16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:16
Sport 👁 205

“XAVFSIZ HAYoT UChUN!” ShIORI OSTIDA VELOMARAFON OʻTKAZILDI

“XAVFSIZ HAYoT UChUN!” ShIORI OSTIDA VELOMARAFON OʻTKAZILDI

Dunyoning turli burchaklarida urush-nizolar, davlatlararo munosabatlarda ziddiyatlar kuchayayotgan bugungi kunda yoshlarning ong-shuurini, tafakkurini toʻgʻri shakllantirish, ularni ham ruhan, ham jismonan barkamol qilib voyaga yetkazish dolzarb vazifaga aylangan. Chunki kelajak – yoshlarniki. Ularni oʻz Vataniga sodiq, ota-onasi, oilasi, chor-atrofidagi odamlarga mehrli, el xizmatiga kamarbasta, fidoyi qilib voyaga yetkazish – yurtimiz tinch-osuda, obod, farovon boʻlishini taʼminlaydi.

Ilmli, intiluvchan, yurtiga xizmat qilishga shay avlodni voyaga yetkazishda, ularni yot gʻoyalardan, illatlardan asrashda sogʻlom turmush tarzining oʻrni alohidadir. Sogʻlom turmush tarzi jismoniy faollik bilan uzviy bogʻliq.

Shularni inobatga olgan holda Amudaryo tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi Ichki ishlar boʻlimi va tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi hamkorligida “Xavfsiz hayot uchun!” shiori ostida velomarafon oʻtkazildi.

Aslini olganda bahor faslining ajib tarovati, ona zamin bagʻridan maysalarning unib chiqish-yu chor-atrofimizni qurshagan dov-daraxtlarning yashil libos kiyib, tabiatning oʻzgacha koʻrkamlik kashf etishi kishi koʻngliga ajib bir masrurlik baxsh etadi, har bir kuni qutlugʻ kunday, bayramday taassurot uygʻotadi odamda.

Ana shunday shukuhli damlarda tumanimizning barcha ovul va mahallalaridan kelgan 700 nafardan ortiq yoshlarni, oʻsmirlarni birlashtirgan velomarafon ham haqiqiy shodiyonaga aylanib ketdi. Bir safga tizilgan musobaqa ishtirokchilarini tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jaloladdin Yusupov, yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi boshligʻi Murat Mirzamuratov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismoilov, Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori Chorsham Tojimurodovlar gʻoliblik uchun kuch sinashishga kelganliklari bilan qutladi.

“Xavfsiz hayot uchun” shiori ostida sogʻlom turmush tarzi tamoyillari asosida jismoniy barkamolligini namoyish etishga chogʻlangan velosport ishqibozlariga muvaffaqiyatlar tiladilar. Musobaqaga start berilishi yoshlarning shodon qiyqiriqlari bilan olqishlandi. Velomarafonchilar Oʻrta qalʼa ovulining “Vaxum” aholi punktidan Doʻstlik mahallasi hududiga – tuman hokimligi binosigacha boʻlgan yoʻlda gʻoliblik uchun oʻzaro bellashdilar.

Eng chaqqon, eng intiluvchan velosipedchilarning marra chizigʻiga yetib kelishi qarsaklar bilan olqishlandi.

Velomarafon gʻoliblari shu yerning oʻzida taqdirlandi. Ularni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev, Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamoladdin Yusupovlar qizgʻin qutladilar va barcha ishtirokchilarga ham minnatdorchilik bildirdilar.

Velomarafon gʻoliblariga musobaqa tashkilotchilarining qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.

“Xavfsiz hayot uchun!” Ushbu shiorning oʻzi barcha ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat va motivatsiya berdi, sogʻlom, xavfsiz hayot kechirishga ragʻbatlantirdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019