16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:30
Salomatlik 👁 488

Gripp va oʻtkir respirator infektsiyalarning oldini olishga bagʻishlangan targʻibot tadbirlari olib borilmoqda

Gripp va oʻtkir respirator infektsiyalarning oldini olishga bagʻishlangan targʻibot tadbirlari olib borilmoqda

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash, hududga yuqumli infektsiyalar kirib kelishi, tarqalishining oldini olish maqsadida Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2022-yil 19 sentyabdagi “Respublikada COVID-19 pandemiyasi davrida gripp va oʻtkir respirator infektsiyalar boʻyicha 2022-2023-yillar mavsumida xalq orasida epidemiologik asoyishtalikni taʼminlash yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida”gi buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida ham Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi qoshida tumanda gripp va oʻtkir respirator infektsiyalarning aholi oʻrtasida epidemiya tarzida tarqalib ketishining oldini olish boʻyicha shtab tashkil qilinib, ular tomonidan epidemiologik vaziyatning rivojlanishi boʻyicha kundalik monitoring yuritilmoqda.

Undan tashqari, boʻlim tomonidan barcha davolash-profilaktika mussasalarida va epidemiologik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa obektlarda profilaktik, cheklov va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi boʻyicha oʻrnatilgan tartibda nazorat yoʻlga qoʻyilib, gripp kasalligi tarqalishining oldini olish boʻyicha turli uchrashuvlar, davra suhbatlari oʻtkazilib kelinmoqda.

25-yanvar kuni Amudaryo tumanining Gulzor mahallasi hududidagi 40-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ham mana shunday uchrashuv oʻtkazilib, xodimlar uchun tushuntirish-targʻibot ishlari olib borildi.

Boʻlimning oliy toifali epidemiolog vrachi Mirzabek Amankulov Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan 2022-2023-yillar mavsumi oldidan gripp kasalligiga qarshi emlanishi lozim boʻlgan kontingentlar aniqlanib, gripp kasalligiga qarshi 16 ming 918 doza profilaktik vaktsina olib kelinganini, vaktsinalar tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli barcha koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokorlik punktlariga tarqatilganini taʼkidlab oʻtdi. Ushbu vaktsinalar bilan 4 ming 147 nafar maktab oʻqituvchilari, 1300 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari, 1886 nafar tibbiyot xodimlari, 9585 nafar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi bolalar gripp kasalligiga qarshi toʻliq emlangan.

Shuningdek, gripp va oʻtkir respirator infektsiyasi kasalliklariga gumon qilingan bemorlar aniqlanganda, ularga davolash-profilaktika muassasalari tomonidan malakali tibbiy yordamlar koʻrsatilib, tez yordam xizmati uzluksiz ravishda xizmat koʻrsatayotgani, dori-darmonlar va virusga karshi preparatlar zahirasi yaratilgani taʼkidlandi.

Qolaversa, xodimlar gripp virusini yuqtirgan odamda kuzatiladigan holatlar bilan ham tanishtirildi. Qayd etilganidek, kasallik toʻsatdan boshlanganda harorat 38-40 darajagacha koʻtariladi, quvvatsizlik, bosh ogʻrishi va mushaklarda, koʻz olmalarini bosganda va ular harakatlanganda ogʻriqlar, tomoq qurishi va qichishi, burun bitishi va quruq yoʻtal kuzatiladi.

Oliy toifali shifokor Mirzabek Amankulov kasallik yuqqandan keyin uy sharoitida davolanish boʻyicha rioya qilinishi lozim boʻlgan qoidalar xususida ham maʼlumot berdi.

Kasallik yuqsa, uyda qolib, yotoq tartibiga rioya qilish va hududiy shifokorni uyga chaqirish lozim. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, qoʻllarni tez-tez sovunlab yuvish, xonani muntazam shamollatib turish, shaxsiy sochiq va idishlardan foydalanish hamda koʻproq suyuqlik ichish zarurligi taʼkidlandi.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari oliy toifali shifokorga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblar olishdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026