16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:48
Fan va taʼlim 👁 335

MAKTABLAR REYTINGI MEZONLARINI TUShUNTIRIShGA BAGʻIShLANGAN OʻQUV-AMALIY SEMINAR OʻTKAZILDI

MAKTABLAR REYTINGI MEZONLARINI TUShUNTIRIShGA BAGʻIShLANGAN OʻQUV-AMALIY SEMINAR OʻTKAZILDI

“Milliy reyting natijalari va pedagog kadrlar attestatsiyasini tashkil qilishda taʼlim tashkilotlari rahbarlarining roli” mavzusida oʻquv-amaliy seminar tashkil qilindi.

23-dekabr kuni Amudaryo tumanidagi 38-sonli maktabda tuman Xalq taʼlimi boʻlimining Taʼlim sifati monitoringi boʻlimi tomonidan tashkil etilgan seminarda boʻlim masʼullari, mutaxassislari va tumandagi barcha umumtaʼlim maktablarining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirok etishdi.

Oʻquv-amaliy seminarni tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri oʻrinbosari Ibragim Rajabov kirish soʻzi bilan ochib berdi va amaliy seminarda oʻrganiladigan mavzular bugungi kunda taʼlim sifatini oshirishda juda dolzarbligini aytib, fikrlarini bildirdi.

Shundan soʻng, Taʼlim sifati monitoringi boʻlimi bosh inspektor-metodisti Rayhon Yakubova soʻzga chiqib, maʼruza qildi. U oʻz maʼruzasida bugungi kunda pedagog kadrlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar, ularning ahamiyati toʻgʻrisida batafsil soʻz yuritdi. Shuningdek, taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirishga doir Prezident farmonlari va hukumat qarorlari mazmun-mohiyatini ham tushuntirib oʻtdi.

Taʼkidlanganidek, endilikda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibga koʻra amalga oshiriladi. Reyting aniqlashning asosiy maqsadi – umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, muassasalarining rahbarlari va pedagoglarining jamiyatdagi oʻrni va maqomini oshirish, mehnatini munosib qadrlash, faoliyat samaradorligiga qarab, moddiy ragʻbatlantirish, mahalliy boshqaruv organlarining oʻz hududlarida taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan faoliyatini kuchaytirishdan iboratdir. Xorijiy tajribaga koʻra maktablar reytingida asosiy bosh mezon – bu oʻquvchilarning bilim darajasidir. Shu sababli umumiy oʻrta taʼlim muassasalari reytingi Finlyandiya, AQSh, Janubiy Koreya, Rossiya, Yaponiya, Estoniya, Singapur, Gollandiya kabi davlatlarining ilgʻor tajribasiga muvofiq, toʻrtta muhim yoʻnalishda 8 ta indikator asosida aniqlanadi.

Seminar ishtirokchilariga mazkur yoʻnalish va indikatorlar haqida keng tushunchalar berilib, endilikda shu asosda taʼlim sifatiga baho berilishi maʼlum qilindi. Shu bilan birga tumandagi umumtaʼlim muassasalarining oʻtgan oʻquv yilidagi faoliyati samaradorligi boʻyicha “Milliy reyting – 2022” natijalari tahlil etildi.

Taʼlim sifati monitoringi boʻlimi inspektor-metodisti Farhod Avezov ham “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizomga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdi. Undan tashqari, Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi, “Nodavlat sektorda professional taʼlimni rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratilishi hamda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlari mazmun-mohiyatini tushuntirib oʻtdi. Shu bilan birga, oʻqituvchilarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini odilona baholash boʻyicha muhim tavsiyalar berdi.

Oʻquv-amaliy seminardagi maʼruzalar qizgʻin muhokama etildi. Taʼlim sifati monitoringi boʻlimi bosh inspektor-metodisti Rayxon Yakubova hamda inspektor-metodist Farhod Avezovlar seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga toʻliq va batafsil javoblar berishdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019