16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:48
Fan va taʼlim 👁 142

FIDOYI MEHNATLAR SAMARASI

FIDOYI MEHNATLAR SAMARASI

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratishda, milliy odob-axloq meʼyorlarini tarbiya jarayoniga tatbiq etishda, oʻquvchilar koʻnglida ona Vatanga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuygʻularini singdirishda maktab direktorlarining maʼnaviy va maʼrifiy tarbiya ishlari boʻyicha oʻrinbosarlarining zimmasidagi vazifalar juda salmoqli. Shuningdek, u oʻqituvchilar jamoasida ham bilimdonligi, insoniy fazilatlari bilan barchaga oʻrnak boʻla olishi lozim. Pedagogik jamoada sogʻlom ijodiy muhitni yarata olishi, ilgʻor oʻqituvchilarni oʻz vaqtida ragʻbatlantirib, yanada samarali ishlashga undashi muassasada taʼlim sifati oshishiga zamin boʻladi.

Asosiy koʻrsatkichlariga koʻra yashil toifaga kiruvchi tumanimizdagi 26-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Hamida Artikova jonkuyar oʻqituvchi, xizmat lavozimini sidqidildan ado etib kelayotgan taʼlim fidoyilaridan biridir.

U oʻrta maktabni tugatib 1998-2002-yillarda Qoraqalpoq davlat universitetining biologiya fakultetida oʻqidi. Oʻqituvchilik faoliyatini Mangʻit shahridagi 38-sonli maktabda biologiya fani oʻqituvchisi boʻlib ishlashdan boshladi. 2005-yildan hozirgi kungacha 26-sonli maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari boʻlib ishlab kelmoqda.

Mazkur muassasada hozirgi kunda 44 nafar mahoratli oʻqituvchilar 21-sinfda 470 nafar oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berishayapti.

Oʻqituvchilarning oʻz bilimini oshirish, zamonaviy metodlar asosida fan asoslarini chuqur oʻrgatishga intilishi tufayli maktab tumandagi dars samaradorligi yuqori taʼlim muassasalaridan biriga aylandi. Oʻtgan oʻquv yilida maktabning 11-sinfini tugatgan 42 nafar bitiruvchilarning 22 nafari respublikamizdagi turli oliygohlar talabalari boʻlishgani, turli koʻrik-tanlovlar bilimlar bellashuvlari fanlar olimpiadalarida oʻquvchilarining yuqori oʻrinlarni egallayotgani oʻqituvchilar, oʻquvchilar orasida sogʻlom maʼnaviy muhit barqarorligidan, pedagogik jamoaning fidoyiligidan dalolat beradi.

Joriy oʻquv yilida ham maktab oʻquvchilari quvonarli yutuqlarni qoʻlga kiritishayapti. Maktabning 11-sinf oʻquvchisi Nurshoda Saʼdullayeva ingliz tilidan xalqaro, Shohida Nurullayeva matematika fanidan milliy sertifikat olishga muyassar boʻlishdi.

Hamidaning taʼlimga jonkuyarligi bejiz emas. Uning oilasini pedagoglar oilasi, desak adashmagan boʻlamiz. Uning qaynonasi Masharif Madrahimov, qaynonasi Norjon Yoʻldoshevalar mazkur maktabda oʻqituvchilik qilib, pensiyaga chiqishgan, turmush oʻrtogʻi Sobirjon Madrahimov ham oʻqituvchi, Hamidaga togʻday suyanch, hamfikr, hamqadam.

Hamida Artikova Sobirjon bilan oʻgʻli, ikki nafar qizini ham odobli, ilmli, intiluvchan qilib voyaga yetkazishayapti. Hali maktab oʻquvchilari boʻlgan Faxriddin, Feruzabonu, Shahnozabonularning ham ilmda erishayotgan yutuqlari koʻp.

Faxriddin kimyo, fanidan fanlar olimpiadasida tumanda 1-oʻrinni olib, Qoraqalpogʻiston respublikasi bosqichida qatnashdi.

Maʼnaviyat va taʼlim fidoyisi Hamida Artikovaning keyingi ishlarida ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019