16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:07
Madaniyat 👁 237

YaNGI OʻQUV-QOʻLLANMALAR TAQDIMOTI OʻTKAZILDI

YaNGI OʻQUV-QOʻLLANMALAR TAQDIMOTI OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevralda qabul qilgan “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori aholiga madaniy dam olish xizmatlarini koʻrsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, tsirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va kontsert tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish, madaniyat va sanʼat sohasidagi isteʼdodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash, taʼlim muassasalarini milliy cholgʻular, musiqa darsliklari, notalar toʻplamlari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlanishini yaxshilashda muhim asos boʻlib xizmat qilmoqda.

Qaror ijrosi yuzasidan olib borilayotgan saʼy-harakatlar Amudaryo tumanidagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ham oʻquv mashgʻulotlari samaradorligi oshishiga zamin yaratmoqda.

Shu yilning 1-mart kuni mazkur muassasada yana bir quvonchli voqea boʻldi. Yuqorida qayd etilgan qarorga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan maktabga 400 donadan ortiq yangi oʻquv qoʻllanmalar berildi. Bu oʻquv qoʻllanmalari foydalanishdagi avvalgi oʻquv qoʻllanmalaridan afzallik jihatlari bilan eʼtiborga sazovordir. Yaʼni ushbu oʻquv qoʻllanmadan har bir kuy va qoʻshiqni oʻquvchi oʻqibgina qolmay, kitobda koʻrsatilgan shtrix kod orqali tinglashi ham mumkin. Bu oʻquvchilarning berilgan kuy va qoʻshiqlarni yaxshi oʻzlashtirishlariga imkon beradi va ayni paytda oʻqituvchi mehnatini ham yengillashtiradi, darslar samaradorligiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Shu boisdan ham yangi kitoblarning maktabga taqdim etilishi oʻqituvchilar uchun ham, oʻquvchilar uchun ham quvonarli voqea boʻldi. Maktab direktori Yoʻldoshboy Abdalov barchani yangi oʻquv qoʻllanmalari bilan qutladi va yosh avlodga sanʼat sirlarini qunt bilan oʻrgatayotning ustoz-murabbiylar faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi. Direktor oʻrinbosari Nigora Usmonova oʻquv-qoʻllanmalarni kutubxonachi Shahnoza Yoʻldoshevaga topshirar ekan, ularning muassasada taʼlim olayotgan oʻquvchilarning musiqiy bilim va koʻnikmalarini oshirishda, ularning qalbida milliy sanʼatimizni oʻrganishga boʻlgan intilish va ishtiyoqni oshirishga zamin boʻlishini taʼkidladi.

Maʼlumot uchun: ushbu muassasada bugungi kunda 262 nafar oʻquvchilar musiqa va sanʼat yoʻnalishida 12 ta yoʻnalishida taʼlim olishadi. Ularga 41 nafar malakali pedagoglar saboq berishayapti.

Shunisi eʼtiborliki, mazkur maktab oʻquvchilari respublikadagi musiqa va sanʼat maktablari oʻquvchilari orasida oʻtkazilayotgan turli koʻrik-tanlovlarda nufuzli oʻrinlarni egallab kelishmoqda.

Yangi oʻquv-qoʻllanmalar oʻquvchilarning musiqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirishda, estetik didi va dunyoqarashini kengaytirishga, sanʼatga boʻlgan hurmatini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz. Tumanimiz musiqa va sanʼati gʻunchalari tarbiyalanayotgan maskanda kelgusida ham yuqorida qayd etilgan qaror muvofiq hali koʻpgina ijobiy oʻzgarishlarga erishiladi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026