esa 40 sotix yer egalari boʻlishdi. Auktsion gʻoliblariga Xolimbeg ovul fuqarolar yigʻini hududidagi “Usta Ollayor” fermer xoʻjaligi hisobidan 4 gektar yer maydoni ajratib berilib, ayni paytda yer egalari boʻlgan 15 nafar fuqarolar piyoz, kartoshka, karam, bulgʻor qalampiri, pomidor, sabzi kabi sabzavot ekinlarini parvarish qilishmoqda.

Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, auktsion savdolarida ishtirok etib, yer egasi boʻlgan Jamol Iskandarov, Xosiyat Yoʻldosheva, Dilshodbek Qurbonboyev, Jamshid Tilavov, Dilmurod Ahmedov va ularning hamqishloqlari nafaqat oʻzlarining ish bilan bandligini taʼminlashdi, balki oilasining iqtisodini koʻtarish imkoniga ham ega boʻlishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosi yuzasidan tumanda bu boradagi rejaga binoan 2022-yilda 897 gektar, 2023-yilda 578 gektar, 2024-yilda 437 gektar va 2025-yilda 330 gektar maydonda dehqon xoʻjaliklarini tashkil qilish koʻzda tutilgan.

2022-yilda jami 932,4 gektar maydonda 3579 lotda dehqon xoʻjaliklari tashkil qilinishi belgilandi. Bugungi kun xolatiga "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali 674,4 gektar maydonida 2659 lotlarda tanlov gʻolibi aniqlandi va yana "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali 219,8 gektar maydonda 859 lotlar savdo maydonchasiga qoʻyildi.

 “Bir kontur - bir mahsulot” tamoyili asosida ishlarni toʻgʻri tashkil qilish “Amudaryo tomorqa xizmat” MChJ klasteri tasarrufidagi dehqon xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining bozorbopligini taʼminlash, bozorlarda narx-navoni bir xil ushlab turishga erishiladi. Bundan tashqari, dehqon xoʻjaliklari tashkil qilish orqali shu kungacha 2659 ta fuqaroning doimiy ish bilan bandligi taminlandi va yana 859 nafar fuqaroning bandligini taʼminlash koʻzda tutilgan.

Shu bilan birga, mavjud dehqon xoʻjaliklarining iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish masalasiga ham eʼtibor qaratmoqdamiz. Xususan, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi xuzuridagi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qullab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan dehqon xoʻjaliklari uchun 14 foizdan bank kreditlari berish ham yoʻlga qoʻyilgan.

Muxtaram Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan bu yoʻnalish, yaʼni «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»da roʻyxatda turgan ehtiyojmand oilalarga yer maydonlari ajratib berish orqali ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlardan xalqimiz ham mamnun. Bu yil yer berilgan yoshlarimiz orasidan tajribali va tashabbuskorlarini aniqlab, kelgusi yillarda tuman zahira yer fondi hisobidan yer maydonlari ajratib berish, shu bilan birga ularning fermer xoʻjaliklarini tashkil qilish uchun oʻtkaziladigan tenderda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratishga, shu orqali aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Javlon RAJABOV, Amudaryo tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi xuzuridagi aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish boʻyicha agronom.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019