16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:46
Qishloq xoʻjaligi 👁 305

FERMERNING ULUF IMKONLARI

FERMERNING ULUF IMKONLARI

Mamlakatimizda fermerlik harakati boshlanganida bu agrotuzilmaning kelajagiga ishonmaganlar, ikkilanganlar koʻp boʻldi. Lekin fermerlik harakati bilan jamoa va davlat xoʻjaliklari faoliyatini oʻzicha, mustaqil ravishda iqtisodiy tahlil qilib koʻrgan (Alloh rahmat qilsin!) Nurulla Yaxshimurodov qishloq xoʻjaligi sohasiga joriy etilayotgan bu yangilikni dadillik bilan qabul qildi.

Nurulla ogʻa Amudaryo tumanining yirik mulkdori – tadbirkor va uddaburon fermeriga aylandi. Uzoq yillar oʻzi  tashkil etgan “Yusufxoʻja” fermer xoʻjaligini mohirlik bilan boshqardi. Qisqa  vaqt ichida “Yusufxoʻja” fermer xoʻjaligini Amudaryo tumanining mashʼal xoʻjaliklaridan biriga  aylantirdi.

Hayot insonga, nainki yaxshi yashash uchun kurashish maydoni, balki oʻzining ezgu amallaridan zavq olib, huzur-halovatli umr kechirish uchun berilgan imkon. N.Yaxshimurodov halol va fidoyi mehnati zavqini suradigan paytda bu hayotdan ketdi. Uning ortida iqtisodiy jihatdan baquvvat, paxtachilik va gʻallachilikda oʻziga xos ulkan tajriba  maktabiga ega “Yusufxoʻja” fermer xoʻjaligi, gurkiragan bogʻ-rogʻlar, obod va ravon koʻchalar, oʻtayotgan har bir kunidan rozi xalq qoldi.

Bugungi kunda bu makonda N.Yaxshimurodov tarbiyasini olgan, hayot tajribalarini chuqur oʻzlashtirgan “Yusufxoʻja” fermer xoʻjaligining ikkinchi, uchinchi avlod vakillari yashab, mehnat qilishadi. Fermer xoʻjaligiga esa mashhur fermerning oʻgʻli Shavkatjon Yaxshimurodov rahbarlik qiladi. Otasi hayotligidayoq, 1995-yildan buyon qishloq xoʻjaligining turli sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan Shavkatjon uchun “Yusufxoʻja” fermer xoʻjaligini  yuritish qiyinchilik tugʻdirmadi. Qolaversa, otasidan oʻrgangan tajribalari, xoʻjalik hududidagi har bir qarich yerning tabiati, meliorativ holati toʻgʻrisida yaxshi bilishi uning ishni toʻgʻri tashkil etishida muhim omil boʻldi.

Ayni paytda fermer xoʻjaligi tasarrufidagi umumiy yer maydon 143,1 gektar boʻlib, shundan ekin maydonlari 135,6 gektarni tashkil etadi.

Xoʻjalikning 6,9 gektar yerdagi bogʻdorchilik tarmogʻi, 0,6 gektarlik koʻp yillik daraxtzorlari ham fermer xoʻjaligining iqtisodiy barqarorligini  taʼminlash imkonini beradi.

Shavkatjon ekin-tikin ishlariga  oʻta masʼuliyat bilan yondashadi. Avvalo eng sara urugʻ tanlaydi, seyalka agregatini shaxsan  oʻzi nazorat qilgach, dalaga olib chiqadi, tajribali mexanizatorlar, tajribali seyalkachilarni  ekishga jalb etadi. Natijada bahorgi yumushlar koʻngildagiday ado etiladi. Kuzda, gʻalvir suvdan koʻtarilganda esa “Yusufxoʻja”liklar yana fermer xoʻjaliklari orasida mashʼal, birinchi boʻlishadi!

U otasi vafotidan soʻng, 2015-yilda fermer xoʻjaligini qabul qilib olgan boʻlsa, oʻshandan buyon oʻtgan 7-yil davomida barcha yoʻnalishlar  boʻyicha yillik shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan ado etib kelmoqda.

