16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:34
Adabiyot 👁 266

TUMANDAGI NAShRIYoTDA TAYYoRLANGAN “UMMONDAN TERILGAN MARJONLAR” TOʻPLAMINING TAQDIMOTI OʻTKAZILDI

TUMANDAGI NAShRIYoTDA TAYYoRLANGAN “UMMONDAN TERILGAN MARJONLAR” TOʻPLAMINING TAQDIMOTI OʻTKAZILDI

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tumanimizdagi ijodkor yoshlarni qoʻllab-quvvatlab, ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilib kelmoqda.

Tashkilot 2021-yilning sentyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi taʼsis etgan grant tanlovlarida “Yoshlar – Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” loyihasi bilan qatnashib, gʻolib boʻldi va loyiha 2022-yilning 31-avgustigacha muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Loyiha doirasida taʼlim muassasasalarida, ovul, mahallalarda uchrashuv, davra suhbatlari oʻtkazilib, yoshlarni giyohvandlik, axloqsizlik va yot gʻoyalardan himoya qilishga alohida eʼtibor qaratildi, oʻquvchi yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida insholar tanlovlari oʻtkazilib, gʻoliblar ragʻbatlantirildi. Eng mazmunli va ravon  yozilgan insholar tuman matbuotida yoritildi. Amudaryo televideniyesida mavzuga doir koʻpgina koʻrsatuvlar efirga berildi.

Loyiha ish rejasiga muvofiq tumanimizning isteʼdodli yosh qalamkashlarini elga tanitish, ularga ijodiy ruh, ragʻbat bagʻishlash maqsadida tumanimiz maktablarida taʼlim-tarbiya olayotgan 84 nafar oʻquvchilarning ijod namunalari joy olgan “Ummondan berilgan marjonlar” toʻplami nashr etildi.

10-oktyabr kuni 55-sonli maktabda ijodiy-madaniy ishlar boʻyicha maktab targʻibotchisi, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon Rajabova, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti raisi Oʻrozali Reyimovlar tashabbusi bilan ushbu kitob taqdimoti oʻtkazildi.

Tadbirda maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari ishtirok etdilar. Kitob taqdimoti aynan shu maktabda oʻtkazilgani bejiz emas. Sababi, mazkur maktab oʻquvchilari Jasmina Bekimbetova, Marjona Dehqonovalarning sheʼrlari ham toʻplamdan joy olgan.

Tadbirda bu haqda batafsil soʻz  yuritildi. Marjona Dehqonova, Jasmina Bekimbetovalarni ustozlari, doʻstlari qizgʻin tabriklab, yangidan-yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tiladilar. Jasmina va Marjona samimiy tilaklardan, tengdoshlarining havas bilan boqishlaridan koʻngillari quvonchga toʻldi.

- Bu sizlarning ijod yoʻlidagi ilk muvaffaqiyatingiz. Hali oʻqib, oʻrganib, salohiyatli qizlar boʻlib kamolga yetishingizga, mashaqqatlaridan choʻchimay sermahsul ijod qilishingizga ishonaman, - dedi ularga Xonimjon Rajabova.

Mamlakatimizda yoshlarning chuqur ilm olishlariga, qobiliyatlarini namoyon etishlariga sharoit yaratilayotganligi ularning olgʻa intilishlariga ragʻbat boʻlmoqda.

“Ummondan terilgan marjonlar” toʻplamida ijod namunalari yoritilgan tumanimizning yosh ijodkorlari kelajagida ham buning isbotini koʻrishimizga shubha yoʻq. Toʻplamga koʻpsonli  adabiyot ixlosmandlarining mashqlari saralab olingani ramzi sifatida “Ummondan terilgan marjonlar” deya nomlangani ham bejiz emas.

Toʻplam taqdimoti tadbir ishtirokchilarida ulkan taassurotlar qoldirdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019