16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:51
Salomatlik 👁 271

BUTUNJAHON SILGA QARShI KURASh KUNIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI

BUTUNJAHON SILGA QARShI KURASh KUNIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI

Sil (tuberkulyoz) insoniyatga qadimdan maʼlum kasallik boʻlsa-da, shu kungacha ham dunyo aholisi bu darddan butunlay xalos boʻla olmadi. Aksincha ayni kunda ham turli yoshdagi odamlar, yoshlar orasida tobora koʻpayayotgani qayd etilmoqda.

Yer yuzida eng koʻp tarqalgan yuqumli va surunkali ushbu kasallikning yuqish yoʻli – kasallik tayoqchalarining organizmga tushishidir. Sil tayoqchasi avval oʻpkani zararlaydi. Ayrim hollarda miya, miya qobigʻi, suyak, boʻgʻin, koʻz ichak va boshqa aʼzolar sili ham uchrab turadi.

Shuni alohida ehtirof etish joizki, yurtimiz zamonaviy tibbiyoti aksariyat sil kasalliklarini davolash imkoniyatiga ega. Agar kasallikni aniqlash davolash toʻgʻri, qatʼiy nazorat ostida va muntazam olib borilsa, bemor albatta, sogʻayib ketadi.

Silga chalingan odamlarda birinchi galda yoʻtal, keyinchalik tez charchash, quvvatsizlik, koʻkrak qafasda ogʻriq, ishtaha pasayishi, ozib ketish holatlari paydo boʻladi. Agar kimdir ikki haftadan ortiq yoʻtalsa, darhol tibbiy muassasaga murojaat qilishi, chuqur tekshiruvlardan oʻtishi lozim.

Afsuski, odamlarning oʻz sogʻliqlariga beparvoligi yoki sil kasalligiga chalinganini bilsa ham oʻz vaqtida qatʼiy nazorat ostida davolanmasligi, oʻz bilganicha turli dorilarni qabul qilishi, oʻz kasalligini boshqalarda berkitishga urinishi baʼzan salbiy oqibatlarga olib keladi.

Ana shunday koʻngilsizliklarni oldini olish maqsadida tumanimizda aholi orasida tushuntirish-targʻibot masalalari tez-tez oʻtkazilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri joriy yilning 24 kuni Mangʻit dehqon bozorida oʻtkazildi. Unda tuman Tibbiyot birlashmasi shifokorlari Matyoqub Ernazarov, Gulora Abdullayeva, Tamara Saidova, “Chegarasiz shifokorlar” tashkiloti xodimi Tursunoy Sultonboyevalar qatnashdilar.

Ochiq muloqot tarzida “Butunjahon silga qarshi kurash kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda Dehqon bozorda faoliyat yurituvchi, shuningdek roʻzgʻori xarajatlari uchun bozorga tashrif buyurgan aholi vakillari ishtirok etdilar.

“Chegarasiz shifokorlar” tashkiloti xodimi Tursunoy Sultonboyeva yigʻilganlarga 1982-yildan boshlab “24-mart – Xalqaro silga qarshi kurash kuni” deb eʼlon qilinganiligi, Jahon Sogʻliqni Saqlash tashkiloti bu kunni alohida nishonlash orqali fuqarolarni kasallikka doir, uning yuqishidan ogoh etish, saqlanish choralari haqida maʼlumotlarni keng ommaga yetkazish maqsad qilganini batafsil tushuntirdi. Shuningdek, tuman Tibbiyot birlashmasi shifokorlari tumanimizda ushbu kasallik profilaktikasi, davolash yoʻllari, silga chalinganlarni sogʻlomlashtirish maqsadida hukumatimiz koʻrsatayotgan gʻamxoʻrliklar haqida maʼruza qildilar.

Aholining sogʻlom turmush tarzi, sil kasalligi haqidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida savol-javoblar oʻtkazildi va bu boradagi savollarga aniq, toʻliq javob berganlar ragʻbatlantirildi.

Yigʻilganlar sil kasalligidan himoyalanish, sogʻlom ovqatlanish, oilada sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishining ahamiyati xususidagi maʼruzalarni ham qiziqib tingladilar va shifokorlarga oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, batafsil javoblar oldilar.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekistonda DOTS dasturiga muvofiq silga qarshi shifoxonalar bepul dori-darmonlar bilan taʼminlangan, hozirgi zamonaviy tibbiyot bu yuqumli kasallikni yengish imkoniga ega.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019