16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:40
Jamiyat 👁 242

Mahallada tinchlikni taʼminlashning yangicha tizimi oʻz samarasini bermoqda

Mahallada tinchlikni taʼminlashning yangicha tizimi oʻz samarasini bermoqda

Bugungi kunda mamlakatimiz ichki ishlar organlari tizimida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida mutlaqo yangicha yondashuv, yaʼni «Mahallabay» ishlash tizimi oʻzining yangi bosqichiga koʻtarildi. Endilikda asosiy eʼtibor oqibatlar bilan kurashishga emas, balki sabablarni tag-tomiri bilan yoʻq qilishga qaratilmoqda. Jumladan, har bir hududning tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashda eng muhim va tayanch boʻgʻin boʻlgan profilaktika inspektorlarining oʻrni va ahamiyati beqiyosdir. Nukus tumanidagi Deqxon-arna mahallasi profilaktika inspektorining bir ish kuni bilan yaqindan tanishish asnosida ushbu fikrlarning qanchalik toʻgʻri ekaniga yana bir bor amin boʻldik.

Profilaktika inspektorining kundalik faoliyati erta tongdan xonadonbay xatlov oʻtkazish va fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolarni bevosita ularning yashash manzilida oʻrganish bilan boshlandi. Bu jarayondagi eng asosiy va ustuvor maqsad qandaydir jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etilganidan keyingina aybdorni qonun oldida jazolash emas, balki ana shu noxush holatlarning kelib chiqish sabablarini, unga turtki boʻlayotgan omillarni barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olishdan iboratdir. Chunki mahallada jinoyatchilikning oldini olish borasidagi keng koʻlamli ishlar, eng avvalo, har bir xonadon ichidagi maʼnaviy va ruhiy muhitni sogʻlomlashtirishdan boshlanadi. Bu borada har bir xonadonga birma-bir kirilib, oilaviy-maishiy nizolar, kelishmovchiliklar va yechimini kutayotgan muammolar chuqur tahlil qilinmoqda.

Ushbu jarayonda profilaktika inspektori mahalla faollari bilan bir yoqadan bosh chiqargan holda harakat qilmoqda. Xususan, notinch oilalar va maʼmuriy nazorat ostidagi shaxslar bilan muntazam ravishda profilaktik suhbatlar oʻtkazilmoqda. Shu bilan birga, mahallada yashovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalarning turmush sharoitini yaxshilash va muammolarini tezkorlik bilan hal etish choralari koʻrilmoqda. Nizoli va kelishmovchilik mavjud boʻlgan oilalar bilan bevosita “Mahalla yettiligi” aʼzolari, jumladan, xotin-qizlar faoli va koʻpni koʻrgan, tajribali mahalla oqsoqollari ishtirokida yakka tartibda, alohida yondashuv asosida suhbatlar olib borilmoqda. Bunday hamjihatlikdagi saʼy-harakatlar natijasida oilalarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan ogʻir oqibatli maishiy jinoyatlarning, xususan, oʻzaro janjallar va bir-biriga tan jarohati yetkazish kabi noxush holatlarning oldi olinmoqda.

Albatta, bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda hududning kriminogen vaziyatini nazorat qilishda faqatgina inson omili bilan cheklanib qolmasdan, eng zamonaviy axborot texnologiyalaridan ham keng foydalanilmoqda. Davlatimiz rahbarining maxsus qarori ijrosi doirasida Intellektual nazorat tizimi joriy etilib, texnik imkoniyatlardan unumli foydalanilmoqda.

Xususan, Deqxon-arna mahallasining kirish va chiqish nuqtalariga, savdo majmualari hamda aholi koʻp toʻplanadigan gavjum joylarga, shuningdek, mahallaning ichki koʻchalariga jami 11 ta zamonaviy, “aqlli” videokuzatuv kameralari oʻrnatildi. Ushbu kameralar oddiy kuzatuv moslamalari emas, balki inson yuzini aniqlovchi hamda avtomobil davlat raqamini avtomatik tarzda qayd qiluvchi yuqori texnologik uskunalardir. Bunday zamonaviy jihozlanish hududni tunu kun uzlyuksiz nazorat qilish uchun juda qulay imkoniyat yaratmoqda. Buning natijasida, koʻchalarda sodir etilishi mumkin boʻlgan turli oʻgʻriliklar, bezorilik harakatlari va transport vositalari bilan bogʻliq boʻlgan yoʻl-transport huquqbuzarliklarini masofaviy nazorat qilish, shuningdek, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”dan tezkorlik bilan ochish darajasi sezilarli darajada oshdi.

Jinoyatchilikni kamaytirishning yana bir muhim yoʻnalishi bu fuqarolarning bandligini taʼminlashdir. Shu maqsadda ilgari sudlangan, hozirgi kunda maʼmuriy nazoratda va profilaktik hisobda turuvchi shaxslarning doimiy ish oʻrniga ega boʻlishini taʼminlash boʻyicha mahalladagi hokim yordamchisi bilan uzviy hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. “Ishsizlik — jinoyatchilik manbai” degan tamoyil asosida nazoratdagi shaxslarning qayta jinoyat sodir etish xavfi tizimli ravishda kamaytirilmoqda.

Bundan tashqari, mahallaning ertasi boʻlgan yoshlar va maktab oʻquvchilari oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olishga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Taʼlim muassasalarida va mahalla hududida doimiy ravishda targʻibot reydlari oʻtkazib kelinmoqda. Ushbu reydlar doirasida “Tigʻ”, “Davomat” va “Tungi tadbir” kabi maxsus tadbirlar muntazam oʻtkazilmoqda. Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga koʻmaklashish maqsadida mahalladagi yoshlar yetakchisi bilan birgalikda ishlab chiqilgan qoʻshma rejalar oʻz vaqtida ijro etilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar tufayli voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi jinoyatchilik va koʻcha bezoriligining oldi olinmoqda.

Xulosa qilib aytganda, mahalla tinchligi bu butun jamiyat, butun mamlakat osoyishtaligining poydevoridir. Nukus tumani Deqxon-arna mahallasida olib borilayotgan bunday tizimli, aniq maqsadga yoʻnaltirilgan va zamonaviy texnologiyalar bilan uygʻunlashgan profilaktika ishlari oʻzining yuksak samarasini bermoqda.

Profilaktika inspektorining samarali faoliyati, “Mahalla yettiligi”ning birdamligi va fuqarolarning ongli munosabati tufayli hududda sogʻlom ijtimoiy muhit qaror topmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, har bir fuqaroning ertangi kunga boʻlgan ishonchini mustahkamlab, xavfsiz va farovon hayot kechirishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019