17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:59
Iqtisodiyot 👁 274

Tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi asosiy oʻzgarishlar tushuntirilmoqda

Tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi asosiy oʻzgarishlar tushuntirilmoqda

Soliqlar − har qanday mamlakat iqtisodiyoti shakllanishining asosiy manbasi, davlat va soliq toʻlovchilar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim vositasi hisoblanadi.

2023-yil 20-yanvar kuni Amudaryo tumani Davlat Soliq inspektsiyasi binosida tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi. Seminarda Davlat Soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil uchun “Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonuni hamda 2023-yil “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlari keng tarzda tushuntirildi.

Qayd etib oʻtilganidek, mazkur qonunchilik hujjatlari bilan Soliq kodeksining amaldagi 52 moddasiga oʻzgartish va koʻshimchalar kiritildi hamda yangi 2 ta modda bilan toʻldirildi.

Seminarda qoʻshilgan qiymat soligʻi, foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, aksiz soligʻi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha oʻzgarishlar haqida maʼlumot berildi.

Jumladan, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha 2023-yil 1-yanvardan boshlab soliq toʻlovchilarning toifasi, soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi, soliq hisobotini taqdim etish muddatlari oʻzgarmaydi. Soliq stavkasi esa 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirildi. Qoplanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining asosliligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish muddatlari 60 kundan 30 kungacha qisqartirildi.

Shuningdek, aksiz soligʻi boʻyicha qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgarishlar haqida maʼlumot berildi. Taʼkidlanganidek, 2023-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda aksiz soligʻi aksiz toʻlanadigan mahsulot tarkibidagi etil spirtining ulushidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotining oʻlchov birligi “litr” deb belgilandi. 2023-yil 1-fevraldan neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari boʻyicha aksiz soligʻi stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilindi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq toʻlovchilarning toifasi, soliqlarning stavkalari, soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi oʻzgarmaganligi aytib oʻtildi.

Seminar davomida tadbirkorlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” farmoni ham tushuntirib oʻtildi.

Farmonga muvofiq tuman va shaharlar 5 ta toifaga ajratildi. 4-toifaga kiritilgan Amudaryo tumanida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yer soligʻi boʻyicha eng kam qiymatlarga 0,3, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad soligʻi 0,5 gacha kamaytiruvchi koeffitsent kiritish huquqi beriladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Recpublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha tumanlarida joylashgan va shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subʼektlari uchun 2023-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha soliq stavkalari 50 foizga kamaytirilgan holda ijtimoiy soliq 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasida belgilandi. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanayotgan ijtimoiy soliq shaharlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 12 baravarga, tumanlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 6 baravarga kamaytirilib, yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilandi.

Bunda yirik soliq toʻlovchilar, doimiy muassasalar, byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasida davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaxslarga mazkur bandda belgilanayotgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

Seminarda tadbirkorlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishi javoblar oldilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019