16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:52
Adabiyot 👁 380

KITOBXON YoShLAR IShTIROKIDA KUTUBXONAGA SAYoHAT TAShKIL ETILDI

KITOBXON YoShLAR IShTIROKIDA KUTUBXONAGA SAYoHAT TAShKIL ETILDI

Yoshlarning komil insonlar boʻlib voyaga yetishlarida kitob va kitobxonlikning ahamiyati nihoyatda kattadir. Kitobxonlik yoshlarning maʼnaviy dunyosini boyitadi, ularni halol yashash va toʻgʻri yoʻlga boshlaydi. Kitob hayotni chuqur anglab yetishga, insonning oʻz tanlagan orzulariga erishishga yordam beradi.

Amudaryo televideniyesida Oliy majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida tumandagi Axborot-resurs markaziga maktab oʻquvchilari ishtirokida ekskursiya tashkil qilindi.

Shu yil 16-mart kuni yoshlarni kitoblarga oshno qilish, oʻquvchilarni kutubxonaga jalb etish kabi maqsadlarda tashkil etilgan ushbu tadbirga 36-sonli maktab oʻquvchilari, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi, Amudaryo televideniyesi tahririyati xodimlari tashrif buyurishdi.

Kutubxonada yoshlarni tuman Axborot-kutubxona markazining axborot-bibliografiya xizmati rahbari Rohatoy Romanova  boy kitob fondi bilan tanishtirdi. Markazda turli mavzulardagi adabiyotlar, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston miqyosidagi davriy nashrlar ham jamlangan.

Hozirgi kunda tuman Axborot-kutubxona markazi Oybek nomli mahalladagi yangi binoda faoliyat koʻrsatmoqda. Avval oʻz binosiga ega boʻlmagan ushbu maskanda endilikda foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish yangi darajaga koʻtarildi. Kutubxona xizmati talablariga javob beradigan barcha sharoitlar, qulayliklar yaratilib, zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi. Eng muhimi – kitob fondi yanada boyitildi.  Markaz aholini zaruriy adabiyotlar va axborot bilan toʻla-toʻkis taʼminlash imkoniyatiga ega boʻlgan zamonaviy ziyo maskaniga aylandi. Zamonaviy sharoitlar yaratilgan xonalarga turli mavzulardagi kitoblar chiroyli javonlarga joylashtirilib, kitobxonlar uchun ham qulay sharoitlar yaratildi. Shuningdek, xodimlar uchun, kitob mutolaasi uchun va elektron kitoblardan foydalanish uchun ham alohida xonalar ajratildi.

Axborot-kutubxona fondi turli yoʻnalishdagi koʻplab adabiyotlar bilan toʻldirilib, ayni kunda uning kitoblar jamgʻarmasi 64 ming nusxaga yaqin, elektron resurslari esa 175 nomga yetdi. Foydalanuvchilar soni esa mazkur yilda 14 ming nafardan ortdi. Kutubxona boy merosga ega boʻlib, turli davrlarga taalluqli kitoblar, oʻtgan yillardagi gazeta va jurnallar saqlanib, mushtariylarga havola etib borilmoqda. Undan tashqari, kutubxona foydalanuvchilari, tashrif buyuruvchilarni fondda saqlanib kelinayotgan manbalar bilan tanishtirish, targʻib qilish maqsadida mavzuli koʻrgazmalar, tadbirlar va ijod ahli bilan uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Ekskursiya davomida maktab oʻquvchilariga kutubxonaga aʼzo boʻlish, kitoblarni tanlash va uyga olib ketib oʻqish tartiblari tushuntirildi. Shuningdek ularga oʻqish zalida fan kitoblariga qoʻshimcha boʻlgan kitoblardan foydalanish mumkinligi, elektron kitoblarni mutolaa qilishlariga sharoit mavjudligi ham aytib oʻtildi.

Yoshlar kutubxonadagi turli adabiyotlar, gazeta va jurnallar bilan tanishib chiqishdi. Shu yerning oʻzida kutubxonaga aʼzo boʻlib, boy kitob fondidan, sevimli adabiyotlarini qiynalmasdan topishda kutubxona xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026