16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:25
Madaniyat 👁 724

Rajapbay Yoʻldashev hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan “El farzandi” nomli hujjatli film taqdimoti boʻlib oʻtdi

Rajapbay Yoʻldashev hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan “El farzandi” nomli hujjatli film taqdimoti boʻlib oʻtdi

2022-yil 16-avgust kuni Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi binosida Oʻzbekiston kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida “Dilshoh media” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan Amudaryo tumanining sobiq hokimi, davlat va jamoat arbobi, xalqimizning suyukli farzandi marhum Rajapbay Yoʻldashev haqidagi “El farzandi” nomli hujjatli film taqdimoti boʻlib oʻtdi.

“Yangi Oʻzbekiston – maʼrifatli jamiyat” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat festivali” doirasida tashkil qilingan ushbu tadbir avvalida Rajapbay Yoʻldashevning hayoti va mehnat faoliyatiga doir fotosuratlar koʻrgazmasi namoyish etildi.

Taqdimotda Oʻzbekiston kinematografiya agentligi, “Dilshoh media” kinostudiyasi xodimlari, Toshkent shahridan tashrif buyurgan kino hamda teatr aktyor va aktrisalari, sanʼat ustalari, film qahramonining oila aʼzolari, doʻstlari, tuman ziyolilari, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Filmda Rajapboy Yoʻldashevning doʻstlari va yaqinlari, hamkasblari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida birgalikda mehnat faoliyatini olib borgan davlat va jamoat arboblari film qahramonining shaxsiy hayoti, ish faoliyati, insoniylik jihatlari haqida fikrlarini bayon qilishgan.

Shuningdek, filmda Rajabboy Yoʻldoshev mehnat faoliyatidagi eng mashaqqatli va masʼuliyatli pallalar kinoijodkorlar tomonidan mohirona sahnalashtirilgan.

Taqdimot marosimida dastlab film ijodkorlari, amudaryolik ziyolilar, film qahramonining oila aʼzolari soʻzga chiqib, Rajapbay Yoʻldashevning el-yurt obodligi va xalq farovonligi yoʻlida qilgan xizmatlarini yodga olishdi.

Film qahramoni Rajapboy Yoʻldashev 1998-yilda Amudaryo tumani hokimi lavozimiga tayinlangandan soʻng tuman hayotida katta ijobiy oʻzgarishlar qildi. U rahbarlik qilgan yillarda aholining bandlik darajasi oshdi. 1998-2016-yillarda 58 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. Uning tashabbusi bilan 2005-yilda Amudaryo daryosi ostidan 700 metr uzunlikdagi tabiiy gaz tarmogʻi tortilib, tuman kafolatli ravishda tabiiy gaz bilan taʼminlandi.

Rajapboy Yoʻldashev qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shirkat xoʻjaliklarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish, haqiqiy mulk egaligini qaror toptirish borasida keng qamrovli tadbirlarni amalga oshirdi.

1998-yilgacha tumanda birorta ham mahsulot xorijga eksport qilinmagan boʻlsa, 2016-yilga kelib 10 dan ortiq eksportyor korxonalar tomonidan 15 turdagi mahsulotlar eksporti yoʻlga qoʻyildi.

Shundan keyin kino va teatr aktyorlari hamda aktrisalar soʻzga chiqib, “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifatli jamiyat” shiori ostida “Maʼnaviyat festivali”ni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, yangi Oʻzbekistonda inson qadrini ulugʻlash yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar xususida toʻxtalib oʻtdilar. Sanʼatkorlar taʼkidlaganlaridek, Vatan va xalq manfaati yoʻlida xizmat qilgan insonlarning xotirasi abadiydir.

Elimizning ana shunday fidoyi farzandlaridan biri Rajapboy Yoʻldashevning buyuk xizmatlari ham eʼtirof etilib, 1999-yilda “Shuhrat” medali, 2003-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi faxriy unvoni, 2014-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

Rajapboy Yoʻldashevning xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida uning hayot yoʻli va faoliyati haqida hujjatli film ishlash loyihasi oʻtgan yillarda Oʻzbekiston kinematografiya agentligining ish rejasiga kiritildi va moliyalashtirildi.

Mazkur film taqdimotida Rajapboy Yoʻldashevning farzandi, tumanimiz hokimi Sultonboy Yoʻldoshev ham soʻzga chiqib, davlatimiz rahbari va hukumatimizga, film ijodkorlariga minnatdorchilik bildirdi.

Chindan ham, Rajapboy Yoʻldashev ishning koʻzini biladigan tashkilotchi rahbar, xalq tashvishini oʻz dardi deb biladigan haqiqiy elparvar yoʻlboshchi edi.

U Amudaryo tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan yillarda tuman fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari balansiga lizing va kredit asosida mingdan ortiq turli rusumdagi texnikalar xarid qilinib, yerdan yuqori hosil olishga zamin yaratildi. Natijada tuman 2008-yildan beri deyarli har yili davlatga paxta, gʻalla sotish boʻyicha shartnomaviy rejalarini Oʻzbekiston Respublikasida birinchilar qatori bajarib kelmoqda.

Rajapbay Yoʻldashev oʻzining tashkilotchiligi, rahbarlik mahorati, qatʼiyati va talabchanligi, odamlar bilan muomalasi, teran aql-idroki bilan tumanda barcha sohalarda yuksak natijalar qoʻlga kiritilishida bosh-qosh boʻldi. Natijada tuman ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa sohalarda nafaqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, balki mamlakatimizning boshqa tumanlari orasida ham oʻz oʻrniga ega boʻldi.

Rajapbay Yoʻldashev xalqqa, el-yurtga xizmat qilishni oʻzining farzandlik burchi, oʻzi uchun eng oliy saodat deb bildi va umrining oxiriga qadar Vatan, el-yurt manfaati yoʻlida fidoyi mehnat qildi.

Rejissyor Dilmurod Masaidov, prodyuser Mahmud Erkaboyev, operator Jahongir Ibragimov, montaj ustasi Timur Piyozov, rassom Xusaynboy Eshniyozov, direktor Azizbek Ozodboyevlar ishtirokidagi ijodiy va texnik jamoa filmda Rajabboy Yoʻldoshevning hayot yoʻli va mehnat faoliyatini, Vatan, el-yurt oldidagi samarali xizmatlarini yorqin epizodlar orqali ochib berishga harakat qilishgan.

Film taqdimotida qatnashgan har bir ishtirokchi Rajabboy Yoʻldoshevning porloq xotirasini yana bir bora koʻz oldida jonlantirib, ulugʻvor ishlarini yodga oldilar.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

"Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasi tahririyati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019