16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:50
Salomatlik 👁 391

TIBBIYoT BIRLAShMASI HAMShIRALARIGA PATRONAJ SUMKALARI TOPShIRILDI

TIBBIYoT BIRLAShMASI HAMShIRALARIGA PATRONAJ SUMKALARI TOPShIRILDI

Bugungi kunda yurtimizda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish, koʻlamini yanada kengaytirish, tibbiy xizmatni samarali yoʻlga qoʻyish kabi maqsadlarda muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu borada katta ahamiyat kasb etayotgan patronaj xizmati takomillashtirilib, qamrovni yanada yaxshilash, hamshiralik yordamini koʻrsatish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish kabi ishlarning yangicha mezon va taʼsirchan usullari joriy etilmoqda.

22-fevral kuni tuman Tibbiyot birlashmasi majlislar zalida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar xususida yigʻilish oʻtkazildi. Tibbiyot birlashmasi rahbari Faxriddin Abdullayev tomonidan oʻtkazilgan mazkur yigʻilishda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ham ishtirok etdi.

Yigʻilishda tuman hokimi tibbiyot xodimlari, soha mutaxassislari bilan muloqotda boʻlib, sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar, tumanimiz aholisiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, moddiy-texnik bazani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻzlashdi. Shuningdek, tibbiy patronaj xizmati inson salomatligini asrash, kasalliklarning oldini olish va xalqimiz salomatligini muhofazalashda muhim oʻrin tutishini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Yigʻilish davomida soʻzga chiqqan soha masʼullari ham ushbu yoʻnalishdagi ishlar talab darajasida yoʻlga qoʻyilayotgani natijasida koʻplab tibbiy-ijtimoiy muammolarning oldi olinayotgani, kasalliklarni keskin kamaytirish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani toʻgʻrisida keng toʻxtalib oʻtishdi.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda tibbiyot xodimlari tomonidan hudud aholisi har olti oyda xatlovdan oʻtkazilmoqda. Unda aholi orasida patronaj koʻmagiga ehtiyojmand qatlam aniqlab olinib, patronaj hamshira, umumiy amaliyot shifokori va tor mutaxassislar ishtirokida xonadonlarda maqsadli patronaj tadbirlari tashkil etilmoqda. Unda patronaj parvarishga muhtoj yolgʻiz qariyalar, nogironlar va oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar, 1 yoshgacha va nogiron bolalar, homiladorlar, yangi tuqqan onalar patronaj bilan qamrab olinmoqda. Aniqlangan bemorlarni esa kasalligiga qarab, ambulator yoki statsionar sharoitda tumandagi tibbiyot muassasasida davolash choralari koʻrilmoqda.

Yigʻilishda shu kabi maʼlumotlar berilganidan soʻng, Prezidentimizning “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori hamda aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining, tibbiyot xodimlarini qoʻllab-quvvatlash va faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturiga asosan mahalliy byudjet hisobidan 50 nafar patronaj hamshiralarga tibbiyot sumkalari topshirildi. Tibbiyot sumkalarini qabul qilib olgan patronaj hamshiralar Prezidentimiz va tuman hokimiga sogʻliqni saqlash sohasiga qaratayotgan eʼtiborlari uchun minnatdorchilik bildirdilar. Oʻzlariga topishirilgan vazifalarni sidqidildan bajarishga va patronaj tibbiy xizmati sifatini yanada yaxshilashga, bemorlarning tibbiyot xodimlaridan roziligiga erishishga bor kuch va bilimlarini sarf etishga tayyor ekanliklarini aytdilar.

Taʼkidlash joizki, tibbiy madaniyat darajasining yuqori boʻlishida patronaj hamshiralarning oʻrni beqiyos. Bugungi kunda oʻrta tibbiyot xodimlarini ish qurollari bilan taʼminlash, mehnatini yengillashtirish borasida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar hamshiralarning ishtiyoqini oshirib, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

J.Yavkashev, tuman TTB tashkiliy-uslubiy boʻlimi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019