16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:46
Fan va taʼlim 👁 269

YoSh KITOBXONLAR IShTIROKIDAGI DAVRA SUHBATI MAROQLI VA QIZIQARLI OʻTDI

YoSh KITOBXONLAR IShTIROKIDAGI DAVRA SUHBATI MAROQLI VA QIZIQARLI OʻTDI

Bugun yurtimizda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, kitoblar nashr qilish davlat siyosati darajasida eʼtirof etilmoqda. Yaxshi kitoblarni nashr qildirayotgan ijodkorlar ham, koʻp kitob oʻqiyotgan kitobxonlar ham taqdirlanmoqda. Prezidentimizning bu boradagi tegishli Qaror va Farmonlari sohadagi amaliy ishlarga  muhim asos boʻlib, kitobxonlar safi ortishiga xizmat qilmoqda.

Amudaryo televideniyesining Oliy majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida ham yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadidagi tadbirlar tashkil etilib borilmoqda.

Loyiha doirasida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, kitobxon yoshlarni tengdoshlariga oʻrnak qilib koʻrsatish, boshqalarni ham kitob oʻqishga daʼvat qilish maqsadida 36-sonli maktabning kitobxon yoshlari bilan davra suhbati oʻtkazildi.
Maktab kutubxonasida oʻtkazilgan mazkur tadbirda ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Umida Jumaniyozova, kutubxona mudirasi Nazokat Saʼdullayeva hamda kitobxon yoshlar qatnashishdi.

Suhbat davomida ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Umida Jumaniyozova yoshlarga dunyoda kitobdan qimmatbaho narsa yoʻqligini, u asosiy tarbiyalovchi vosita ekanini aytib oʻtdi. Kitoblar ilmu-maʼrifat, ziyo tarqatuvchi vositaligini, har kuni kitob oʻqigan insonlar uning ziyosidan bahra olib yashashini, maʼnaviy ozuqaga ega boʻlishini taʼkidladi.

Darhaqiqat, inson yoshlikdan kitoblarni oʻqish asnosida tarbiya oladi, hayot taʼlimini egallaydi, oʻziga kerakli boʻlgan kasbga mehr qoʻyib, oʻrganishga harakat qiladi va yoʻlini topadi. Ezgulikni yomonlikdan, yaxshilikni yovuzlikdan ajratishni bilib oladi. Kichikligidan ertaklar tinglab, keyinchalik ularni va boshqa kitoblarni oʻqishga odatlangan bola yomonlikni yaxshilik bilan yengish mumkinligini, har doim aqlu-zakovat bilan ish tutish kerakligini tushunib yetadi.

36-sonli maktab kutubxonasidagi kitoblarning 12000 tasini darsliklar, 700 taga yaqini turli xildagi badiiy adabiyotlar, 66 tasini siyosiy kitoblar tashkil qiladi. Undan tashqari, 10 turli davriy gazeta va jurnallar taxlamlari ham mavjud. Kutubxonaga oʻqituvchilardan tashqari 796 nafar oʻquvchi aʼzolikka qabul qilingan. Ularning kutubxonada mutolaa qilishlari uchun ham sharoitlar yaratilgan. Shu sababli yoshlar darslardan boʻsh paytlarida kutubxonaga tashrif tez-tez tashrif buyurib, oʻzbek va chet el adiblarining asarlarini qiziqish bilan mutolaa qilishadi va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishadi.

Davra suhbati davomida yosh kitobxonlar oʻzlari oʻqigan asarlar, ulardagi qahramonlar va voqealar bayoni haqida soʻzlashishdi. Kitob javonining toʻridan joy olgan sevimli kitoblari va boshqa asarlar toʻgʻrisida bir-birlari bilan fikr almashishdi, oʻz mulohazalarini bildirishdi. Birining oʻqigan kitobiga boshqasining qiziqishi oshib, oʻqishni maqsad qilib qoʻygan kitoblarining sonini yanada koʻpaytirishdi. Ular porloq kelajak ilm bilan yaratilishini, kitoblar yorqin hayotga boshlab borishini, ishonchli hamroh va yaqin doʻst ekanligini eʼtirof etishdi. Kitobxonlar bilan dildan oʻtkazilgan ushbu suhbat esda qolarli, juda maroqli boʻldi.

Yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish, ularning badiiy savodxonligini yanada oshirish va mutolaa muhitini shakllantirishda bunday tadbirlarning ahamiyati juda katta. Kitob qalb chirogʻi, tafakkur qanoti, insonning eng yaqin doʻsti, maslahatchisidir. Yuksak tafakkur manbai boʻlgani uchun ham xalqimiz orasida kitoblar juda qadrli sanaladi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019