Xususan, soʻnggi uch yil davomida Amudaryo tumanida “Yusufxoʻja” fermer xoʻjaligining oldiga tushadigan xoʻjalik boʻlmadi hisob. Xoʻjalik dehqonlari 2020-2021-2022-yillarda har yili 77 gektar maydonga chigit ekishdi. Uch yil davomida hosildorlik 40-45 tsentnerga yetkazilib, yillik hosil xirmoni har gal 309-325 tonnani, bu boradagi reja esa kamida 110-140 foizni tashkil etdi.

Bundan tashqari, xoʻjalikda qatorasiga uch yil davomida, har yili 26 gektar yerga bugʻdoy ekilib, hosildorlik har gektar hisobiga  44,8 tsentnerga, 2022-yilda esa 80 tsentnerga yetkazilib, Amudaryo tumanining iqlim sharoitida ham gʻalladan yuqori hosil olish mumkinligini amalda koʻrsatib berdi.

Bugungi kunda fermer xoʻjaligining qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish va sotishdan oladigan sof foydasi 2,1 mlrd. soʻmni tashkil etib, rentabellik darajasi  19 foizga yetkazildi.

Ayni paytda xoʻjalikning yana bir qoʻshimcha tarmogʻi – asalarichilik ham jadal rivojlanmoqda. Shuningdek, 250 bosh parranda parvarish qilinib, qoʻshimcha daromad manbaiga aylangani xoʻjalik ishchilarini zarur paytda arzon parrandachilik mahsulotlari bilan taʼminlash imkonini bermoqda.

Oʻz faoliyatida tejamkorlikka qatʼiy amal qilgani bois, xoʻjalikni texnologik jihatdan mustahkamlash imkoni yaratilib, barcha texnika vositalari yuqori samaradorlik quvvatiga ega holatga keltirildi va soʻnggi uch yilda 45,4 mln. soʻm mablagʻ iqtisod qilindi. Iqtisod qilingan mablagʻ hisobiga xoʻjalik hududidagi ichki irrigatsiya tarmoqlari rekonstruktsiya qilinib, yerlarning meliorativ holati tubdan yaxshilandi. Dehqonchilikdan olingan sof foyda, albatta, fermer xoʻjaligining texnikalarini qaytadan yangilash imkonini berdi.

Shavkatjon qishda ham mehnat maydonidan beri kelmaydi. U xoʻjalik hududida yashovchi yoshlarni, yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ustoz-shogird anʼanasi asosida 6 nafar ishsiz yoshga fermerlikning nozik sirlarini oʻrgatmoqda. Yoshlar Shavkatjondan fermer xoʻjaligini tashkil etish va uni yuritish boʻyicha saboq olish bilan birga ular moddiy jihatdan manfaatdor ham. Chunki Shavkatjon ularning har biriga oʻrtacha 1 mln. soʻmdan oylik maosh ham tayinlagan.

Shavkatjon otasi amal qilgan bir ezgu amalni bajarishga hamisha oʻzini burchli deb biladi. U pandemiya davrida ham, keyin ham hududdagi  47 ta kam taʼminlangan oilalardan xayr-saxovatini, mehrini aslo darigʻ tutmaydi. Aynan ana shu maqsadda  salkam 40 mln. soʻmlik xayr-ehson qilib, 40-sonli maktab taʼmiri hamda maktabda tahsil oluvchi kam taʼminlangan oilalar farzandlariga homiylik uchun jami 2 mln. soʻm ajratdi.

Shavkatjon ibratli oila sohibi sifatida hamqishloqlari orasida hurmat va eʼtiborga sazovor. Mahalladoshlarining yaxshi-yomon kunlarida hamisha yelkadosh. Yoshlarni tadbirkorlikka  jalb etish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga doimiy koʻmakdosh, yaqin maslahatgoʻy.

Ayni shunday kunlarda esa Shavkatjon Yaxshimurodov yangi 2023-yilning rejalarini tuzadi. Ana shu ezgu rejalar roʻyobi yoʻlida mehnat qilishdan aslo charchamaydi

Robiya YOʻLDOShEVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019