16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:50
Iqtisodiyot 👁 294

SOLIQ QONUNChILIGIDA NOGIRONLIGI BOʻLGAN ShAXSLARGA BERILGAN IMTIYoZLAR

SOLIQ QONUNChILIGIDA NOGIRONLIGI BOʻLGAN ShAXSLARGA BERILGAN IMTIYoZLAR

Maʼlumki, mamlakatimizda soliq qonunchiligida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda asosiy normativ-huquqiy hujjat bu Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hisoblanadi. Dastavval soliq imtiyozlari tushunchasiga taʼrif beradigan boʻlsak, Soliq imtiyozlari bu – davlat tomonidan soliq toʻlovchilarga berilgan yengilliklar, soliqlar miqdorini kamaytirish, soliq toʻlash shartini yengillashtirish yoki soliqdan toʻla ozod qilishdan iborat.

Respublikamizda soliq imtiyozlarini yanada yaxshilash maqsadida soliq islohotlari davom ettirilmoqda. Soliq imtiyozlari samaradorligini monitoring va nazorat qilish boʻyicha taʼsirchan tizimni joriy etish orqali imtiyozlarning soliq toʻlovchining moliyaviy faoliyatiga taʼsirini tahlil qilish hamda samarasiz va maqsadsiz berilgan soliq hamda bojxona imtiyozlarini bekor qilish boʻyicha bir qancha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar tasdiqlanishi, shu jumladan Soliq kodeksining tegishli moddalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish orqali mustahkamlanib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 380-moddasiga koʻra, urush nogironlari va ishtirokchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan va doirasi qonun hujjatlarida belgilanadigan shaxslar, bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, bolaligidan nogironligi boʻlgan, doimiy parvarish talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki onalar qisman soliq solishdan ozod etiladi.

Ushbu soliq imtiyozlari faqatgina tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina qoʻllaniladi. Soliq kodeksining 383-moddasida qatʼiy belgilangan soliq stavkalari keltirilgan boʻlib, unga koʻra, qatʼiy belgilangan soliq stavkasi toʻlovchisi I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qatʼiy nazar, oyiga qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq BHMning 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlaydi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Soliq kodeksining 421-moddasida barcha soliq toʻlovchi subʼektlarga imtiyozlar berilgan boʻlib, aynan nogironligi boʻlgan fuqarolarga ayrim soliq imtiyozlari belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar mulkida boʻlgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi. I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar ham mulkida boʻlgan mol-mulk 60 kv.m. doirasida soliqdan ozod etiladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi.

Urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar yer soligʻidan ozod etiladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi.

N.Jumaniyozova, tuman Adliya boʻlimining inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslahatchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019