16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:17
Sport 👁 312

XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNIGA BAGʻIShLAB “AYoLLAR SPORT HAFTALIGI” OʻTKAZILDI

XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNIGA BAGʻIShLAB “AYoLLAR SPORT HAFTALIGI” OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlar boʻyicha iqtidorlarini namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ayniqsa sport-sogʻlomlashtirish ishlarini manzilli rivojlantirish, ayol-qizlar oʻrtasida turli sport musobaqalarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”gi 87-sonli Farmoni mazmun-mohiyati ham aynan ana shu maqsadlarga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu borada Amudaryo tumani Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Yoshlar agentligi tuman boʻlimi va bolalar-oʻsmirlar sport maktabi sport murabbiylari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar eʼtiborga munosib. Ayniqsa, mahallalarda, oʻquv muassasalarida ayol-qizlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan sport musobaqalari tobora ommaviylashib bormoqda.

Yuqoridagi Prezident Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 1-7-mart sanalari oraligʻida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan Amudaryo tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Yoshlar agentligi tuman boʻlimi hamda BOʻSM hamkorligida boʻlib oʻtgan “Ayol-qizlar sport haftaligi” ham murosasiz kurashlarga boy va qiziqarli oʻtdi.

Sportning 7 ta turi, xususan, shaxmat-shashka, stol tennisi, voleybol, yengil atletika va stritbol, milliy kurash va gimnastrada hamda minifutbol boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalar har bir ishtirokchiga zavq-shavq bagʻishladi.

Sport haftaligining ilk musobaqalari 1-mart kuni stol tennisi boʻyicha boshlanib, unda 10 ta mahallada boʻlib oʻtgan stol tennisi musobaqalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan sportchi qizlar ishtirok etishdi.

Biri-biridan qiziqarli bahslarga boy tarzda oʻtgan bellashuvlarda Mangʻit shahrining Boʻston mahallasida istiqomat qiluvchi stol tennisi sporti ishqibozi Mohiraxon Imomqulova barcha raketkachilardan oʻzining yaqqol ustunligini namoyon etib, faxrli 1-oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrin Oʻrta qalʼa ovul fuqarolar yigʻinida yashovchi yosh sportchi Fotima Shomurodovaga nasib etdi. Oʻrtaqalʼalik yana bir sportchi Zuhra Shomurodova hamda Mangʻit shahrining Boyovul mahallasidan Mavluda Rajabovalar uchinchi oʻrinni egalladilar.

“Ayol-qizlar sport haftaligi” doirasidagi tadbirlar 2-mart sanasida sportning shaxmat-shashka turlari boʻyicha davom etdi. Shuningdek, 3-mart kuni voleybol sporti musobaqalari, 4-mart sanasida sportning yengil atletika va stritbol, 6-mart kuni milliy kurash va gimnastrada, haftalikning oxiri kuni, 7-mart sanasida esa minifutbol boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlab, mazkur bayram arafasida boʻlib oʻtgan “Ayollar sporti haftaligi” xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni sport sogʻlomlashtirish inshootlariga keng qamrab olish, aziz va muhtarama opa-singillarimiz, goʻzal qizlarga bayramona, joʻshqin kayfiyat baxsh etish maqsadida tashkillashtirilgan haftalik doirasidagi barcha tadbirlar gʻoyatda uyushqoqlik va jipslik asosida, doʻstona kayfiyatda oʻtdi.

Sport haftaligi yakunida gʻolib sportchilar munosib taqdirlandi. Xususan, shaxmat yoʻnalishida Doʻstlik mahallasidan 1-oʻrinni egallagan Durdona Rahimova, 28-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimasi, 2-oʻrin sohibasi Nilufar Tohirova, 3-oʻrinni egallagan Durunki mahallasidan Dilnoza Toʻrayeva, shashka turi boʻyicha 1-oʻrin sohibasi, 5-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotidan Umida Bozorboyeva, 2-oʻrinni egallagan 28-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotidan Nasiba Abdullayeva, 3-oʻringa munosib koʻrilgan 19-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotidan Gulnoza Bekishovalar musobaqaning hamkor tashkilotlari tomonidan munosib taqdirlandilar.

Shuningdek, voleybol musobaqalari ham hayajonli daqiqalarga boy boʻldi. Unda Oq oltin ovuli voleybolchi qizlar jamoasi 1-oʻrinni egallashdi. Toshyoplik voleybolchi qizlarga 2-oʻrin, Jumurovulliklarga esa 3-oʻrin nasib etdi.

Haftalik doirasida, 4-mart kuni 25 nafar oʻsmir qizlar ishtirok etgan sportning yengil atletika turi boʻyicha qizgʻin bahslar davom etdi. Unga koʻra, 1-2-oʻrinlar kuyukkoʻpirlik Muxlisa Toʻliboyeva va Roza Madatovalarga nasib etdi. Doʻstlik mahallasi yengil atleti Nazira Rahimboyeva esa faxrli 3-oʻrinni egalladi.

Shu kuni katta yoshdagi ayol-qizlar oʻrtasidagi yengil atletika sport turi boʻyicha musobaqalarda ham 25 nafar sportchi qatnashib, 1-oʻrinni Navoiy mahallasidan Umida Bozorboyeva, 2-oʻrinni Fotima Shomurodova va 3-oʻrinni Oʻrta qalʼa ovulidan kelgan sportchi Zuhra Shomurodovalar egalladilar.

Sportning stritbol turi boʻyicha musobaqalarda esa 19-sonli maktab jamoasi 1-oʻrinni, 2-3-oʻrinlarni sport maktabi jamoalari egallashdi.

Sportning gimnastrada turida 6 ta jamoa ishtirok etib, musobaqa yakunida 1-oʻrin 1- maktabgacha taʼlim tashkiloti jamoasiga, 2-oʻrin 42-sonli va 3-oʻrin 13- maktabgacha taʼlim tashkilotlari jamoalariga nasib etdi.

7-mart kuni qizgʻin bahslarga boy oʻtgan mini-futbol musobaqalarida jami 9 ta jamoa qatnashdi. Unda sport maktabi jamoasi 1-oʻrinni, 35-sonli maktab jamoasi 2-oʻrinni, 41-sonli maktab jamoasi esa 3-oʻrinni egalladilar.

16 yoshli oʻsmir qizlar ishtirokidagi sportning milliy kurash turi boʻyicha 52 kg. vazn toifasida Durdona Bayramguliyeva 1-oʻrinni, Guloyim Safarboyeva 2-oʻrinni, Dilfuza Xidirboyeva va Mohira Gurbanguliyevalar 3-oʻrinni egallashdi.

Shuningdek, 63 kg. vazn toifasida 1-oʻrin Iroda Ibragimovaga, 2-oʻrin Dilnura Rahimboyevaga nasib etdi, Zebo Davletova va Umida Abdullayevalar 3-oʻrin sohibalari boʻlishdi.

“Ayollar sport haftaligi” yakunida gʻolib jamoalar va sportchilar hamkor tashkilotlar tomonidan munosib taqdirlandilar.

Robiya YOʻLDOShEVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019